Mikroiqtisodiyot fanining mazmun mohiyati



Download 30,03 Kb.
bet1/4
Sana20.07.2021
Hajmi30,03 Kb.
#124250
  1   2   3   4
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot kurs ishi


  1. Mikroiqtisodiyot fanining mazmun mohiyati


Bizga ma’lumki, iqtisodiyotning tarkibiy qismi hisoblangan
mikroiqtisodiyot jamiyatdagi cheklangan resurslardan alohida xoʻjalik
yurituvchi subyektlar va alohida isteʼmolchilar qay darajada
foydalanishini oʻrganadi. Koʻpchilik jamiyatlarda, resurslar millionlab
isteʼmolchilar va ishlab chiqaruvchilarning birgalikdagi harakatlari
yordamida taqsimlanadi. Shuning uchun ham mikroiqtisodiyotning
vazifasi alohida olingan subyektlar tomonidan qaror qabul qilish
jarayoni va oʻzaro xatti-harakatlarini oʻrganishdir: ular qancha
ishlaydilar, ular nima sotib oladilar, ular qancha tejab qoladilar va ular
qancha sarmoyalarini investitsiya qiladilar. Shu sababdan ham
jamiyatning resurslarini boshqarish muhimdir, chunki bu resurslar
cheklangan. Cheklanganlikning ma’nosi jamiyatdagi resurslar taqchil
boʻlganligi uchun, jamiyat odamlar xohlaganday hamma tovar va
xizmatlar bilan ta’minlay olmaydi. Uy xoʻjaligi oʻzining har bir a’zosiga
ular xohlagan har bir narsani bera olmagani kabi, jamiyat ham oʻzining
har bir a’zosini ular intilayotgan darajadagi hayot tarzining yuqori
darajasi bilan ta’minlay olmaydi.

Aynan shuning uchun mikroiqtisodiyot fanining e’tibor markazida –
ishlab chiqarish uchun zarur resurslarning cheklanganlik muammolarini
va ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash yoʻllarini oʻrganish turadi.
Kishilarning cheksiz ehtiyojlarida resurslarning cheklanganlik muammosini har qanday hal etilishi tanlash holatini, ya’ni insonlarning
turli ehtiyojlarini qondiruvchi tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish
uchun bir resursni ishlatish mumkin emasligini koʻzda tutadi. Bunda
inson har doim ham “barchasi yoki hech narsa” xilidagi qarorni qabul
qilmaydi. Koʻpincha inson bir iqtisodiy ne’matning ma’lum miqdorini
olish uchun boshqasining ma’lum miqdoridan voz kechadi. Bunday
tanlov murosali deb ataladi. Murosali tanlov asosida muqobil qiymat
tamoyili yotadi.
Muqobil qiymat – bu voz kechilgan boshqa iqtisodiy ne’mat
qimmati bilan oʻlchanadigan iqtisodiy ne’mat qimmatidir.
Shuni esda saqlash lozimki, inson ehtiyojlarining birini qondiruvchi
iqtisodiy ne’matlarni tanlash, boshqa ehtiyojni qondiruvchi iqtisodiy
ne’matlardan voz kechishga olib keladi. Masalan, sizda mavjud boʻlgan
3 metr mato boʻlagidan yo koʻylak, yoki kamzul tikish mumkin. Mato
miqdorining cheklanganligi uchun ham sizda ham koʻylak, ham kamzul
tikish imkoni yoʻq. Bu vaziyatda tanlash kerak boʻladi. Bu tanlov yo
koʻylakdan, yoki kamzuldan voz kechishni koʻzda tutadi. Koʻylakni
tanlash qarori kamzulga ega boʻlishdan voz kechishni bildiradi, ya’ni
yangi koʻylakning qimmati kamzulga ega boʻlib, olish mumkin boʻlgan
foyda va quvonchlarga teng. Unda koʻylakning muqobil qiymati borligi
aytiladi – bu kamzul. Agar kamzul tanlansa – uning muqobil qiymati koʻylak boʻladi.
Mikroiqtisodiyot fani iqtisodiy ne’matlarni ishlab chiqarish va
taqsimlash jarayonlarini oʻrganib, ularni oqilona ishlatish tamoyiliga
asoslanadi.
Oqilona ishlatish tamoyili bu inson oqilona faoliyatga intilishi, ya’ni
eng kam resurslarni sarflab, oʻzining eng koʻp ehtiyojlarini qondirishi
haqidagi fikrdir. Bu koʻplab yoʻllar ichidan inson cheklangan
resurslardan yaxshiroq foydalanishga intilib, eng yaxshisini tanlashini
bildiradi.
Agar resurslar mutloq cheklangan boʻlganida edi, tanlov qilish
imkoni boʻlmas edi. Agar cheklanganlik boʻlmaganida, unda tanlov ham
kerak boʻlmasdi. Tanlash muammosi cheksiz, chunki biz bitta qaror
bilan cheklanmasdan, ularning koʻpiga egamiz. Tanlov resurslardan foydalanishning eng yaxshi yoʻllari oʻrtasida boradi va resurslardan
foydalanishning eng yaxshi yoʻli kam xarajat qilib eng yuqori natijaga erishish yoʻli boʻladi.
Har qanday fan singari mikroiqtisodiyot fani ham kuzatilayotgan
voqealarni tushuntirish bilan shugʻullanadi. Masalan, ishlab chiqarishda
iste’mol etiladigan xomashyo narxi oʻzgarganda firmalar nima sababdan
ishchilarni ishdan boʻshatish yoki ishga qabul qilishga intiladilar? Agar
xomashyo 10 % ga qimmatlashsa, firma ularning qanchasini boʻshatish
yoki qabul qilishi talab qilinadi? Shu haqidagi fikrlar mikroiqtisodiyotda
tushuntiriladi.
Mikroiqtisodiyot bu taxminni ma’lum miqdorda tovar ishlab
chiqarish maqsadida firma, ish kuchi, kapital qoʻyilmalar hajmi va
xomashyoning rejalashtirishini tushuntirib berish uchun qoʻllaydi.
Mikroiqtisodiyot ishlab chiqarishning asosiy omillari boʻlgan ish kuchi,
kapital va xomashyo narxlarining oʻzgarishiga, va shuningdek, boʻlgʻusi
oʻz mahsulotining narxiga koʻra firma ishlab chiqarishni qanday
rejalashtirishini izohlab beradi.

Mikroiqtisodiyotning ahamiyati alohida tadbirkorlar, korxonalar, uy
xoʻjaliklari, oddiy fuqarolar faoliyatida zarur.
Amalda bizning asosiy maqsadlarimizdan biri xoʻjalikka oid
qarorlarga kelinganda qanday qilib mikroiqtisodiyot tamoyillari
qoʻllanishini koʻrsatishdan iborat. Mikroiqtisodiyotning amalda
qoʻllanishini koʻrsatuvchi jahon amaliyotida yuz bergan misolni
keltiramiz.
Korporatsiya darajasida bir qarorga kelish. 1985-yilning oxirida
«Ford» kompaniyasi oldingi gʻildiraklari tortadigan va samarali
aerodinamik shaklga ega boʻlgan «Tauras» nomli yangi avtomobil
modelini bozorga taqdim etdi. Mashina katta muvaffaqiyatga ega boʻldi
va 1987-yilga kelib «Ford» kompaniyasi foydasini deyarli 2 marta
koʻpaytirdi. Bu mashinaning dizayni va samarali ishlab chiqarilishi
muhandislik tafakkurining eng yangi yutuqlarini qoʻllash bilan bogʻliq
edi, u ancha-muncha iqtisodiy masalalarga ham daxldor boʻldi. Firma
menejerlari yangi dizayn xaridorlar tomonidan qanday ma’qullanishini
tushunib yetishlari kerak edi. Iste’molchilarni mashinaning texnik
tavsiflari va tashqi koʻrinishi qoniqtiradimi? Dastlabki talab qancha
boʻladi, u vaqt oʻtishi bilan qanday oʻzgaradi va bunga avtomobilning
narxiga qanday ta’sir koʻrsatadi? Iste’molchilarning talab-ehtiyojini
oʻrganish, yangi mashinaga boʻlgan talabni prognozlash, mashina narxi
oʻzgarganda unga talabning oʻzgarishi «Tauras» dasturining muhim
qismini tashkil etdi. Soʻng «Ford» model qiymatini belgilashi kerak edi:
ishlab chiqarish xarajatlari va ularning yiliga qancha mashina
chiqarilishiga qarab oʻzgarishini aniqlash zarur edi. Shuningdek, kasaba
uyushmasi bilan ish haqining miqdori toʻgʻrisidagi muzokaralar natijasi,

poʻlat va boshqa xomashyolar narxi ham hisobga olinishi kerak edi.
Ishlab chiqarishda tajriba koʻpaygan sari ishlab chiqarish xarajatlarining
pasayish miqdori va tezligini ham tahlil etishga toʻgʻri keldi. Bu
ma’lumotlar maksimal foydani qanday olish mumkin, buning uchun
yiliga qanday miqdorda mashina chiqarishni rejalashtirish kerak, degan
savollarga javob topish talab qilinar edi. «Ford» narx shakllantirish
strategiyasini ishlab chiqishi kerak edi, bundan tashqari
raqobatchilarning bu strategiyaga qanday javob berishini ham chamalab
koʻrishiga toʻgʻri kelar edi. Masalan, mashinaning dastlabki
«yengillashtirilgan» modeliga past narx, lekin uning gidravlik
boshqarish tizimi bor, havo konditsioneri mavjud individual modelga
esa yuqori narx qoʻyish kerakmi? Yoki mashinalarni «standart» qilib
ishlab chiqarish va ularning jamiga ancha yuqori narx belgilash yanada
qulay boʻladimi? Bunga JM («Jeneral motors) va «Kraysler» kabi
raqobatchilar «Ford» qoʻygan narxdan qatʼiy nazar, qanday javob
qaytaradilar? JM va «Kraysler» oʻz mashinalari narxini tushirish orqali
«Ford» ham narxni tushirishga majbur etadimi? «Ford»ning ham narxni
pasaytirishga harakat qilishi xavfi JM va «Kraysler»ning narxlarni
pasaytirishdan tiyib tura oladimi? «Tauras» dasturi yangi ishlab
chiqarish uskunalariga katta kapital qoʻyishni talab qilgan, kompaniya
esa bu bilan bogʻliq riskka va uning kutilayotgan oqibatlariga baho
berishi zarur edi. Riskning bir qismi benzinning boʻlgʻusi narxi aniq
boʻlmasligi bilan (benzinning yuqori narxi kam litrajli mashinalarga
talabni oshirib yuboradi), riskning boshqa qismi esa firma ishchilariga
beriladigan ish haqi miqdorining aniq boʻlmasligi bilan bogʻliq edi.
Kapital qoʻyish haqida qarorga kelinganda bu savollarga
javoblarning noaniqligini qanday hisobga olish kerak? «Ford»
birlashgan firma boʻlib ma’lum tashkiliy muammolarni ham hal etishi
kerak edi, chunki uning bir boʻlinmasi mashina ayrim qismlarini ishlab
chiqaradi, boshqalari esa yigʻish bilan shug ʻullanadi. Turli boʻlinmalar
menejerlariga mukofot puli ajratilishi ham kerak. Avtomobilni yigʻuvchi
boʻlinmalar boshqa boʻlinmalardan oladigan dvigatellarga qanday narx
qoʻyishi lozim. Hamma detal va qismlarni oʻz zavodlaridan olish
kerakmi yoki ulardan ba’zilarini tashqaridan olish ma’qulmi? Nihoyat,
«Ford» oʻz faoliyatida hukumat va qonun chiqaruvchi idoralarning
talablarini hisobga olishi kerak.



Download 30,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish