2-mavzu. Urug‘-qabila va milliy dinlar reja



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/14
Sana09.03.2023
Hajmi0,69 Mb.
#917283
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2-MAVZU. URUG‘-QABILA VA MILLIY DINLAR

Fetishizm 
- (fetish - fransuz tilidagi "fetiko" - yasalgan tumor, but, sanam degan so‘zlardan 
olingan) moddiy buyumlarda g‘ayritabiiy xususiyatlar borligiga ishonib, jonsiz narsalarga 
sig‘inishdir. Ibtidoiy odam ongida har xil moddiy buyumlar - tog‘, qoya tosh, daraxt, keyinchalik 
turli hayvonlarning suyagi, pati, tumor, sanam va hokazolarda g‘ayritabiiy kuchlar bor, degan 
tasavvur paydo bo‘lgan. O‘zlari vujudga keltirgan bunday kuchlarga o‘zlari sig‘ina boshlaganlar. 
Ibtidoiy din shakllaridan biri bo‘lgan fetishizm barcha xalklarda diniy tasavvurlar shakllanishi 
bilan uzviy bog‘liqdir. 
Fetishizm politeistik (ko‘p xudolik), hatto monoteistik (yakka xudolik) dinlarida hozirgacha 
saklanib kelmoqda. Masalan, xristianlarda krestga (butga) sig‘inish, islomda esa turli o‘simlik 
turlarini - sedana, ko‘ztikan, qalampirmunchok, achchiq qalampir, isiriq, chilonjiyda, daraxtlardan 
- yong‘oq, chinor, archa va boshqalar muqaddaslashtirilib, boshqa buyumlarga, shu jumladan 
odamlarga ta’siri yoki yordami bo‘lishi mumkin degan tasavvur paydo bo‘lgan. Bunday 
xususiyatni tog‘-toshlarga, turli buyumlarga ham xos degan g‘ayritabiiy fikrlar shakllangan. 
Fetishizm diniy ibodatning ajralmas qismidir. Hozirgi vaqtda ba’zi soddadil, 
mutaassiblarning turli tumor, ko‘zmunchoq va hokazolarnn taqib yurishlari, daraxtlarga latta-
puttalarni osishi, is chiqarishi shunday jismlarni ilohiylashtirish, ularning mo‘‘jizaviy kuchiga 
ishonish fetishizmning diniy e’tiqoddagi eng xarakterli ko‘rinishi va qoldig‘idir. 
Shomonizm 
- ibtidoiy jamoa tuzumi emirilishi davrida paydo bo‘lgan animistik e’tiqod va 
ibodatning keng doirasiga kiradigan qadimgi diniy e’tiqodlardan biri. Uning o‘ziga xos xususiyati 
- kishilar orasida turli ruhlar bilan munosabatda bo‘la oladigan shomonlar qobiliyatiga ishonishdir. 
shomonlarga, shuningdek, kelajakni oldin aytib berish, kasalni davolash, o‘lganlarni oxiratga 
uzatish, tabiatda xohlag‘ancha o‘zgartishlar kilish kabi xususiyatlar ham xosdir. O‘tmishda 
shomonlarning ruh bilan aloqasi shomon do‘mbirasi yoki mo‘‘jizaviy musiqa ijrosida turli rasm-
rusumlarni bajarish jarayonida jazavasi tutib, holdan toygancha bajarilgan. Shomonizm o‘tmish 
dinlar sarqiti sifatida ba’zi bir holatlarda uchrab turadi. 
Magiya 
(sehrgarlik) - insonga, hayvonga yoki tabiat hodisalariga g‘ayritabiiy yo‘l bilan 
ta’sir ko‘rsatissh maqsadida bajariladigan xatti-harakatdir. 


Sexrgarlik harakatining shakllari turlicha bo‘lib, ular turmushning har xil sohalarida 
qo‘llanilgan. Muhabbat magiyasi, davolash magiyasi, ishlab chiqarish magiyasi, dushmanni 
engish magiyasi kabi sehrgarlik ibodat va harakatlar ancha keng tarqalgan. Mehnat bilan bog‘liq 
bo‘lgan magik qarakatlar ibtidoiy odamlar hayotida alohida o‘rin egallagan, ya’ni ular tirikchilikka 
kerak bo‘lgan narsalarni topishdan oldin shu buyum yoki hodisaga bog‘liq bo‘lgan magik 
harakatlarni bajarganlar. 
Diniy munosabatlar, birinchidan, har bir diniy jamoa, uyushma, tashkilotlar orasidagi
ikkinchidan, diniy tashkilotlar o‘rtasidaga va uchinchidan, tashqi munosabatlar doirasidagi 
aloqalarga bo‘linadi. Bu alokalarning ob’ekti va sub’ekti diniy jamoalardir, ular diniy e’tiqodga 
asoslangan dunyoqarashga ega bo‘lgan kishilar birligining muayyan shakli va diniy uyushmaning 
boshlang‘ich elementidir. Bu birlikning asosiy belgilari quyidagicha: 
1) diniy e’tiqod, maqsad va vazifalar birligi; 2) diniy marosimlar va undan tashqaridagi 
faoliyatlarning birligi; 3) etnik birlik tuyg‘uei; 4) jamoa a’zolari orasidagi o‘zaro taqsimlangan 
mavqe va vazifalarning birligi. 
Diniy jamoalarning tuzilishi an’analar va urf-odatlar, ququq yoki umumiy dasturlar, qoida, 
fatvolar bidan belgilanadi. Bular maxsus mezonlar asosida rasmiy va norasmiy guruxlarga: -
"jamoa kengashi", "ruhoniylar", "qavmlar" va "va’zxonlar" ga, diniy va xo‘jalik, moliya ishlari 
bilan shug‘ullanuvchi guruhlarga bo‘linadi. 
Muayyan sharoitlarda diniy jamoa ko‘shnichilik, qishloq va mahallachilik jamoasiga mos 
kelgan. Bunda dindorlik darajasi yuqori va chukur bo‘ladi. Jamiyatning taraqqiy etishi jarayonida 
ijtimoiy munosabatlar tarmokdanadi. Unda shaharning mavqei ortib borgan sari turli axloqiy va 
milliy guruxdardan tashkil topgan ishlab chiqarish jamoalari hosil bo‘lgan va ko‘payib borgan sari 
diniy jamoalar mustaqil tus olgan. Hozir ham shunday. Masalan, islomda dastlabki musulmon 
jamoasi 622 yili Madinada muhojirlar va ansorlardan iborat holda tashkil topgan. Ko‘p hollarda 
diniy birlik geografik joylashish jihatidan etnik birlikka mos kelgani uchun din etnik milliy birlik 
ma’nosini ham anglatgan. Islomdagi mavjud qonunlarga binoan 18 yoshga to‘lgan har bir fuqaro 
diniy jamoa a’zosi bo‘la oladi. Bunday jamoa kamida 100 mo‘mindan iborat bo‘lishi lozim, aks 
holda diniy guruh deb hisoblanmaydi. Diniy uyushmalar faoliyati o‘z a’zolarining yashayotgan 
joyi bilan cheklanadi. U ixtieriy va mustakil tashkilot bo‘lib, moddiy jihatdan ham o‘z-o‘zini 
ta’minlaydi. Diniy ishlarni boshqarish, diniy mol-mulk va pul mablag‘lari bilan bog‘liq vazifalarni 
bajarish, tashqi aloqalarni yo‘lga qo‘yish uchun diniy uyushma a’zolari o‘z orasidan ijroiya 
organini saylaydi. Diniy tashkilot bu dinga ishonuvchilarning va diniy jamoalarning uyushmasidir. 

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish