2- sabab. Asta - sekinlik bilan jamiyatda kishilarning bir qismi chorvachilik, boshqalari esa dexqonchilik, so‘ngra hunarmandchilik bilan shug‘ullana boshlaganlar. Masalan, kulol o‘z mahsulotlari – kosa, lagan, ko‘za, xum kabilarni bozorga olib borib, bug‘doyga amlashtirishgan, kimga qanday idish kerak bo‘lsa (kosami, xummi) o‘shani bug‘doyga to‘ldirib to‘kan, don kulolniki, idish esa dexqonniki bo‘lgan. Yoki tarozini bir pallasiga guruch ikkinchi pallasiga esa bug‘doy solib almashtirgan.(2) Ular endi faqat o‘z ehtiyojlarini qondirish uchungina emas, balki o‘z mahsulotlarini ayirboshlash, ya’ni sotish uchun ham yetishtira boshlaganlar. Boshqacha qilib aytganda, ular «natural xo‘jalik» yuritishdan tovar ishlab chiqarishga o‘ta boshlaganlar.
Inson, yolg‘izlikda yashasa va ishlab yursa pulga ehtiyoj sezmaydi. Kimsasiz orolda cho‘kayotgan kemadan narsalarini va ayniqsa pullarni qutqarib qolgan Robinzon Kro‘zo ko‘pam shodlanmagan edi. Va xaqiqatdanham tovar ayriboshlashlanmasa pulga ehtiyoj sezilmaydi.
Doimiy ayriboshlash uchun uch xil sharoit bo‘lishi shart - mehnat taqsimoti, xususiy mulk va taqqoslama baho, imkoniyat va o‘zaro o‘lchov birligi.
Agar kishilar o‘z ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan barcha mahsulotlarni o‘zlari yetishtirsalar, ya’ni hech narsa sotib olmasalar va sotmasalar, bunday xo‘jalik yuritish natural xo‘jalik yuritish deyiladi. Va nixoyat, insonlar o‘zlarining mehnat mahsullarini tovarni tovarga o‘zaro ayriboshlaydilar yaniy barterni sodir etadilar.
Barter - bu tovarlarni tovarlarga pul vositasisiz ayriboshlashni amalga oshirilishidir (T-T).
Biroq axolining o‘sib borishi, iqtisoslikning tobora chuqurlashishi barter ayriboshlash makonining kengayishi juda ko‘p vaqt va mehnat harajatini keltirib chiqaradi. Bunday sharoitda samarasiz bo‘lgan barter pulni paydo qiladi.
Sotish uchun ishlab chiqarilgan mahsulot tovar deyiladi. Tovar kishilarning u yoki bu ehtiyojlarini qondiradi. Har qanday tovar mehnat sarfi natijasida yaratiladi. Tovarga sarflangan mehnat tovarning qiymati deyiladi. Tovarni yaratishda qanchalik ko‘p mehnat sarflansa, uning qiymati shuncha yuqori va aksincha, tovarga qanchalik kam mehnat sarflansa, uning qiymati shuncha past bo‘ladi. Shunday qilib, pulning paydo bo‘lishiga asosiy sabab bo‘lib, tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash hisoblanadi.
Tovarlar qiymati ularni o‘zaro taqqoslash, o‘lchash va almashtirish imkoniyatini beradi.
Dastlab, har bir tovar boshqa bir tovarga bevosita almashtirilgan, masalan:
1 qop don 1 bosh qo‘y
1 ta omoch 1 bosh qoramol
1 ta po‘stin 1 ta arava
Keyinroq o‘zaro kelishilgan holda, bir tovar bir necha tovarlarga almashtiriladigan bo‘lgan, ya’ni:
1 bosh qoramol
1 xum asal
1 qop to‘z 2 ta bolta
5 bosh qo‘y
5 qop bug‘doy
Asta - sekinlik bilan tovarlar orasidan barcha tovarlarga ayirboshlana oladigan va hamma tovarlar qiymatini o‘zida ifoda eta oladigan maxsus tovar ajralib chiqqan. Bu tovar har bir mamlakat yoki hududda iste’mol uchun eng zarur tovar bo‘lgan va barcha mahsulotlar uchun umumiy ekvivalentga aylangan, ya’ni:
1 xum asal
1 miqdor oltin
1 bosh qoramol 2 ta bolta
5 bosh qo‘y
5 qop bug‘doy
Umumiy ekvivalent vazifasini turli mamlakatlarda turli tovarlar - qoramol, to‘z, don, mo‘yna va boshqalar bajarganlar. Tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash jarayonining tobora rivojlanib borishi hududlar hamda mamlakatlar o‘rtasida savdo-sotiq va tovar ayirboshlash zaruratini yuzaga keltirgan.
Turli mamlakatlarda turli tovarlar umumiy ekvivalent hisoblanganligi esa bu jarayonga to‘sqinlik qila boshlagan.
Natijada butun tovarlar dunyosidan shunday tovar ajralib chiqqanki, u barcha hudud va mamlakatlarda umumiy ekvivalent sifatida qo‘llanila boshlagan. Bu vazifani qimmatbaho metallar, avval mis va kumush, keyinchalik esa oltin bajaradigan bo‘lgan:
1 xum asal
1 bosh qoramol
1 miqdor oltin 2 ta bolta
5 bosh qo‘y
5 qop don va boshqalar
Oxir –oqibatda oddiy tovar ko‘rinishdagi umumiy ekvivalent o‘rniga pul shaklidagi ekvivalent maydonga keldi. Bunday oltin (dinor), kumush (drham), miss (fulus) oddiy tovar emas, balki o‘ziga xos maxsus tovar bo‘lib, unda ayriboshlashning natura shakli bilan ekvivalent shakli birlashib ketgan. (3)
Ana shunday qilib, pul tovar ishlab chiqarish va ayriboshlashning Uzoq vaqt rivojlanishi natijasida vujudga kelgan.
Pul o‘zi nima? Uning jamiyatdagi roli nimada? Mamlakat iqtisodiy rivojiga pul yordamida ta’sir o‘tkazish mumkinmi? Shu va shunga o‘xshash savollar bilan dunyo ilmi kuchli tortishuvlarga sabab bo‘lib kelmoqda.
Pul - bu shunday maxsus tovarki, u hamma boshqa tovarlar uchun umumiy ekvivalent vazifasini bajaradi va barcha tovarlarni sotib olish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Pul har qanday buyumga aylanish sehriga qodir.
Pul – bu ko‘plab badii asarlarning, xalq ijodiyetining mavzuidir. Arxeologiya, etnografiya, tarix, falsafa, sotsiologiya, huquqshunoslik va iqtisodiyot kabi bir qator fanlar pul bilan shug‘ullanadi.
Asrimiz boshlarida hisoblab ko‘rishsa, pul haqida 6000 dan ziyod maxsus ilmiy kitoblar yozilgan ekan. Shundan buyon bu miqdor necha-necha marta oshgan.
Pul haqida har xil fikr yuritiladi. Sinfiy jamiyat mutafakirlari pulni yovuz narsa, xalq boshiga faloqat, odamlar orasiga nifoq soluvchi qaboxat deb bilganlar.
«Oltin va saxovat, - degan edi grek faylasufi Platon, (eramizdan oldingi 428-348 yillarda) - tarozuning ikki pallasiga o‘xshaydi, bulardan biri ko‘tarilmay turib ikkinchisi pastga tushmaydi». Insonda oltin qancha ko‘paysa, saxovat shuncha kamayadi.
Birok, xatto sinflarga bo‘lingan jamiyatda ham pul faqat yovo‘zlik keltiribgina qolmaydi. u odamlarga bebaho xizmat ham qiladi.
Pulni iste’molga kiritilishi insoniyat taraqqiyoti uchun bug‘ mashinasini, temir yo‘l yoki telefonni kashf etishdan kam ahamiyatga ega emas. Pul ko‘p mehnat va vaktni tejaydi. Hech qanday mashina bunchalik ko‘p ishni bajara olmaydi va inson kuchini bunchalik tejay olmaydi.
Pul xalqlar o‘rtasida mehnatni taqsimlashga imkon berdi hamda iqtisodiyot va turli mamlakatlar o‘rtasidagi aloqani rivojlantirdi.
Pul odamlarni bir joyga mixlanib kolishdan ozod etdi, hayot uchun kerakli bo‘lgan narsalarni mehnat kilsa bo‘ladigan, ayriboshlash va savdo qilish mumkin bo‘lgan har qanday yerdan topish imkonini berdi.
“Pul o‘zidan ketgan janobdir,
Do'stlaringiz bilan baham: |