Россия империясининг ўлкада солиқ тизими.
Rossiya imperiyasi tomonidan Turkistonning tabiiy, iqtisodiy resurslari va daromad mablag’larini o’zlashtirishda moliya xojalik idoralari muhim o’rin egallagan. 1867 yilgi ―Nizom‖ga ko’ra, soliq undirishning yangi tizimi joriy qilingan bo’lib, u aholining mashg’ulot turlari, daromadlari hisob-kitobiga asoslanardi. Ko’chmanchi aholi uchun umumiy o’tov yig’imi joriy qilinib, har bir o’tov uchun 2 rubl 75 tiyin miqdorida belgilandi.O’troq aholi xosilning 1/10 qismiga teng bo’lgan er solig’i – xiroj, savdo solig’i – zakot hamda sug’orish kanallari, yo’llar, ko’priklar, bozorlar va boshqalarni saqlab turish uchun soliq to’lardi. Qishloq jamoalari o’rtasida soliqlarni bo’lis qurultoyi taqsimlardi. Soliqlarning asosiy miqdori yo’qsillar zimmasiga tushardi. Bo’lis boshqaruvchilari va qishloqlardagi soliq yig’uvchilar soliq to’lashdan ozod etilgan edi.
Metropoliya hukmron doiralari o’lka ma‘muriyatiga moliya sohasida vakolatlarn imkon qadar cheklab, Turkistonda bevosita markaziy hukumat moliya-xojalik organlari tasarrufida bo’lgan idoralarni tashkil etish va ular orqali mahalliy resurslarni o’zlashtirish yo’lidan bordi.1868 yilda Rossiya Davlat Nazorat kengashining tasarrufida ish yuritadigan Turkiston Nazorat palatasi tashkil etildi Palataning asosiy faoliyati kreditlar berish, davlat soliqlarini yig'ish, Turkistondagi turli mustamlaka boshqaruv idoralari va g’aznalarning moliyaviy hisobotini, pul muomalasiga oid hujjatlarini taftish qilish, ya‘ni mablag’sarf ya‘ni sarf-xarajatlari ustidan nazoratni yo’lga qo’yishdan iborat. Asosan taftish funksiyasiga ega bo’lgan mazkur idora kredit berish va davlat yig’imlarini to’plash bilan shug’ullanuvchi viloyat, uezd g’azna va boshqaruvlarining hisob-kitob daftarlari hamda pul muomalasi hujjatlarini taftish qilar, narx-navo bilan bog’liq moliya operatsiyalari- ning to’g’riligini tekshirar edi. Barcha davlat muassasalari Nazorat palatasiga hisobot taqdim etishlari shart edi. Palataning byudjet vazifalari moliya smetalarini tekshirish, ularni tuzishda ko’maklashish hamda butun Turkiston bo’yicha olingan daromadlarning hisobotini tayyorlashdan iborat edi. O’lkadagi barcha davlat muassasalari palataga hisobot berib turgan. Turkiston Nazorat palatasi davlat muassasalari hisobotlarini tekshirish jarayonida, xo’jalikning turli sohalari, er va o’rmon boyliklari, minerallar, tabiiy boylik va suv havzalarining ahvoli hamda ulardan foydalanish holati haqida axborotlar tayyorlab, yuqori hokimiyatga taqdim etgan.Turkiston Nazorat palatasi o’lkadagi moliyaviy nazoratni kuchaytirib, mablag’ tushumining ko’payishi evaziga davlat xazinasini boyishiga xizmat qilgan. 1869 yilda Rossiya Davlat kengashining qarori bilan Toshkentda Moliya vazirligi tasarrufida ish yurituvchi Turkiston G'azna palatasi tashkil etilgan. Uning faoliyat doirasiga Turkistonda yagona kassa tizimini joriy qilish, aksiz yig'imlarini boshqarish hamda nazorat qilish vazifalari kirgan.Chunonchi, Turkistonda bugdoydan olingan vino, tayyor pivo, meva va asaldan olingan aroq uchun aksiz soliqlari hamda banderol va savdo-sotiq uchun beriladigan guvohnoma patenti yig’uvlaridan katta daromad mablag’i olingan. 1889 yilda Turkistonda Rossiya imperiyasi moliya vazirligi tasarrufida soliq inspektorlari instituti ta‘sis etildi. U aholini soliqqa tortish tartibini nazorat qilar edi. 1895 yilda tog’-kon sanoatidan imperiya g’aznasiga keladigan daromadlar hisob-kitobi bilan shug’ullanuvchi Turkiston tog’li okrugi tuzildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |