2-mavzu: Shaxs rivojlanishining umumiy qonunlari, uning tashxisi toʻgʻrisida gʻoyalar. Reja


Bolaning individual – oʻziga xos xususiyatini bilish



Download 0,81 Mb.
bet5/14
Sana19.02.2022
Hajmi0,81 Mb.
#460081
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2-mavzu: Shaxs rivojlanishining umumiy qonunlari, uning tashxisi

Bolaning individual – oʻziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning umumiy tiplari va bolaning oʻziga xos xususiyatini oʻrganish, metodikasini bilish muhim. Temperament lotincha “temperamentum” soʻzidan olingan boʻlib, “qismlarning bir-biriga munosabati” ma’nosini anglatib, shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmuidir.
Bolaning jismoniy va psixik kamoloti quyidagi davrlarga boʻlinadi:
1. Goʻdaklik davri – chaqaloqlik (1 oy) davri tugagandan to bir yoshgacha boʻlgan davr.
2. Bogʻchagacha boʻlgan yosh davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha.
3. Maktabgacha boʻlgan yosh davri – 3 yoshdan 7 yoshgacha.
4. Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilar (bolalar) – 7 yoshdan 11-12 yoshgacha.
5. Oʻrta maktab yoshidagi oʻquvchilar (oʻsmirlar) – 13-15 yosh.
6. Katta yoshdagi maktab oʻquvchilari (ilk oʻspirinlar) – 16-17 yosh.
Maktabgacha yoshdagi bolaning jismoniy va psixik kamoloti shartli ravishda quyidagi davrlarga boʻlinadi:

  • goʻdaklik (1 yoshgacha);

  • ilk yosh (1-2 yosh);

  • ilk yosh guruhi (2-3 yosh);

  • kichik yosh (3-4 yosh);

  • oʻrta yosh (4-5 yosh);

  • katta yosh (5-6 yosh);

  • maktabga tayyorlov davri (7 yosh, majburiy ta’lim).



Kichik maktab yoshida oʻyin faoliyatining oʻrnini endi oʻqish faoliyati egallaydi. Bu juda qiyin oʻtish davri boʻlib, bolaning boʻyi, ogʻirligi jihatdan uning tashqi koʻrinishi kam farq qiladi. Suyaklari qotmagani tufayli tez shikastlanadi. Muskullari tez oʻsishi tufayli serharakat boʻladi. Bosh miyasi tez rivojlanadi.
Jismoniy oʻsishiga xos bu xususiyatlar tarbiyachidan ehtiyotkorlikni talab etadi. Bu yoshda bola bilim olish va oʻrganishga qiziquvchan boʻladi.
Oʻrta va katta maktab yoshi (oʻsmirlik, ilk oʻspirinlik 12-17 yosh). Oʻsmirlikning murakkabligi anotomik-fiziologik va psixologik xususiyatdagi kuchli oʻzgarishlar bilan bogʻliqdir. Bolaning oʻsishi tezlashadi. Bu davrni oʻtish davri ham deyiladi. Bu davrda jinsiy yetilish boshlanadi. Bu bolaning fe’l-atvoriga ta’sir etadi. Oʻsmir hayotida mehnat, oʻyin, sport va jamoat ishlari katta rol oʻynaydi. Ba’zilarining oʻzlashtirishi pasayadi, intizomi boʻshashadi.
Bu davr oʻspirinlarning ilk balogʻatga yetgan davridir. Mazkur davrda jinsiy yetilish tugaydi. Ularda mustaqillik sezila boshlaydi. Oʻspirin yoshlar hayotga kelajak nuqtai nazaridan qaray boshlaydilar. Madaniy darajasini orttirishga intilish kuchaya boradi, his-tuygʻularida ham oʻzgarish yuz beradi. Oʻz-oʻzlarini tarbiyalashga kirishadilar. Ideal tanlash va unga ergashish kuchayadi. Bu davrda, ular oʻrtasida munozaralar oʻtkazish yaxshi natija beradi. Oʻspirinlar oʻz guruhiga intiladi. Shuning uchun ham oʻspirinning barcha intilishlari ma’lum maqsadga yoʻnaltirilgan boʻlishi zarur. Ularda oʻquv fanlarini tanlashga nisbatan ehtiyoj kuchaya boradi.

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish