2-Mavzu. Statistik jamlash va guruHlash. Statistik jadval va grafiklar


Statistik jamlash texnikasi va uni tashkil etish uslubi



Download 428,95 Kb.
bet3/13
Sana05.04.2022
Hajmi428,95 Kb.
#529858
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Stat 2-mavzu

Statistik jamlash texnikasi va uni tashkil etish uslubi
Statistik ma’lumotlarni umumlashtirish uchun faqatgina jamlashning prinsipial savollarini hal etmasdan, balki ularning texnikaviy tomonini hal etish zururiyati tug’iladi, ya’ni har xil hisoblarni amalga oshirish uchun.
Jamlash texnikasi jarayonini amalga oshirish uchun katta hajmdagi va murakkab hisoblash ishlar olib boriladi. Bu ishlarni amalga oshirish uchun birinchi navbatda jamlash dasturi, undan keyin uning nazorati va uni tashkil etish uslubi belgilab olinadi.
Statistik jamlash oldindan ma’lum belgilangan dastur asosida tuzilib, uning vazifalari va tashkil etilish uslubiyati ko’rsatilib o’tiladi. Bu dasturda statistik jamlash ma’lumotlari necha guruhlarga bo’linib o’rganilishi, ularni hisoblash va har bir guruhga tavsifnoma berish ko’zda tutiladi. Shu bilan birga ushbu dasturda jamlashni o’tkazishdan oldin birlamchi materialllarning qaysi qismi qayta ishlanishi, ularning to’laligi, haqqoniyligi va taqqoslamaligi tekshirilab ko’riladi, ya’ni dastlabki nazorati o’tkaziladi.
Demak, hisobotlarni o’z vaqtida topshirilishi va hisobot intizomiga rioya qilinishi- statistik axborotlarni to’g’ri tashkil qilinishining eng asosiy sharti bo’lib hisoblanadi.
Bu olingan ma’lumotlarning sifatini tekshirish jarayonida qo’yilgan savollarga to’liq javob olinganligini aniqlash uchun mantiqiy va arifmetik nazorat o’rnatiladi. Shu nazorat orqali aniqlangan kamchiliklar tugatilib, birlamchi materiallar qayta hisoblanib, ushbu hisobotlarga qayta korrektirovka (tuzatish)lar kiritiladi.
Jamlash oddiy va murakkab jamlash turlariga bo’linadi.
Oddiy jamlash deb, olingan ma’lumotlarni guruhlarga bo’lmasdan, o’rganilayotgan to’plam bo’yicha umumiy yakunlarni chiqarish tushuniladi. Masalan, institutda ta’lim olayotgan jami talabalarning sonini hisoblash uchun kunduzgi va sirtqi fakultetlardagi talabalar sonini qo’shib chiqarishning o’zi kifoyadir.
Murakkab jamlash deb, olingan ma’lumotlarni ko’zda to’tilgan belgilar asosida ayrim guruhlarga bo’lib o’rganish tushuniladi. Jami talabalarni kurslarga va mutaxassisliklarga bo’lib o’rganish bunga misol bo’la oladi.
Demak, oddiy jamlash tor ma’nodagi ma’lumotlarni jamg’arilishini anglatsa, murakkab jamlash esa keng ma’nodagi ma’lumotlarni jamg’ari-lishini anglatadi.
Jamlash tashkil etilishiga qarab quyida-gilarga bo’linadi:
-Markazlashgan jamlash - boshlang’ich ma’lumotlar bir yoki bir necha statistika boshqarmalarida to’planadi va o’sha yerda ko’zlangan maqsad va vazifalar nuqtai nazaridan qayta ishlanadi. Bunday jamlash ma’lumotlarni qayta ishlashda bir xil yondoshishga va hozirgi zamon texnikasidan unumli foydalanishga imkon tug’dirsa-da, lekin boshlang’ich ma’lumotlarni taqqoslash, tekshirish imkoniyatini bermaydi. Bundan tashqari, ma’lumotlarni ma’muriy va iqtisodiy tumanlar miqyosida qayta ishlash va shu asosda hududiy ko’rsatkichlarni hisoblash bilan cheklanadi.
