12-chizma Jon boshiga to’g’ri kelgan daromad bilan ishchilar daromadi tarkibidagi unsurlar urtasidagi bog’lanish grafigi
3. Balans shaklli diagramma – bu tenglik yoki tengsizliklarni tasvirlash maqsadida ayrim hollarda diagrammalar balans ko’rinishida ifodalanishi mumkin. Masalan, u yoki bu mahsulotni import va eksport qilish, aholining daromad va xarajati, ularning yoshi va jinsi bo’yicha piramida shaklida tasvirlanishi balans ko’rinishidagi diagrammalarga misol bo’la oladi.
Masalan, O’zbekistonda 2000 yilgi ayrim mahsulot turlari bo’yicha tashqi savdo aylanmasi quyidagilar bilan tavsiflangan bo’lsin (24-jadvalga qarang):
24-jadval
eksport va import qilingan ayrim maxsulotlar salmog’i (2000 y.)
Mahsulot turlari
|
Tashqi savdo aylanmasiga nisbatan % hisobida
|
eksport
|
import
|
Mashina va asbob-uskunalar
|
3,4
|
35,4
|
Oziq-ovqat mahsulotlari
|
5,4
|
12,3
|
Kime mahsulotlari, plastmassa
|
2,9
|
13,6
|
Elektroenergiya
|
10,3
|
3,8
|
Qora va rangli metallar
|
6,6
|
8,6
|
Paxta tolasi
|
27,5
|
0
|
Endi ushbu ma’lumotlar asosida balans ko’rinishidagi diagrammani chizamiz. (6-grafika qarang):
4. Ustunli va sektor shaklli diagrammalar – bular hodisalarning tuzilmasini tasvirlash uchun keng foydaniladi.
Agarda, hodisa tuzilmasi sektorli diagrammalarda ifolanadigan bo’lsa, u holda doira chizilib, u o’rganilayotgan to’plamning umumiy yig’indi soni (100%) deb qabul qilinadi.
Keyin esa tarkibiy qism sonlari mutanosib holda jami doira (3600) sektorlarga bo’linadi. Masalan, oxirgi yilda 1999 va 2000 yillar uchun O’zbekistonda transport turlari bo’yicha yuk tashish tarkibini sektorli diagrammada quyidagicha tasvirlash mumkin (7-grafikka qarang):
Agarda, hodisa tuzilmasi ustunli diagrammalarda ifolanadigan bo’lsa, u holda dastlab doira chizilib, bu doira ustunlar bilan alohida-alohida birlashtirilib, shu ustunlardagi o’rganilayotgan hodisalarning salmog’i foizlarda aniqlanadi.
Masalan, jahon mamlakatlarida energiya iste’molidagi atom energiyasining salmog’ini quyidagi diagramma bilan ifodalash mumkin. (13-chizma):
13-chizma. Jahon mamlakatlari elektr ta’minotida atom quvvatining salmog’i.
Bugungi kunda jahonning 30 ga yaqin mamlakatlarida atom elektrostansiyalari ishlab turibdi. Ammo jami ishlab chiqarilgan elektr energiya tarkibida atom energiyasining salmog’i turli mamlakatlarda turlichadir. Buni 115-betdagi 13-chizmadan yaqqol ko’rish mumkin. Bu yerda shuni ta’kidlab o’tish kerak-ki, AQSh va MDH mamlakatlarida atom energiyasining salmog’i uncha yuqori emas, chunki bu davlatlarda neft, gaz va ko’mir zahiralari juda kattadir.
5. Reja, me’yor va shartnomalarning bajarilish darajasini tavsiflovchi shaklli diagrammalar – bular grafik yordamida rejalar va korxonalararo shartnomalarning hamda ishchilar tomonidan kundalik me’yorning bajarish darajalari ham muttasil kuzatib boriladi. Bunday grafiklar maxsus setkalanganjadvallar ko’rinishida bo’lib, ularning yon tomonida kuzatilayotgan obyektlar (ishchilar, uchastkalar, brigadalar, sexlar, zavodlar, davlat va shirkat xo’jaliklari va hokazo), yuqori qismida esa davr (kunlar, o’n kunliklar, oylar va hokazo) va foizlar joylashtiriladi. Kuzatish uchun qabul qilingan davr odatda 100 foizga tenglashtirilib, 20 foizdan bo’linib chiqiladi, so’ngra ingichka chiziqlar bilan reja (shartnoma, me’yor)ning bajarilish darajasi chizilib boriladi.
Bunday grafiklardan bir necha obyektlarni qiyosiy tahlil qilish uchun ham keng foydaniladi. (14-chizma):
14-chizma. Jamoa xo’jaliklari tomonidan rejalarning (shartnoma, me’yor) bajarilishini ifodalovchi grafik.
Ushbu grafik shuni ko’rsatib turibdi-ki, rejani birinchi shirkat xo’jaligi 80,0 foizga, ikkinchi xo’jalik 110,0 foizga, uchinchi xo’jalik 60,0 foizga, to’rtinchi xo’jalik esa 40 foizga bajargan.
Korxonalarning ishlash me’yorini, ular tomonidan davlat buyurtmasi va korxonalararo shartnomaning o’n kunlik, oy, chorak, yarim yillik va yillik bo’yicha bajarilishini quyidagicha tasvirlash mumkin (1-rasmga qarang):
1-rasm. Korxonada maxsulotning oy davomida tekis ishlab chiqarilishini tasvirlovchi hajviy diagramma.
6 . Tasvir shaklli diagrammalar- bular grafiklarning jizobaligini kuchaytirish uchun diagrammalar o’rganilayotgan hodisalarning tasvir (surat)larini chizish yo’li bilan ifodalaydi. O’lchov birligi qilib shartli ravishda tasvirlanayotgan hodisa surati (figurasi) olinadi. Shu ma’noda quyida keltirilayotgan tasvirlar juda ham e’tiborni o’ziga jalb etadi(2-rasmga qarang).
Ushbu rasmda barcha aholi beshta guruhga taqsimlangan. Har bir guruhdagi aholi soni odam shaklidagi siluet (figuralar) bilan tasvirlangan bo’lib, ularning har bittasi 500 ming kishiga teng. 1989 yilda O’zbekiston aholisi 19810 ming kishini tashkil qilib, shundan 3216 ming kishi (1-5 yoshgacha) bo’lgan birinchi guruhdagi bolalardan iborat bo’lgan va 6,5 ta bola silueti bilan tasvirlangan. 5-yoshdan 14 yoshgacha bo’lgan bolalar 4868 ming kishini tashkil qilib, salkam 10 ta o’smirlar silueti bilan izohlangan. Mehnat qilish yoshidagi erkak va ayollarning soni deyarli teng bo’lib, 10,1 mln kishini tashkil etadi va 10 tadan ko’proq siluet bilan tasvirlangan. Beshinchi guruhdagi mehnat qilish yoshida bo’lmagan erkak va ayollarning soni 1583 ming kishini tashkil qilgan va ular 3 tadan ko’proq siluet bilan ifodalangan.
Demak, siluetlarning kishilar yoshiga qarab tasvirlanishi diagrammaning yanada jozibali bo’lishiga, ma’lumotlarning esa o’quvchi xotirasida osonlik bilan qolishiga imkon beradi.
7. Xaritogramma shaklli diagrammalar - bu geografik xarita bo’lib, o’rganilayotgan hodisaning hududlar, mintaqalar bo’yicha tarqalishi (taqsimlanishi) yoki zichligini oydinlashtirib ifodalovchi statistik xaritadir. Xaritogramma tus (rang)li, nuqtali va shtrixli turlarga bo’linadi. Masalan, tumanlar bo’yicha paxtani mashinada terish foizlarini quyidagi xaritogramma ko’rinishida ifodalash mumkin (118 betdagi 3-rasmga q arang).
Ushbu xaritogrammadan ko’rinib turibdi-ki, 4 ta tumanda mashina terimi eng yuqori bo’lib, 90-100 foizni, 2 tumanda esa eng past darajani, ya’ni 50-60 foizni tashkil etadi.
8. Xaritodiagramma shaklli grafik – bu grafik o’rganilayotgan hodisaning ayrim hududlarda tarqalishi, ya’ni uning tumanlar, viloyatlar bo’yicha taqsimlanishini ifodalaydi. (15-chizmaga qarang).
15-chizma. Respublika bo’yicha shaxar va qishloq aholisi salmog’ini tavsiflovchi xarita-diagramma
Xaritogramma faqatgina sektorli (118-betdagi 3-rasmga qarang) diagrammalar ishtirokida emas, balki ustunli diagrammalar bilan birgalikda ham tuzilishi mumkin (16-chizmaga qarang):
16-chizma. Oltin konlarining joylanishi vaoltin qazib olinishi
Xaritogramma va xaritodiagrammalarni birgalikda qo’llash orqali o’rganilayotgan hodisani yanada chuqurroq va atroflicha oydinlashtirishga imkon beradi. Masalan, quyidagi shartli ma’lumotlar asosida ularni birgalikda qo’llash tartibini ko’rib chiqamiz (25-jadvalga qarang):
25-jadval
Bu holatni quyidagicha ifodalash mumkin. (120 betdagi 17-chizmaga qarang).
17-chizma. Tumanlar bo’yicha neft kazib olinishiva aholi zichligini tasvirlovchixaritogramma va xarita-diagramma
Ushbu rasm shuni ko’rsatib turibdi-ki, II va VII tumanlarda aholi zichligi 1 kv. km. ga 40-50 kishini tashkil qilib, ikkinchi tumanda 150 ming tonna, yettinchi tumanda esa salkam 100 ming tonna neft qazib chiqarilgan ekan. Eng ko’p neft uchinchi tumanda – 350 ming tonna neft ishlab chiqarilib, u yerda aholi eng zich joylashgan (1 kv. km. ga 60-70 kishi to’g’ri keladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |