2-Mavzu. Statistik jamlash va guruHlash. Statistik jadval va grafiklar


Guruhlashning asosiy prinsiplari (qoidalari)



Download 428,95 Kb.
bet5/13
Sana05.04.2022
Hajmi428,95 Kb.
#529858
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Stat 2-mavzu

Guruhlashning asosiy prinsiplari (qoidalari)
Hodisalarni miqdoriy belgilar bo’yicha guruhlash oralig’ini aniqlab olish zarur. Guruhlash oralig’i belgining eng katta va eng kichik variantlari ayirmasining guruhlar soniga nisbati bilan aniqlanadi.
Oraliqlar:
- teng va teng bo’lmagan;
- ochiq va ochiq bo’lmagan;
- maxsus ko’rinishlarda bo’lishi mumkin.
- Teng oraliq deb, barcha guruhlar uchun bir xil bo’lgan oraliq tushuniladi. U quyidagicha hisoblanadi:

bu yerda – d - oraliq kattaligi;
X max – belgining eng katta varianti;
X min - belgining eng kichik varianti;
n - guruhlar soni.

Masalan, paxta hosildorligining eng yuqori darajasi – 40,0 s/ga, eng past darajasi – 20,0 s/ga, guruhlar soni 5 ta bo’lishi mo’ljallangan bo’lsa, u holda har bir guruh uchun oraliq kattaligi 4,0 s/ga teng bo’ladi:



Bunday oraliqlar odatda to’plam birliklari o’rtasida tafovut uncha katta bo’lmagan hollarda qo’llaniladi.
- Teng bo’lmagan oraliq deb, guruhdan guruhga yo o’sib boruvchi yoki kamayib boruvchi oraliq tushuniladi. Bunday oraliqlar odatda to’plam birliklari juda katta tarqoqlikka ega bo’lgan hollarda qo’llaniladi. Masalan, paxtachilik xo’jaliklari bo’yicha ishlab chiqarilgan paxta bo’yicha rejani bajarganlik darajasi bo’yicha odatda quyidagi oraliqlarda guruhlanadi:
- 80,0 dan 90,0 foizgacha rejani bajarganlar (oraliq -10);
- 90,0 dan 95,0 foizgacha (oraliq -5);
- 95,0 dan 98,0 foizgacha (oraliq - 3);
- 98,0 dan 99,0 foizgacha (oraliq -1);
- 99,0 dan 100,0 foizgacha (oraliq -1);
- 100,0 dan 102,0 foizgacha (oraliq -2);
- 102,0 dan 110,0 foizgacha (oraliq -8)
va hokazo.
Teng bo’lgan va teng bo’lmagan oraliqlar yopiq va ochiq ko’rinishda bo’lishi mumkin.
Agarda, oraliq «dan-gacha» aniq berilgan bo’lsa, u holda oraliq yopiq ko’rinishda bo’ladi (1-hol). Agarda, oraliq «gacha» dan boshlanib, «undan yuqori» bilan tugasa, u holda oraliq ochiq ko’rinishda bo’ladi (2-hol):


1-hol (s/ga)
20,0 – 24,0 (s/ga)
24,0 – 28,0 (s/ga)
28,0 – 32,0 (s/ga)
32,0 – 36,0 (s/ga)
36,0 – 40,0 (s/ga)

2- hol (s/ga)
24,0 gacha
24,0 – 28,0 (s/ga)
28,0 – 32,0 (s/ga)
32,0 – 36,0 (s/ga)
36,0 va undan yuqori

Bundan tashqari, bu oraliqlarda «ko’proq» va «yuqoriroq», «kamroq» va «quyiroq» va shu kabi so’zlar qo’llaniladi.


Bu yerda 28,0 yoki 32,0 s/gani qaysi guruhga kiritish savoli tug’iladi. Bu oraliqlar teng bo’lib, bular o’rganilayotgan belgining minimal yoki maksimal miqdorlarini o’z ichiga olgan bo’lsa, u holda 28,0 yoki 32,0 s/ga qaysi guruhga kiritilishini aniqlash uchun eng yuqori chegarada joylashgan. ko’rsatkich orqali bilish mumkin.
Agarda, eng yuqori chegara 36,0 va undan yuqori bo’lgan so’zlar orqali tavsiflansa, u holda 28,0 s/ga uchinchi guruhga, 32,0 s/ga to’rtinchi guruhga kiritilishi kerak bo’ladi.
Agarda, eng yuqori chegara 36,0 dan yuqori bo’lgan so’zlar orqali tavsiflansa, u holda 28,0 s/ga ikkinchi guruhga, 32,0 s/ga uchinchi guruhga kiritilishi kerak bo’ladi.
- Maxsus oraliqlar - ko’pincha tipologik guruhlarda bir-biridan tub farq qiluvchi, o’ziga xos xususiyatga ega bo’lgan guruhlarni aniqlash, aholining qaysi bir qismi mehnat resursi ekanligini aniqlash maqsadida ular quyidagi guruhlarga bo’lib o’rganiladi:
-12 – 16 yoshdagi o’spirinlar;
-16 – 55 yoshdagi ishlovchi ayollar;
-16 – 60 yoshdagi ishlovchi erkaklar;
55 yosh va undan yuqori bo’lgan nafaqa yoshidagi ayollar.
60 yosh va undan yuqori bo’lgan nafaqa yoshidagi erkaklar.
Bu har bir guruh bir-biridan mazmunan tubdan farq qiladi.


Download 428,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish