Naqd pul aylanmasini tashkil qilish quyidagi printsiplar asosida amalga oshiriladi:
1. Naqd pul aylanmasini tashkil qilish va tartibga solishni me`yoriy huquqiy asoslarining mavjudligi. Masalan, Markaziy bankning kassa operatsiyalarini amalga oshirish to`g’risidagi yo`riqnomasi muhim meyoriy hujjat bo`lib hisoblanadi.
2. Barcha korxonalar va tashkilotlar o`zlarining naqd puldagi mablag’larini tijorat banklarida saqlashlari shart.
3. Korxonalar va tashkilotlarga kassada kichik miqdorda naqd pul saqlab turishga ruxsat etiladi. Buning uchun ularning kassasiga tijorat banklari tomonidan limit belgilanadi. Bu limit ko`zda tutilmagan xarajatlar uchun ajratiladi.
4. Naqd pullardan maqsadli foydalanish prinsiplari
Banklardan korxonalar naqd pullarni pul cheklari orqali oladi. Pul chekida nima maqsadda naqd pul olinayotganligi ko`rsatiladi.
Naqd pullarning darajasiga baho berish uchun xalqaro amaliyotda iqtisodiyotda naqd pullarning etarliligi degan ko`rsatkich qo`llaniladi.
M0/YAIM*100%
M0 – Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilganjami naqd pullar
2018-yilning 1-yanvar holatiga
Germaniyada – 8.9%
Fransiyada – 8.5%
Rossiyada – 10.9%
AQSH – 6.9%
Kanadada – 3.6%
Taraqqiy etgan mamlakatlarda bu ko`rsatkichning darajasi past. Buning bir qancha sabablari bor. Ulardan asosiylari ikkita:
Naqd pulsiz hisob kitoblar tizimi yuqori darajada rivojlangan. Naqd pul muomalasi bilan asosan aholi shug’ullanadi. Plastik kartochkalarga asoslangan to`lov amaliyotining rivojlanganligi naqd pullarga bo`lgan talabni qisqartirish imkonini bergan.
Xufyona iqtisodiyotni kichik salmoqqa ega ekanligi.
Plastik kartochkalar mo`ljallanishiga ko`ra ikkiga bo`linadi:
SHaxsiy kartochkalar – bu kartochkalar banklar tomonidan jismoniy shaxsga
Beriladi.
Koorporativ kartochkalar - bu yuridik shaxslarga beriladi. Bu kartochkadan korxonaning xodimlari foydalanishi mumkin.
Plastik kartochkalar ishlash rejimiga ko`ra 2 ga bo`linadi:
Of – line
On – line
Plastik kartochkalarning to`lovni amalga oshirish xususiyatiga ko`ra:
Debetli kartalar-bu krtalar faqat plastik karta hisob raqamidagi pul mablag’lari doirasida to`lovlarni amalga oshirish imkonini beradi.
Kreditli kartalar-plastik hisob raqamdagi pul tugaganini keyin ham tijorat bankining krediti hisobiga to`lovni amalga oshirish imkonini beradi.
YAponiyaning Tashiba kompaniyasi Supersmartcardni chiqardi. Bu istagan joyda to`lovni amalga oshira oladi.
PUL AYLANMASI
Pul aylanmasi tarkibi quyidagicha bo`ladi:
Subyektlarning joylashish o`rniga ko`ra
Tovar –pul munosabatlarining aks ettirilishiga ko`ra
Pul funksiyalariga k`ora
Pul belgilariga ko`ra
Shahar ichidagi aylan-ma
Shaharlar aro aylan-masi
To`lov vositasi
Muomala vositasi
Naqd- siz pul aylan-masi
Naqd pul aylan-masi
Tovarsiz pul aylan-masi
Tovarli pul aylan-masi
Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanganlik darajasi pul aylanmasining tarkibiga bevosita ta`sir ko`rsatadi. Masalan, taraqqiy etgan mamlakatlarda iqtisodiyotning pul mablag’lari bilan ta`minlanganlik darajasi yuqori bo`lganligi sababli, tovar pul munosabatlarida to`lovsizlik muammosi mavjud emas.
M2
MK =
Do'stlaringiz bilan baham: |