Statistik jamlash ma’lumotlarni umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar tizimi va ularning o’lchov birliklari
Statistik jamlash ma’lumotlarni o’lchash natijasida umumlashtirilgan statistik ko’rstkichlar tashkil topadiki, bunda ijtimoiy hodisa va jarayonlar to’g’risidagi miqdorlarni hisoblangan natijalari to’planadi.
Statistik ko’rsatkichlar - statistikaning tili bo’lganligi uchun va buni yaxshi bilish uchun, (boshqa tillarni bilish bilan birga) shu tilning mohiyati va xususiyatini to’la o’rganib chiqilgan bo’lishi kerak.
Har qanday statistik ko’rsatkich ijtimoiy sohaning biron-bir tomonining rivojlanishini- iqtisodiyot, siyosat, xuquqiy va shu kabi tomonlarni o’rganadi. Shu sababli bu hisoblangan statistik ko’rsatkichlar shunga muvofiq ravishda iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va shu kabi statistik ko’rsatkichlvr bilan nomlanadi. bilan nomlanadi. Lekin bu ko’rsatkichlarda umumiylik va o’ziga xos xususiyatlik bo’lganligi uchun bu ko’rsatkichlar statistikafani orqali ko’rib chiqiladi va umumlashtiriladi.
Umumlashtirilgan statistik ko’rsatkichlar kuzatish birligining alohida yakka ko’rsatkichlari orqali tuziladi. Masalan, xo’jalikda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi asosan o’simlikchilik va chorvachilik tarmog’ida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmidan iborat bo’lib, shu xo’jalikning tarmog’i rivojlanishiga to’g’ri xulosa va takliflar berish uchun faqatgina umumlashtirilgan ko’rsatkichlar orqali amalga oshiriladi.
Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, statistik ko’rsatkichlar aniq bir ilmiy tushunchaning ekvivalenti bo’lib hisoblanadi. Masalan, «Milliy daromad hajmi» ko’rsatkichi iqtisodiy nazariya fanining ekvivalent tushunchasiga mos kelsa, «1 s paxta yoki bo’lmasa bug’doyning tannarxi» qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti fanining ekvivalent tushunchasiga mos kelsa, «jinoyatchilik koeffisiyenti» ko’rsatkichi esa «jinoyat xuquqi» fanining ekvivalent tushunchasiga mos keladi.
Statistik ko’rsatkichlarda mujassamlangan ijtimoiy hodisalarning ham sifat, ham miqdor tomonlari o’rganiladi. Hodisaning sifat tomonlari «nima», miqdor tomonlari esa – «qayerda», «qachon», «qancha» degan savollarga javob beradi.
Ijtimoiy hodisalarning miqdor tomoniga to’g’ri tavsifnoma berish uchun – umumlashtirilgan ko’rsatkichlar taqqoslama, ishonarli va to’liq statistik ma’lumotlar bo’lgan taqdirdagina hisoblanishi mumkin.
Umumlashtirilgan statistik ko’rsatkichlar ko’p ko’rinishga ega bo’lib, shularning ichidan eng katta bo’lgan ikkita guruhini ko’rib chiqamiz:
Ekstensiv (hajmli) statistik ko’rsatkichlar.
Bunda ijtimoiy hodisaning hajmiga tavsifnoma beriladi. Masalan, tumandagi xo’jaliklar soni, ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdori, shu mahsulotni ishlab chiqarish uchun ketgan jami xarajat summasi va hokazo.
Demak, ekstensiv statistik ko’rsatkichlar birlamchi belgilar bo’yicha hisoblanib, ko’p hollarda natural va qiymat ko’rinishida namoyon bo’ladi va o’lchanadi.
Intensiv (sifat) statistik ko’rsatkichlari
Bunda ijtimoiy hodisaning rivojlanishiga tavsifnoma beriladi. Masalan, xo’jalikning ishlab chiqargan mahsulot miqdori yoki bo’lmasa davlat buyurtmasining bajarilishi foizda(%) – intensiv ko’rsatkichlarga misol bo’la oladi.
Intensiv statistik ko’rsatkichlari ekstensiv statistik ko’rsatkichlaridan farqliroq, ko’p hollarda to’plam birliklari uchun hisoblangan bo’lib, bularni hisoblash uchun nisbiy va o’rtacha14 ko’rsatkichlardan keng foydaniladi Masalan, xo’jalikning bir gektar paxta maydonidan olingan hosildorligi, bir ishlovchining o’rtacha ish haqi darajasi, bir kishi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot qiymati va hokazo.
Demak, intensiv statistik ko’rsatkichlar ikkilamchi belgilar bo’yicha hisoblanib, ko’p hollarda bu hisoblangan ko’rsatkichlar foizlarda, koeffisiyentlarda va shu kabi o’lchov birliklarida ifodalanadi.
Demak, yuqorida ko’rib chiqilgan o’lchov birliklari ijtimoiy hodisalarni bir-biriga bog’langan, bir tizim bo’lgan holda o’lchash imkoniyatlarini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |