2-mavzu: Shaxs rivojlanishining umumiy qonunlari, uning tashxisi toʻgʻrisida gʻoyalar. Reja



Download 0,81 Mb.
bet1/14
Sana19.02.2022
Hajmi0,81 Mb.
#460081
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2-mavzu: Shaxs rivojlanishining umumiy qonunlari, uning tashxisi


2-mavzu: Shaxs rivojlanishining umumiy qonunlari,
uning tashxisi toʻgʻrisida gʻoyalar.



Reja:

  1. Shaxsiy rivojlanish jarayoni shaxs shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar muhit, irsiyat, ta’lim-tarbiya, shaxsiy faoliyat, rivojlanishning yosh va individual xususiyatlari.

  2. Yosh bosqichlari.

  3. Akseleratsiya.



Tayanch ibora va atamalar: shaxs tushunchasi, individ, inson, ruh, aql, bosh miya, rivojlanish, salomatlik, ta’lim-tarbiya, shaxsning rivojlanishi, shaxsni rivojlantiruvchi omillar.

Odam dunyoga odam boʻlib keladi. Subyektning odam zotiga mansubligi individ tushunchasida ifoda qilinadi. Hayvon bolasi esa dunyoga kelgan kunidanoq hayotining oxirigacha jonzot deb yuritiladi. «Individ» tushunchasida kishining nasl-nasabi ham mujassamlashgan. Yangi tugʻilgan chaqaloqni ham, katta yoshdagi odamni ham, mutaffakkirni ham, aqli zaif ovsarni ham, yovvoyi odamni ham, madaniyatli mamlakat kishisini ham individ deb hisoblash mumkin.


Individ sifatida dunyoga kelgan kishi alohida sotsial fazilat kashf etadi, shaxs boʻlib yetishadi. Psixologiyada individ tomonidan amaliy faoliyat va munosabatlar jarayonida hosil qilinadigan hamda ijtimoiy munosabatlarning individga ta’sir oʻtkazish darajasi va sifatini belgilaydigan tarzdagi sotsial fazilatlar majmuasi shaxs tushunchasida ifodalanadi.
Shaxsning oʻzi nima? Eng avvalo, biz shaxs individning fazilati ekanligini tan oladigan boʻlsak, bu bilan biz individ va shaxsning birligini tasdiqlagan va ayni paytda bu tushunchalarning bir-biriga oʻxshashligini inkor etgan boʻlamiz. «Shaxs» va «Individ» tushuchalarining bir-biriga oʻxshashligini yetakchi psixologlar - B.G.Ananyov, A.N.Leontev va boshqalar inkor etishadi.
Sotsial munosabatlar tizimini oʻzida mujassamlashtirgan subyekt boʻlish degan ma’noni anglatadi.
Shaxs tushunchasi insonga taalluqli boʻlib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega boʻlgan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi. Odam shaxs boʻlishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, oʻzini yaxlit inson sifatida his etishi, oʻz xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmogʻi kerak.
Individ” nima? Bola ma’lum yoshga qadar “individ” sanaladi. Individ (lotincha “individium” soʻzidan olingan boʻlib, «boʻlinmas», «alohida shaxs», «yagona» ma’nolarini anglatadi) xatti-harakatlarini shartli refleks yordamidagina tashkil eta oluvchi biologik mavjudotdir.
Individuallik esa shaxsning oʻziga xos xususiyati boʻlib, uning namoyon boʻlishi tarbiya jarayonini amalga oshirishda bola shaxsini puxta oʻrganish, uning yashash sharoitlaridan yetarli darajada xabardor boʻlish va ularning hisobga olinishini taqozo etadi.
Individual yondashuv oʻquvchilarning aqliy qobiliyatlari, bilishga boʻlgan qiziqish hamda iste’dodini namoyon etishda muhim ahamiyatga ega.
Bola harakatlari ongli, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtiroki natijasida shakllana boradi.

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish