2. Pul nazariyalarining kelib chiqishi, turlari va namoyondalari. Pulning metallik nazariyasi. Pulning nominallik nazariyasi va uning manbalari. Pulning metallik nazariyasi bu turli davlatlarda turli tadqiqotchilar tomonidan aytilgan ilmiy qarashlarning jamlanmasi bo`lib, ular pul sifatida faqat oltin va kumushni ko`rdilar va ular jamiyat boyligining manbai deb hisobladilar.
Pulning metallilik nazariyasi XVI asrda fransuz olimi Nikolo Orezme tomonidan nazariya sifatida shakllantirildi. Keyinchalik angliyalik iqtisodchi olimlar U.Stefford, T.Men, P.Nors, CHayld, Fransiyada A.Monkreten, Germaniyada U.YUst; Italiyada G.Skaruffi, F.Galiyani tomonidan rivojlantirildi.
Pulning metallilik nazariyasi merkantilizm g’oyalariga asoslanadi.
Merkantilizm – dunyo tarixidagi birinchi iqtisodiy maktab hisoblanadi.
Merkantilistlar 2 yirik guruhga bo`linadi:
Ilk merkantilistlar.
So`nggi merkantilistlar.
Ilk merkantilistlar - aktiv pul balansi degan g’oyani ilgari suradilar. Ularning fikriga ko`ra oltin va kumush o`z tabiatiga ko`ra pul hisoblanadi. Har bir jamiyatning boyligi uning oltin va kumush zaxiralari bilan belgilanadi.
Aktiv pul balansi - deganda oltin va kumushning har doim mamlakatga kirib kelish miqdori ularni mamlakatdan chiqib ketish miqdoridan katta bo`lishi tushiniladi.
Ilk merkantilistlar davlat proteksionizm siyosatini qo`llash shart deb hisoblaydilar. Ular aytadiki, davlat mamlakatdan oltin va kumush pullarni chiqib ketishini to`sqinlik qilishi zarur.
So`nggi merkantelistlar pulning asosiy funksiyasi bu jamg’arish funksiyasi deb hisoblaydilar. XVI asrning ikkinchi yarimidan XVIII asr oxiriga qadar Evropada so`nggi merkantelistlarning qarashlari hukmron g’oyaga aylandi.
So`nggi merkantelistlarning eng taniqli vakili Tomas Men hisoblanadi. T.Men ilk merkantalistlardan farqli ravishda pulning muhimligi jamiyat boyligining manbai ekanligida emas balki mamlakat ichidagi tovarlar va pullarning harakatiga ta`siridadir degan xulosaga keldi.
T.Men birinchi bo`lib metallilik nazariyasiga yangilik kiritdi. Ushbu yangilik quyidagilardan iborat:
Mamlakat savdo balansi ijobiy saldoga ega bo`lganda tovarlarni import qilish mumkin.
Agar mamlakat uchun foydali bo`lsa, oltin va kumushni xalqaro savdoni rivojlantirish uchun ishlatish mumkin.
Tomas Men aytadiki pul savdoni yaratadi, savdo esa pulni ko`paytiradi. Tomas Men birinchi bo`lib umumiy savdo balansi degan tushunchani kiritgan.
So`nggi merkantalistlar umumiy savdo balansi g’oyasini ilgari surdilar. Bungacha xususiy savdo balanslari mavjud edi. Ular mamlakatning alohida olingan bitta mamlakat bilan savdo munosabatlarini aks ettirar edi.
Merkantilistlar oltin va kumush tangalarni emirilib ketishini tan olmaganlar. Lekin amaliyot ko`rsatadiki oltin va kumush tangalar ishqalanish xususiyatiga ega. Ushbu tangalar vaqt o`tishi bilan o`z vaznining bir qismini yoqotadi, natijada ayirboshlash munosabatlarida notenglik holati yuzaga keladi. VIII asrga kelib metal tangalarning emirilishi isbotlandi. SHuningdek, birinchi jahon urushi ta`sirida Evropada oltin standarti bekor bo`ldi.
Dastlab merkantilistlar Adam Smit va Jorj Styuard tomonidan qattiq tanqidga uchradi. Ushbu olimlarning fikriga ko`ra pul jamiyatning boyligi emas, balki shartli hisob birligidir. Pullar baho masshtabi sifatida ayirboshlash munosabatlarini ifoda etadi. Taniqli iqtisodchi olimlar P.Samuelson , J.Key metal pullar muomalasini inkor etganlar.
Pulning nominallilik nazariyasining asoschilari bo`lib Angliyalik ruhoniy va faylasuf J.Berkli va Angliyalik iqtisodchi J.Styuard hisoblanadi. Ular bu nazariyaning etakchisi. Bu nazariyani rivojlantirishga eng katta hissa qo`shgan olim G.Knapp. 1905- yilda Knappning ``Pulning davlat nazariyasi`` nomli kitobi nashrdan chiqdi. Pulning naminallilik nazariyasi XVIII asrda paydo bo`lgan. Ushbu nazariya namoyondalari pulning Tovar xususiyatini inkor etdilar. Ular aytadiki pul qiymat va iste`mol qiymatiga ega emas. Pulning qiymati unga qo`yilgn nominali bilan belgilanadi. Ular metal pullar emirilish xususiyatiga ega ekanligini ta`kidlashdi va qog’oz pullar to`lov vositasi sifatida moslashuvchan va qulay, ayirboshlash vositasi ekanligini e`tirof etishdi.
Knapp pulning nominallilik nazariyasini rivojlantirar ekan quidagi xulosaga keldi.
Pulni davlat yaratadi;
Pulning asosiy funksiyasi bu to`lov vositasi funksiyasidir;
Keyns pulning nominallilik nazariyasi tarafdori bo`lgan. Keyns aytadiki qog’oz pullarning oltin tangalarni muomaladan siqib chiqarishi Knappning buyuk g’alabasidir.
Pulning mohiyati 3 shaklda namoyon bo`ladi.
Pul barcha tovarlar qiymatini o`zida ifoda etuvchi umumiy ekvivalentdir.
Pul mustaqil almashinuv xususiyatiga ega. Pul tovarlarsiz ham erkin harakatlana oladi. (talabalarga stipendiya, oylik maoshlar, soliqlar, bankdan kredit olish)
Pul buyumlashgan mehnatning tashqi o`lchovi.
Buyumlashgan mehnatning ichki o`lchovi mehnat asosida o`lchanadi.
Nominalistlar baho masshtabi deganda milliy pulning oltin asosiga aytiladi.
Nominalistlar oltinga almashmaydigan qog’oz pullar muomalasini afzal ekanligini e`tirof etadilar. Hozir dunyoda hech bir valyuta oltin asosiga ega emas. Hozirgi davrda muomlaga chiqarilayotgan naqd pullar Markaziy bankning aktivlari bilan ta`minlanadi.
Pulning miqdoriylik nazariyasining mohiyati shundaki muomalada pul miqdorining oshishi tovarlar bahosining va pulning qiymatini o`zgarishiga sabab bo`luvchi asosiy omildir.
XVI asrda Evropalik mustamlakachilar va birinchi navbatda ispanlar Amerikadagi ko`plab oltin va kumush konlarini topdilar. Natijada Amerikadan Evropaga juda katta miqdorda oltin va kumush oqib keldi. Bu esa G’arbiy Evropada tovarlar bahosining keskin oshishiga sabab bo`ldi. SHu bog’liqlikni birinchi bo`lib fransuz faylasufi Jan Boden aniqladi.
J.Bodenga qadar Tovar bahosining oshishi metal tangalarni emirilishi bilan izohlanar edi. Pulning miqdoriylik nazariyasi XVII-XVIII asrlarda Angliyada J.Lokk va D.YUm; Fransiyada Monteske rivojlantirdi. Ular bu nazariyani qogòz pullarga nisbatan qo`llashning mumkinligini asoslab berishdi.
Klassik iqtisodchi D.Rekardo pulning miqdoriylik nazariyasini ta`rafdori. Rekardo qiymatning mehnat nazariyasini yaratgan. Ushbu nazariyaga ko`ra metal pullarning qiymati ularni ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnat xarajatlari bilan belgilangan. Ammo keyinchalik Rekardo o`zining ushbu qoidasiga qarshi chiqdi. U yozadiki ayrim davlatlarda pulning qiymati muomaladagi pul miqdoriga bog’liq ravishda o`zgaradi.
Karl Marks pulning miqdoriylik nazariyasini ayovsiz tanqid qildi. Marksning fikriga ko`ra miqdoriylik nazariyasining eng kata xatosi shundaki, ular pulning mohiyatini faqatgina pulning muomala vositasi bilan tushuntiradilar. Ular pulning qiymat o`lchov funksiyasini tan olmaydilar. Karl Marksning fikricha pulning miqdoriylik nazariyasining ikkinchi xatosi pullar va tovarlar muomala jarayoniga qadar bahoga va qiymatga ega bo`lmaydilar deganlaridadir.
Marksning fikriga ko`ra muomalaga kirishgunga qadar pullar qiymatga tovarlar esa bahoga ega bo`ladi. Pullar qiymati va tovarlarning bahosiga bog’liq ravishda tovarlarning bahosi shakllanadi.
Pulning miqdoriylik nazariyasi namoyondalri bilan K.Marks o`rtasidagi munozara quyidagida namoyon bo`ladi.
Marks aytadiki: tovarlar bahosining oshishi muomaladagi pul miqdorining ko`payishiga olib keladi. Pulning miqdoriylik nazariyasining namoyondalari aytadiki: muomaladagi pul miqdorining ko`pligi tovarlar bahosining oshishiga olib keladi. XX asrda pulning miqdoriylik nazariyasi hukmron nazariyaga aylandi. XX asrda miqdoriylik nazariyasining 2 xil ko`rinishi paydo bo`ldi.
Transaksion ( I.Fisher yaratdi)
Kembridj.
1911-yilda Irmen Fisherning mashhur “Pulning xarid kuchi nomli” asari nashrdan chiqdi. Ushbu asarda Fisherning almashuv tenglamasi o`z ifodasini topdi.
MV=PQ
M - muomaladagi pul massasi
V- pulning aylanish tezligi
P –tovarlarning o`rtacha bahosi
Q –ishlab chiqarilgan tovarlar miqdori
P=MV/Q
Fisherning xulosasiga ko`ra tovarning bahosi muomaladagi pul miqdoriga va pulning aylanish tezligiga to`g’ri proporsional. Bunda Q va V o`zgarmasdir. Bu ikkala component o`zgarmas bo`lganligi sababli shunday xulosa kelib chiqadi. Tovarlar bahosining o`zgarishi muomaladagi pullarning o`zgarishiga bog’liq.
Kembridj variantini Alfred Marshal yaratdi. Ushbu nazariyani Pigu rivojlantirdi. Fisherdan farqli o`laroq Marshal va Pigu tahlilni mikroiqtisodiy darajada amalga oshirdi. Ular asosiy e`tiborini xo`jalik sub`ektlarining kassa qoldiqlarini o`zgarishiga qaratdilar.
M =KPY
K-pulning aylanish tezligi ammo bu tezlik xo`jalik yurituvchi subèktlarning pul shaklidagi nominal daromadiga qarab o`rganiladi. Fisherda pulning aylanishi tovarlar aylanishiga qarab belgilanadi. Kembridj variantidan shunday xulosa chiqadi: muomaladagi pul miqdori pulning aylanish tezligiga teskari proporsional. Pulning aylanish tezligi real kassa qoldiqlarining miqdori va ularning hisobidan qilingan xarajatlar nisbatiga bog’liq bo`lganligi sababli muomaladagi pul miqdorining o`zgarishi pul shaklidagi nominal daromadning o`zgarishiga bog’liq.
Kembridj variantida kassa qoldiqlarini shakllantirishning ikki xil varianti keltiriladi:
-pulning qulay to`lov vositasi.
-ko`zda tutilmagan holatlar munosabati bilan nominal daromadning bir qismini pulda saqlash.
Pul - bu shunday maxsus tovarki, u xamma boshqa tovarlar uchun umumiy ekvivalent vazifasini bajaradi. Pul umumiy tovarlarni ayirboshlashda asosiy vazifani bajaradi. Kadimda pul vazifasini turli xil tovarlar bajargan, masalan, chorva mollari, mol terilari, bolta va xokazo. Keyinchalik pul vazifasini qimmatbaxo metallar bajargan, chunki ular o`zini sifatini yukotmaydi va pul o`rnini bosishda juda kul kelgan. Pul oddiy maxsulot bo`lib qolmay, u ijtimoiy qiymatga ega, ya`ni xamma tovarlarni xarid etish vositasi bo`lib xizmat kiladi. Pul tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashning uzoq vaqt rivojlanishi natijasida vujudga kelgan. Birinchi yirik mexnat taqsimoti tovar xo`jaligining rivojlanishi tufayli maxsulot qiymatining ifodasi bo`lmish pulni keltirib chikaradgan. Pulning boshqa tovarlardan farki shundaki, u boshqa tovarlarning qiymatini aniq belgilab beradi. Pulning negizida oddiy maxsulotdagi kabi aniq va abstrakt mexnat yotadi. Abstrakt mexnat maxsulotni pulga ayirboshlashda namoyon bo`ladi. Bundan kelib chiqadiki, pul xamma tovarlardan farklanib xamma bop abstrakt mexnat vazifasini bajaradi.
Iqtisodiy pul nazariyasi kuyidagi ikkita savolga javob topishga xarakat kiladi:
1) pulning kelib chiqishi va uning ma`nosi;
2) pulning narxi va uning sotib olish qobiliyati. Birinchi savolga javob ta`rikasida pul nazariyasida ikkita yo`nalish mavjud-bu metall va nominal pul nazariyalardir.
Birinchi bo`lib G’arbiy evropada pulning metall nazariyasi yaratildi. Ushbu nazariyaning asoschilari T. Men, D. Nors va boshqalar metall pullarning muomalasi barqaror bo`lishiga xamda pullarni buzmaslikka kurashdilar. Ushbu olimlarning ilmiy karashlaricha mamlakatning boyligi pulning ko`payishi bilan belgilanishi kerak xamda metall pullar faqat oltin va kumushdan yaratilishi lozim. Bundan kelib chiqadiki, metallistlar nazariyasiga ko`ra: pulning moxiyati ijtimoiy zaruriy mexnatning rivojlanishi bilan belgilanmasdan oltin va kumushning tabiiy xususiyatlari bilan belgilanadi, ya`ni qanchalik ushbu metallar sifatli bo`lsa pulning kadri shuncha yuqori bo`ladi.
Pulning metallik nazariyasi kapital harakatining dastlabki davrida taraqqiy etdi. Moneta tarkibini buzish (monetaning og’irlik miqdorini kamaytirish)ga qarshi kurashda progressiv rol o`ynadi. Bu nazariyalar o`sha davr ruhi va tuzilayotgan burjuaziya ehtiyojlarini aks ettirib, merkantilistlar baquvvat metall pullar tarafdori bo`lib chiqdilar. Bu nazariya o`sha davr kapitalizmining eng rivojlangan davlati Angliyada maydonga keldi. Metallik nazariyaning asoschilaridan biri U. Stefford (1554-1612 y.) edi. U o`z qarashlarini o`zining Londonda 1581 yilda chop etilgan «Vatandoshlarimizning ba`zi odatiy arizalarining qisqartmasi» asarida bayon etdi. Bu oqim tarafdorlari Angliyada T. Men (1571-1641y.), D. Nors (1641-1691y.), Frantsiyada bu ta`limotni A. Monkreten (1575-1621y.), Italiyada F. Tamani (1728-1787y.) va boshqalar rivojlantirdi.
Ularning fikricha, barqaror metall valyuta jamiyat iqtisodiy taraqqiyotining muhim shartlaridan biridir. Jamiyat a`zolarining jamg’arishga bo`lgan intilishi iqtisodchilarning boylik manbaini o`rganishlariga sabab bo`ladi. Ular bu manbani savdodan izladilar. Ularning e`tirof etishlaricha, aktiv savdo balansi mamlakatga oltin va kumushning kelishini ta`minlaydi.
SHunday qilib, ilk metallik nazariya tarafdorlari jamiyat boyligini qimmatbaho metallar bilan almashtirib, ular pulning hamma funktsiyalarini bajaradi, deb hisoblar edilar. Ilk metall nazariya tarafdorlarining asosiy kamchiliklari quyidagilardan iborat edi:
– ilk metallchilar haqiqiy pullarni qiymat belgilari bilan almashtirish zarurligi maqsadga muvofiq kelishini tushunib etmadilar;
– ilk metallchilar pulning jamiyat taraqqiyotida tovar muomalasi asosida yuzaga kelgan tarixiy kategoriya ekanligini tushunmadilar;
– ular jamiyat boyligi deb qimmatbaho metallarni jamg’arishni tushundilar va «bunday boylik manbai savdodir» degan noo`rin fikrga keldilar.
Ular jamiyat boyligi mehnat natijasida vujudga keladigan moddiy va ruhiy qadriyatlar yig’indisi ekanligini tushuna olmadilar. Ilk metallik nazariya targ’ibotchilari savdo burjuaziyasi manfaatlarini himoya qilib chiqqan edilar.
XVIII asr oxiri va XIX asrning birinchi yarmiga kelib sanoat burjuaziyasi manfaatlarini qondira olmagan metallik nazariya o`z mavqeini yo`qotdi. Ammo XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib nemis iqtisodchisi, tarixiy maktab vakili K. Knis (1821-1898 y.) bu nazariyani himoya qilib chiqdi. Bu g’oyaning qayta tiklanishiga 1871-1873 yillar. da Germaniyaga kiritilgan oltin tanga standarti sabab bo`ldi. K. Knis targ’iboti metallchilar nazariyalarini yangi sharoitga moslashtirdi. Knis pul sifatida faqatgina metallni emas, balki Markaziy bank banknotalarini ham e`tirof etdi. Bu paytga kelib xo`jalikda kredit asosiy mavqega ega bo`la boshladi va bu oltin monetalar bilan birga muomalada bo`lib, ularga almashtiriladigan banknota emissiyasining asosini tashkil etdi. K. Knis banknotalarni tan olgan holda, hech nima bilan ta`minlanmagan qog’oz pullarga qarshi chiqdi. Uning fikricha, pul muomalasi metall bilan ta`minlangan banknotalar va metall monetalarga asoslanishi shart. Qog’oz pullar xuddi «qog’oz bulka» kabi ma`nosiz narsadir. K. Knis ta`kidlashicha, oltin o`z tabiatiga ko`ra puldir.
I Jahon urushidan so`ng metallizm tarafdorlari oltin moneta standartini qayta tiklash mumkin emasligini tan olib, o`z nazariyalarini himoya qilish maqsadida oltin quyma standart va oltin deviz standartga asoslangan banknota ishlab chiqarishni yoqlab chiqdilar.