2-MAVZU. URUG‘-QABILA VA MILLIY DINLAR
Reja
1. Dinning ibtidoiy shakllari
2. Hinduiylik, jaynizm, sikxizm ta’limotlari
3. Konfutsiylik, daosizm, sintoizm ta’limotlari
4. Yаhudiylik dini, tarixi, ta’limoti
Tayanch tushunchalar:
Ibtidoiy, hinduiylik, jaynizm, sikxizm, konfutsiylik, daosizm,
sintoizm ta’limotlari, yаhudiylik dini, tarixi, ta’limoti
Ibtidoiy odamlarning diniy e’tiqodlari totemizm, animizm,
fetishizm, shomonlik, magiya
(sehrgarlik) shakllarida tarqalgan. Ularning ba’zi bir elementlari
hozirgi zamon dinlarida ham
uchraydi.
Totemizm - hindlar tilidagi "O totem" (uning urug‘i) degan so‘zdan kelib chiqqan. Totemizm
ibtidoiy g‘oyat sodda diniy e’tiqodning bir turi bo‘lib, qadimgi zamondagi urut-qabila a’zolarining
muayyan bir hayvon, o‘simlik bilan g‘ayritabiiy aloqasi, yaqinligi, qon-qarindoshligi bo‘lgan deb,
bu hayvon va o‘simliklarni muqaddaslashtirishdan iboratdir. Totemizmning muayyan kishilar
guruhining tabiat, binobarin, tashqi muhit bilan bog‘liqligini ifodalovchi
dastlabki shakllaridan
edi. Har bir kabila yoki urug‘ o‘z sharoitini hamda imkoniyatlarini ko‘zda tutib, ba’zi hayvonlarni
ovlar va ular haqida etarli ma’lumotlarga ega edi. Bunday hayvonlarni yaqindan bilish ularning
urug‘ bilan yaqinligi yoki qon-qarindoshligi bo‘lsa kerak, degan tasavvurni keltirib chiqargan.
Natijada ba’zi hayvonlar, ksyinchalik esa o‘simlikning ba’zi navlari ham muayyan urug‘
a’zolarining ajdodi-totemidir, degan tasavvur shakllanishiga olib kelgan. Shu boisdan keyinchalik
urug‘ a’zolari totemning "yordamiga" ko‘z tikkanlar,
uni muqaddaslashtirib, o‘z homiylari deb
hisoblanganlar, sehr yo‘li bilan unga ta’sir qilishga uringanlar. Totemga sajda qilingan, u himoya
qilingan, e’zozlangan, uni o‘ldirish, iste’mol qilish man etilgan. Faqat ayrim hollarda, ya’ni
tantanali kunlarda totem hisoblangan hayvon yoki o‘simlikni maxsus rasm-rusumga rioya qilingan
holda iste’mol qilish mumkin bo‘lgan. Urut a’zolarida shundagina
totemning kuch-quvvati
kishilarga o‘tadi va u kelgusida ham urugaing homiysi bo‘lib qoladi degan tasavvur bo‘lgan.
Totemizm e’tiqodlari tub avstriyaliklarda keng saqlanganligini ularning urug‘lari
nomlaridan payqash mumkin. Ular urug‘larni konkret hayvoilar (kengru, oq ho‘kiz, qora ho‘kiz
kabi yoki ayrim o‘simliklar) nomi bilan ataganlar.
Totemizm elementlarini hozirgi dinlarda ham ko‘rish mumkin. Masalan, hinduizm dinida
fil, sigir, maymun, ilonlar kabilar mukaddas hayvonlar hisoblangan. O‘zbeklarda qaldirg‘och,
musicha, laylak, ko‘k qarg‘ani muqaddas qushlar deb e’zozlash ham totemizm ko‘riniShlaridan
biridir. Markaziy Osiyo xalqlarida, shu jumladan o‘zbeklarda muchalga
qarab vaqt hisobini
chiqarish totem e’tiqodi bilan bog‘liqdir. Masalan, ota-bobolarimizda odamlarning yoshini, ya’ni
tug‘ilgan kunidan boshlab qancha yashaganligini muchal orqali, muayyan hayvon nomlari bilan
atalgan yil hisobidan keltirib chiqarish odati bo‘lgan.
Muchal mo‘g‘ul, xitoy va butun turkiy xalqlarda keng tarqalgan yil hisobi bo‘lib, unda yil
oylari 12 hayvon nomi bilan ataladi: sichqon (mush), mol (gav), yo‘lbars (palang), quyon
(xargo‘Sht), baliq (nahang), ilon (mor), ot (asp) qo‘y (go‘sfand), maymun (hamduna), tovuq
(murg‘), it (sak), to‘ngiz (xo‘k) shular jumlasiga kiritilgan.
Xalqimizda, ayniqsa, musulmonlarda totemning elementlaridan bo‘lgan muchalga e’tiqod
qiliSh hali ham qisman davom etmoqda.