2-Mavzu. Statistik jamlash va guruHlash. Statistik jadval va grafiklar



Download 428,95 Kb.
bet11/13
Sana05.04.2022
Hajmi428,95 Kb.
#529858
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Stat 2-mavzu

2-grafik. O’zbekistonda asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar dinamikasi

Chiziqli diagramma yordamida variasion qatorlar ham tasvirlanadi. Bu holda yotiq o’qqa qatorning variantlari, ya’ni o’zgaruvchan belgi qiymatlari, tikka o’qqa esa vaznlar, ya’ni ularning uchrashish sonlari joylashtiriladi.


Diskret variasion qatorlar uchun tuzilgan diagramma taqsimlanish poligoni deb ataladi. Oraliq variasion qatorlar uchun tuzilgan diagramma esa taqsimlanish gistogrammasi deb yuritiladi. (110-betdagi 21-jadvalga hamda 3 va 4 grafiklarga qarang):
21-jadval


4-график
Сотилган буюмлар
бахоси ва сони
буйича таксимланиш гистограммаси

3-график
Сотилган буюмлар
бахоси ва сони
буйича таксимланиш полигони

2. Ustun (yoki lenta) shaklli diagramma – bu statistik ma’lumotlarni ko’rimli qilib tasvirlashning eng oddiy usulidir. Ulardan hodisalarning vaqt ichida va hududlararo o’zgarishini hamda to’plamning tuzilmasini ifodalashda juda keng foydaniladi. Ustunli diagrammalar to’g’ri to’rtburchakli ko’rinishida bo’lib ularning baland-pastligi tasvirga tushirilayotgan hodisaning miqdori, hajmi va qabul qilingan miqyosga bog’liq. Bunday diagrammalarni tuzish tartibini quyidagi misolda ko’rib chiqamiz (111-betdagi 22-jadval):


22-jadval



Bu ma’lumotlarni grafikda tasvirlash uchun miqyosni belgilab olamiz. Aytaylik, miqyos qilib 1 sm : 5 mln kishi deb qabul qilib olsak, u holda 1970 yilgi aholining soni, ya’ni birinchi ustunning balandligi 2,4 smga teng bo’ladi (11799,0:5), ikkinchi ustunning balandligi esa (2000 yil uchun) 4,9 sm ga teng bo’ladi (24488:5). Agarda, shu ustunlarning o’zida shahar va qishloq aholisining sonini ushbu miqyosda ifodalamoqchi bo’lsak, u holda 1970 yilgi shahar aholisining soni birinchi ustunda 0,9 sm ga teng bo’ladi (4322:5) , ikkinchi stunda esa (2000 yil uchun) 1,8 sm ga teng bo’ladi (9166:5). Shu tartibda qishloq aholisi uchun ham aniqlash mumkin, ya’ni:
1970 yil uchun: 7477:5=1,5 sm ga teng bo’ladi.
2000 yil uchun: 15322:5=3,1 sm ga teng bo’ladi.
(5-grafikka qarang).

5-график
Ўзбекистон ахолисининг сони ва таркиби графиги

Bu grafik 30 yil ichida O’zbekistonning jami aholisini, shu jumladan, shahar va qishloq aholisining o’zgarishini yaqqol ko’rsatib turibdi.


Agarda, ustunlar grafikda tikka holda emas, balki yotiq holda joylashtirilsa, bunday ko’rinishdagi grafiklar lenta shaklli diagrammalar deyiladi. Bunda, ustun ko’rinishidagi diagrammalar 100% deb qabul qilingan holda tasvirlarni yotiq holda joylashtirib, shu asosda hodisalarni grafiklarda yanada boyitish mumkin. Masalan, ishchilar daromadi tarkibidagi daromad turlarining salmog’i va jon boshiga hisoblangan daromad bo’yicha guruhlangan oilalarning guruhlari quyidagicha tavsiflangan bo’lsin. (23-jadvalga qarang):
23-jadval
Jon boshiga to’g’ri kelgan daromad bilan ishchilarning daromadi tarkibidagi unsurlar o’rtasidagi bog’lashni tahlil etish uchun kerakli bo’lgan ma’lumotlar.


Jon boshiga to’g’ri kelgan yillik daromad bo’yicha ishchilar oilalarining
guruhlari, m.s.h.

daromad turlarining umumiy daromaddagi salmog’i, %

Jami

Ish haqi


Ijtimoiy fond-lardan ajratil-gan nafaqalar

Turli daro-madlar

30,0

50

45

5

100

30,0-40,0

60

33

7

100

40,0-50,0

70

25

5

100

50,0-60,0

76

20

4

100

60,0-70,0

82

15

3

100

70,0 va undan ortiq

84

13

3

100

Jon boshiga to’g’ri kelgan daromad bilan ishchilar daromadi tarkibidagi daromad turlari salmog’i o’zgarishi o’rtasidagi bog’lanishni grafikda ifodalaymiz.


Yuqoridagi hisoblangan ma’lumotlarni (23-jadval) grafiklarda ifodalash tikka o’qqa jon boshiga to’g’ri kelgan daromadni, yotiq o’qqa esa daromad tarkibini (foizda) joylashtiramiz (12-chizmaga qarang):


Download 428,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish