- nogironlik, bu shaxsning kasalligi, organizmining shikastlanishi yoki jaroxatlari va ruhiy holatining buzilishi tufayli duch keladigan muammolar deb tushuniladi. Bunday holatlar natijasida bu shaxslar jamiyatda to‘liq ishtirok eta olmaydilar, boshqalar bilan teng ta’lim ololmaydilar, kasb-hunarga ega bo‘lib ishga joylasha olmaydilar, o‘zlarining kundalik shaxsiy ehtiyojlarini qondira olmaydilar, ko‘chada erkin harakatlana olmaydilar, boshqalar bilan bemalol muloqot qila olmaydilar va oila qurish imkoniyatidan mahrum bo‘ladilar, degan tushunchalar “tibbiy model” g‘oyasiga asoslangan. Bu model shaxsning ushbu muammolarining yechimi sifatida, uning jaroxatlarini davolashni, organizmi funksiyalarini qayta tiklashni (reabilitatsiya), ruhiy holatini izga solishni va jamiyatga moslashtirib uni “normal” qilishni ilgari suradi.
Nogironlikning ijtimoiy modeli - sharoit cheklanganlik, sharoiti cheklangan shaxs, tana funksiyasi cheklanganlik, va tana funksiyasi cheklangan shaxs. “Ijtimoiy model”ni tushunish uchun, birinchi o‘rinda shaxsning tanasini yoki ruhiyatini boshqalardan farq qiladigan holati, ya’ni “tibbiy model”da nogironlik deb ta’riflangan holat bilan shaxsning ma’lum bir faoliyatni yoki harakatni bajara olmaslik holatini bir-biridan ajratib olish kerak. “Ijtimoiy model” g‘oyasiga ko‘ra, tana funksiyasi cheklanganlik shaxsning jamiyat hayotida ishtirok eta olmasligi, faoliyat yuritmasligi, ta’lim ololmasligi, oila qura olmasligi, o‘z oilasida yashamasligi va hokazo muammolarining sababchisi emas.
Ijtimoiy model: - “Ijtimoiy model”ga ko‘ra, barcha insonlar bir-biridan ma’lum bir jihatlar bilan farqlanadi, barcha insonlarning jamiyatdagi teng huquqli ishtiroki va faoliyatini ta’minlash uchun alohida shaxslarni o‘zgartirish emas, balki jamiyatdagi to‘siqlarga barham berish lozim.
FARQLARI Tibbiy nogironlik modelida quyidagilar ko‘rsatilgan. - Agar siz nogiron bo‘lsangiz, unda siz o‘zingiz muammosiz!
- Sizning nogironligingiz davolanishni talab qiladi!
- Agar siz nogiron bo‘lsangiz, unda siz hayotingizga tegishli qaror qabul qila olmaysiz!
- Agar siz nogiron bo‘lsangiz, unda sizga g‘amxo‘rlik qilish uchun mutaxassislar kerak!
- Agar siz nogiron bo‘lsangiz, unda siz hech qachon nogiron bo‘lmaganga tenglasha olmaysiz!
Ijtimoiy nogironlik modelida quyidagilar ko‘rsatilgan - "Nogironlik" bu individual muammo emas!
- Nogironlar jamiyat tomonidan ular uchun juda ko‘p to‘siqlar mavjudligi sababli nogiron bo‘lmaganlar bilan teng raqobatlasha olmaydi!
- Jamiyat (hukumat va uning xizmatlari orqali) ushbu to‘siqlarni olib tashlash majburiyatini olganligini tan olish kerak!
- Nogironlar boshqa barcha fuqarolar kabi to‘liq tenglikka teng huquqlarga egadirlar!
Do'stlaringiz bilan baham: |