-Markazlashmaganjamlash - boshlang’ich ma’lumotlar dastlab mahalliy (tuman, viloyat) statistika tashkilotlarida qayta ishlanadi, so’ngra O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasiga yuboriladi. Bunday jamlashda statistik kuzatish materiallarini tekshirish va tegishli tuzatishlarni kiritish yengilashadi, hududiy ko’rsatkichlarni hisoblash imkoniyati tug’iladi. Ammo markazlashmagan jamlash ma’lumotlarning tarqoqlanishiga olib keladi. Shuning uchun ham statistika amaliyotida har ikkala ko’rinishdagi jamlash uyg’unlashgan tarzda amalga oshiriladi.
- Kombinasiyalijamlash – bu usul qo’lla-nilganda qisqa yakunlar markazlashtirilmagan axborot yordamida, to’la yakunlar esa markazlashtirilgan axborot yordamida hosil qilinadi.
Qayta ishlash texnikasiga qarab, jamlash quyidagicha tashkil qilinishi mumkin:
- Qo’lda jamlash. Odatda uncha katta bo’lmagan to’plam uchun qo’llaniladi. Boshlang’ich hujjat tavsifiga qarab, qo’lda jamlash kartochka va fishkalar yordamida amalga oshiriladi. Kartochka yordamida jamlash quyidagi bosqichlarda bajariladi:
- belgilarni щifrovka qilish;
- kartochkalarni terish
- har bir guruh sonini hisoblash maqsadida kartochkalar sonini sanab chiqish;
- umumiy yakunlarni chiqarish.
Mexanizasiyalashgan usulda
Odatda bunda kam mehnat sarflanadi va jamlash arzonga tushadi, uni bajarish muddati qisqaradi va olingan natijalarning aniqligi oshadi. Hozirgi kunda ko’pgina statistika tashkilotlari zamonaviy mikro EHMlar va kompyuterlar bilan ta’minlangan.
Boshlang’ich ma’lumotlarni tekshirilishiga qarab, jamlash tor ma’nodagi jamlash va keng ma’nodagi jamlashga bo’linadi.
Tor ma’nodagi jamlash deb, boshlang’ich ma’lumotlarni ilmiy tekshirishda ko’zlangan maqsad va vazifalar nuqtai nazaridan oddiy usulda o’rganilishi tushuniladi.
Keng ma’nodagi jamlash deb, to’plangan boshlang’ich ma’lumotlarni ilmiy tekshirishda ko’zlangan maqsad va vazifalar nuqtai nazaridan qayta ishlanishi tushuniladi. U holda ushbu jamlash quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- ma’lumotlarni guruhlash;
- tipik guruhlar va guruhchalarni tavsiflovchi ko’rsatkichlar tizimini ishlab chiqish;
- har bir guruh va guruhlar bo’yicha umumiy yakunlarni chiqarish;
-guruhlash natijalarini statistik jadvallarga joylashtirish va ularni grafiklarda tasvirlash va hokazo.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida turli-tuman mulk shakllarining yuzaga kelishi, xo’jalik yuritish shakllaridagi tub o’zgarishlar statistik kuzatish ma’lumotlarini qayta ishlash usullariga ham o’z ta’sir kuchini o’tkazadi. Xususan:
- umumdavlat va tarmoqlar hisobotlari qisqaradi, korxona miqyosidagi ma’lumotlar va axborotlarga bo’lgan ehtiyoj esa ortib boradi va birlamchi ma’lumotlarni olish usuli takomil lashadi;
- kundalik ehtiyojga zarur bo’lgan axborotlar va ma’lumotlarni olish uchunko’proq tanlanma ku- zatish va bir yo’la hisob usullari kengqo’llanila boshlanadi;
- ko’p ukladli bozor iqtisodiyotini, jamiyatning ijtimoiy tarkibini, hududiy va tar- moqlar miqyosidagi o’zgarishlarini tavsiflovchi umumlashtiruvchi ma’lumotlarni yig’ish usuli va kuzatish shakllari takomillashadi.

Download 428,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish