Elektr maydonda o‘tkazgichlar Hamma moddalar o‘zlarining elektr xossalariga qarab, o‘tkazgichlarga, dielektriklarga (izolatorlarga) va yarimo‘tkazgichlarga bo‘linadi. Erkin zaryadlari bo‘lgan va bu zaryadlar elektr maydon ta’sirida erkin harakatlana oladigan moddalar o‘tkazgichlar deyiladi. Barcha metallar, ko‘mir, grafit, kislota, tuz va asoslarning eritmalari o‘tkazgichlarga misol bo‘la oladi. Elektr zaryadlari erkin ko‘cha olmaydigan moddalar o‘tkazgichmaslar — dielektriklar (izolatorlar) deb ataladi. Bunday moddalarda tajriba vaqtida elektr zaryadlari ularning qayerida hosil bo‘lsa, o‘sha joyda turaveradi. Bularga shisha, smola, chinni, kauchuk, ebonit, ipak, toza suv, kerosin, sluda, parafin, moylar va boshqa ko‘p moddalar kiradi. O‘tkazgichlar bilan dielektriklar orasida oraliq o‘rinni egallovchi moddalar yarimo‘tkazgich-lar deb ataladi. Bularga germaniy, kremniy, mis (II) oksidi, selen, galliy sulfid va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. Oddiy sharoitlarda bu moddalar o‘zlarining xossalariga ko‘ra dielektriklarga yaqin turadi, lekin tashqi ta’sirlar ostida, masalan, nurlantirilgan yoki isitilganda o‘tkazgichlarga aylanishi mumkin. Jismlarning tashqi elektr maydon ta’sirida elektrlanish hodisasi elektrostatik induksiya yoki ta’sir orqali elektrlash deb ataladi. Jismlarning tashqi elektr maydon ta’sirida elektrlanish hodisasi elektrostatik induksiya yoki ta’sir orqali elektrlash deb ataladi. O‘t kazgich zaryadlanganda unga berilgan zaryad o‘tkazgichning hajmi bo‘yicha taqsimlanmasdan, balki o‘tkazgichning tashqi sirti bo‘yicha taqsimlanar ekan. Yakkalangan o‘tkazgichning potensiali o‘tkazgichning zaryadiga to‘g‘ri proporsional ravishda o‘zgarar ekan: Bunda C- proporsionallik koeffitsiyenti; u tashqi sharoitlarga, o‘tkazgichning o‘lchamlari va shakliga bog‘liq bo‘lgan fizik kattalik bo‘lib, o‘tkazgichning elektr sig‘imi yoki sig‘imi deyiladi. Demak, o‘tkazgichning potensialini bir birlikka o‘zgartirish uchun kerak bo‘lgan elektr miqdoriga son jihatidan teng bo‘lgan kattalik elektr sig‘imi deyiladi. Agar bir xil sharoitdagi shakli bir xil, biroq kattaligi turlicha bo‘lgan bir necha o‘tkazgichlar, masalan, radiuslari har xil bo‘lgan metall sharlarning har biriga bir xil miqdorda zaryad berib, ularning potensiallari elektrometr bilan o‘lchansa, radiusi kichik bo‘lgan sharning potensiali radiusi katta bo‘lgan sharning potensialidan katta bo‘ladi. Sharning sig‘imi uning o‘lchamiga va shar joylashgan muhitning dielektrik singdiruvchanligiga bog‘liq ekan. Sharning sig‘imi uning o‘lchamiga va shar joylashgan muhitning dielektrik singdiruvchanligiga bog‘liq ekan. O‘tkazgich atrofidagi jismlar shu o‘tkazgichning sig‘imiga katta ta’sir qiladi. Agar zaryadlangan sharni ikkala kaftimiz bilan, lekin kaftimizni sharga tekkizmasdan o‘rab olsak, sharga ulangan elektrometr potensialning kamayganligini ko‘rsatadi. Shardagi zaryad o‘zgarmagan holda potensialning bunday kamayishi sharning elektr sig‘imi yuqorridagi formulaga asosan ortishini ko‘rsatadi. Bunday bo‘lishiga Sabab - elektrostatik induksiya hodisasidir. SI da elektr sig‘imi birligi qilib farada (F) qabul qilingan. O‘tkazgichdagi elektr miqdori bir kulonga o‘zgarganda potensiali bir voltga o‘zgaradigan o‘tkazgichning elektr sig‘imi bir faradadeb qabul qilingan, ya’ni: Elektrotexnika, ayniqsa, radiotexnika va televideniyeda o‘zida ko‘p zaryad yig‘ib tura oladigan katta sig‘imli asboblar zarur bo‘ladi. Ko‘p miqdordagi elektr zaryadlarni yig‘uvchi asboblar kondensatorlar deb ataladi. Kondensator bir-biridan izolatsiya qilinib, teng miqdorda qarama-qarshi ishorali zaryadlar to‘playdigan, o‘zaro yaqin joylashtirilgan ikki o‘tkazgichdan tashkil topgan. Kondensatorni hosil qilgan o‘tkazgichlar kondensator qoplamalari deb ataladi. Elektrotexnika, ayniqsa, radiotexnika va televideniyeda o‘zida ko‘p zaryad yig‘ib tura oladigan katta sig‘imli asboblar zarur bo‘ladi. Ko‘p miqdordagi elektr zaryadlarni yig‘uvchi asboblar kondensatorlar deb ataladi. Kondensator bir-biridan izolatsiya qilinib, teng miqdorda qarama-qarshi ishorali zaryadlar to‘playdigan, o‘zaro yaqin joylashtirilgan ikki o‘tkazgichdan tashkil topgan. Kondensatorni hosil qilgan o‘tkazgichlar kondensator qoplamalari deb ataladi. Zaryadlangan kondensatorning elektr maydoni uning qoplamalari orasidagi fazoda to‘plangan bo‘ladi, shuning uchun kondensatorning elektr sig‘imi atrofidagi jismlarga bog‘liq bo‘lmaydi. Kondensator zaryadi deganda qoplamalardan biridagi zaryadning miqdori tushuniladi. Kondensator zaryadining uning qoplamalari orasidagi potensiallar farqiga nisbati bilan o‘lchanadigan kattalik kondensatorning sig‘imi deb ataladi: . . . . . .
Do'stlaringiz bilan baham: |