2-Mavzu. Statistik jamlash va guruHlash. Statistik jadval va grafiklar



Download 428,95 Kb.
bet8/13
Sana05.04.2022
Hajmi428,95 Kb.
#529858
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Stat 2-mavzu

Ko’rsatkichlar

Maydoni mln km2

Butun dunyo

135,8

Yevropa

10,5

Osiyo

44,4

Afrika

30,3

Amerika

42,1

Avstraliya va Okeaniya

8,5

2. Guruhiy jadvallar. Bunda jadval egasi biron bir belgisi bo’yicha guruhlarga ajratilgan jadvallar tushuniladi. (11-jadvalga qarang):


11-jadval
Tuman xo’jaliklari bo’yicha tamaki hosildorligi bilan 1-ga sarflangan o’g’it miqdori o’rtasidagi bog’liqlikni tahlil etish uchun kerakli bo’lgan ma’lumotlar

xo’jaliklar ning hosildorligi bo’yicha guruhlangan guruhi, s/ga

Xo’ja-liklar


Soni

Ekin may-doni, ga



Yalpi hosil, s


Jami sarflan gan o’g’it miqdori,s



hosil dorlik, s/ga



1 ga sarf langan o’g’it miq-dori, s/ga

1

2

3

4

5

6 (4:3)

7 (5:3)

I 18,5 – 21,5

6

4735

93906

10620

19,8

2,24

II 21,6 – 24,5

9

7136

164427

16279

23,1

2,28

III 24,6 – 27,5

5

4155

105817

9991

25,5

2,40

Jami va o’rtachasi

20

16026

364150

36890

22,7

2,30


3. Kombinasion jadvallar. Bunda muhim belgisi bo’yicha guruhlangan jadval egasi yana guruhchalarga ajratilsa yoki jadval kesimi guruhlangan ko’rinishida bo’lishi tushuniladi (12-jadvalga qarang):
12-jadval
Ishlab chiqarilgan sutning tannarxi chorva mollarning konsentrasiya darajasi va sigirlarning mexanizasiyalashtirish yo’li bilan sut sog’ib olinishining bog’liqligini tahlil etish uchun kerakli bo’lgan ma’lumotlar

Sigirlarning guruhi, boshda

Sigirlarni mexanizasiyalashti-rish yo’li bilan sog’ib olingan sutning guruhchalari

xo’jaliklar soni

1 s sutning tannarxi, sumda

1200

A) mexanizasiyalash tirish yo’li bilan
B) qo’lda

4

1


15000,0

17400,0


o’rtachasi

5

16100,0

1200 dan yuqori

A) mexanizasiyalash tirish yo’li bilan
B) qo’lda

8

2


15100,0

15900,0


o’rtachasi

10

15300,0



  1. Tip (toifali) jadvallar. Bunda o’rganilayotgan to’plamning turli xildagi birliklari sifat jihatidan bir xil tiplari bo’yicha guruhlarga ajratilgan jadvallar tushuniladi. (13 va 98-betdagi 14, 15 jadvallarga qarang):

13-jadval
O’zbekiston aholisining milliy tarkibi to’g’risidagi ma’lumotlar

t/r

Milliy tarkibi


2000 y

2003 y

aholi soni
(ming kishi)

% da

aholi soni (ming kishi)

% da

1.

O’zbeklar

17141,6

70,0

17856,5

71,0

2.

Ruslar

2203,9

9,0

2213,2

8,8

3.

Tojiklar

979,5

4,0

1031,2

4,1

4.

Qozoqlar

979,5

4,0

980,9

3,9

5.

Tatarlar

489,8

2,0

452,7

1,8

6.

Qoraqalpoqlar

489,8

2,0

528,1

2,1

7.

Boshqalar

2203,9

9,0

2087,4

8,3

Jami

24488,0

100,0

25150,0

100,0

14-jadval


Samarqand viloyatining bir qator xo’jalik kategoriyalari bo’yicha umumiy yer fondi to’g’risidagi ma’lumotlar

Xo’jalik kategoriyalari



2003 yil

jami yer fondi, ga

% da


1. Shirkat xo’jaliklari

132750

66,84

2. Dehqon va fermer xo’jaliklari

49080

24,71

3. Aholining shaxsiy tomorqalari

16790

8,45

4. Xo’jalik kategoriyalari bo’yicha hammasi

198620

100,0

15-jadval


Xo’jalikning ishlab chiqarish yo’nalishi bo’yicha ixtisoslashuvi to’g’risidagi ma’lumotlar

Ishlab chiqarish tarmog’i



2003 yil

Jami ishlab chiqarilgan mahsulot qiymati, m.s.h.

% da


1.O’simlikchilik

250000,0

91,8

2.Chorvachilik

22400,0

8,2

Jami

272400,0

100,0



  1. Balansli jadvallar. Bunda o’rganilayotgan obyektni tasvirlash uchun uni ikki qismga bo’lib o’rganilishi tushuniladi. Masalan, asosiy vositalarni qabul qilinishi va chiqib ketishi, chorva mollarning kirimi va chiqimi va shu kabilar misol bo’la oladi (16-jadvalga qarang):

16-jadval
Shartli xo’jalik bo’yicha 2003 yildagi asosiy fondlarning balansi (mln.sum hisobida)

Asosiy fondlarning qabul qilinishi

summasi

Asosiy fondlarning chiqib ketishi

summasi

Asosiy fondlarning 1.01.2003 yilga bo’lgan qoldig’i

150,0

Yil davomida chiqib ketishi

1,5

Yil davomida qabul qilinishi

2,5

Asosiy fondlarning 01.01.2004 yilga bo’lgan qoldig’i

151,0

Jami

152,5

Jami

152,5

Agarda, ushbu jadvaldagi yil boshidagi asosiy fondlarning qoldiq qiymatini (O1) bilan, asosiy fondlarni yil davomida qabul qilinishini (K) va chiqib ketishini (Ch) bilan, yil oxiridagi asosiy fondlarning qoldig’ini esa (O2) bilan belgilasak, u holda statistik jadval balansini quyidagi tasvirda keltirish mumkin:
O1+K=Ch+O2
Ayrim hollarda, balansli jadvallarning bir ko’rinishi bo’lgan shaxmatli statistik jadvallar ham qo’llanishi mumkin. Bunda yotiq qatorlar bilan tik qatorlarning kesishgan balansida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami qiymati, yer fondi bo’yicha umumiy miqdori va shu kabi ko’rsatkichlar hisoblanib, ushbu jadval ko’rinishida keltiriladi (17 va 18-jadvallarga qarang):

17-jadval


2004 yil uchun Samarkand viloyatining bir kator xo’jalik kategoriyalari va ekin guruhlari bo’yicha ekin maydonlarning miqdori, ga

Xo’jalik kategoriyalari

Ekin guruxlari

Jami ekin maydon

Don va dukkakli ekinlar

Texnika ekin-lari

Poliz-sabza-vot va kartoshka ekinlari

Yem-xashak ekinlari

1. Shirkat xo’jaliklari

45500

64500

10600

12150

132750

2. Dexkon va fer-mer xo’jaliklari

16400

21200

4200

7280

49080

3. Aholiining shaxsiy tarmoqlari

4000

2100

6350

4340

16790

4. Xo’jalik kate-goriyalari bo’yicha hammasi

65900

87800

21150

23770

198620

18-jadval


2004 yil uchun bir kator Samarkand viloyatining xo’jalik kategoriyalari va ekin turlari bo’yicha ekin maydonlarining tarkibi (strukturasi), %da.

Xo’jalik kategoriya-lari

Ekin guruxlari

Jami ekin maydon

Don va dukkak-li ekinlar

Texnika ekinlari

Poliz-sabzavot va kartoshka ekinlari

Yem-xashak ekin-lari

1. Shirkat xo’jalik-lari

22,91

32,47

5,34

6,12

66,84

2. Dexkon va fermer xo’jaliklari

8,26

10,67

2,12

3,66

24,71

3. Aholining shaxsiy tarmoqlari

2,01

1,07

3,19

2,18

8,45

4. Xo’jalik kategoriya-lari bo’yicha hammasi

33,18

44,21

10,65

11,96

100,0


Statistik jadvallarni tuzishning asosiy qoidalari
Statistik jadvalni tuzishning birinchi bosqichi bo’lib, uning maketi bo’lib hisoblanadi. Ushbu maket qator va ustunlardan tashkil topgan bo’lib, bu hali ko’rsatkichlar bilan to’ldirilmagan bo’ladi.
Agarda, bu ko’rsatkichlar ko’p miqdorda keltirilgan bo’lsa, u holda qator va ustunlar raqamlanishi yoki harflar bilan belgilanishi kerak. (19-jadvalga qarang):
19-jadval
Shartli etalon traktorlar sonini hisoblash tartibi

Traktor lar markasi


Fizik miqdorlarda, (dona)



Etalon traktorlarga aylantirish koeffi-siyenti

Shartli etalon traktor-


larda

A

1

2

3 (1x2)

K - 700

2

2,10

4,20

DT - 54

12

0,86

10,32

DT - 75

18

1,00

18,00

MTZ – 50

22

0,55

12,10

DT - 20

4

0,27

1,08

Jami

58

x

45,70

Bu yerda harflar bilan stunning egasi, raqamlar bilan esa stunning kesimlari belgilanadi. Shu bilan birga qator va stunlarning yakuniy natijalari hisoblangan bo’lishi kerak-ki, bu hisoblangan ko’rsatkichlar esa o’z navbatida jadvalni to’g’ri hisoblashdagi nazorat vazifasini bajaradi.
Agarda, qator va stunlarning yakuniy natijalari hisoblanganda, biron bir ma’no kelib chiqmasa, u holda bular hisoblanmasdan qoldiriladi. Bundan tashqari, qator va stunlarning nomi qisqa, aniq va ixcham bo’lishi bilan birga, bu ko’rsatkichlarning o’lchov birliklari ham keltiriladi.
Endi statistik jadvallarni tuzishning asosiy qoidalarini ko’rib chiqamiz:
- jadval uncha katta bo’lmasligi kerak. Agar o’rganilayotgan to’plam juda murakkab bo’lsa, u holda uni bitta jadval yordamida emas, balki bir-biri bilan bog’langan ikki-uchta jadvalda ifodalash kerak.
- jadvalning umumiy nomi, ega va kesimi aniq, qisqa va tushunarli tilda ifodalanishi lozim.
- jadvalda ko’rsatkichlarning o’lchov birliklari qaysi joy va vaqt (davr)ga taaluqli ekanligi aniq ko’rsatilishi lozim.
- jadvalda ko’rsatkichlar bir-birini tekshira oladigan «oddiylikdan murakkablik»ga tartibida joylashtirilishi kerak, bu esa ularni tekshirish imkonini beradi.
- qator va stunlar raqamlar yoki harflar bilan belgilanadi. Bunda harf (A, B va hokazo)lar bilan stunning egasi, raqam (1,2,3 va hokazo)lar bilan esa stunning kesimlari belgilanadi.
- shartli belgilarni to’g’ri qo’llash lozim. Agar ma’lumotlar yo’q bo’lsa, uchta nuqta (...) qo’yiladi yoki «ma’lumot yo’q» deb yoziladi. Hodisa umuman sodir bo’lmagan bo’lsa, tire (-) qo’yiladi. Hisoblanishi lozim bo’lmagan katakka iks (X) qo’yiladi. O’rganilayotgan yil ma’lumoti bo’lmasa, uning tepasiga yulduzcha (*) qo’yib, qaysi yilga taalluqli bo’lsa, o’sha yilni ko’rsatish kerak.
- ma’lumotlarning hammasi bir xil aniqlikda bo’lishi kerak. (0,1; 0,01; 0,001 va hokazo).
- agarda, faqatgina hisobot ma’lumotlari keltirilmasdan, balki hisoblash asosida olingan natijalar jadvallarda keltirilsa, u holda ushbu jadvalga alohida qo’shimcha izohlar beriladi.
- jadvaldagi ko’rsatkichlarning mazmuniga, uni qaysi manbalardan olinganiga va boshqa tushuntirishlarga ham to’g’ri izohlar berilib boriladi.
- agarda, jadvaldagi ko’rsatkichlar foizlarda katta sonlarda ifodalansa, masalan, sonlar to’rtxonali bo’lganda, u holda ularni «shuncha marta ko’p» yoki kam so’zlari bilan almashtiriladi. Masalan, 2516% o’rniga 25,2 marta ko’p miqdorda yozish maqsadga muvofiqdir.
- jadval hamma tomondan yakunlangan ko’rinishda bo’lishi, ya’ni barcha guruh, guruhchalar va umumiy jadval bo’yicha yakunlar chiqarilgan bo’lishi kerak va hokazo.
Demak, jadvaldan to’g’ri foydalanish uchun, birinchi navbatda jadvalning nomi bilan tanishib olish kerak, undan keyin esa qator va stunlarning nomi, ma’lumotlarning qaysi belgiga taaluqligi, qaysi vaqt yoki davrga keltirilganligi, uning o’lchov birligi va shu kabi ko’p holatlarga e’tibor berish kerak. bo’ladi.
Shundan keyingina statistik jadvallarning yakunlarini tahlil etish orqali umumiy tasaruflar olinadiki, bular asosida qisqacha xulosa va takliflar beriladi.


Download 428,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish