Bu uglevodorodlar g’iklik strukturaga ega. Ular
parafin uglevodorodlardan 2 ta vodorod atomi kamligi
bilan farq qiladi. Naften uglevodorodlar quyidagicha
strukturaga ega:
Naften uglevodorodlar parafin va aromatik
uglevodorodlar oralig’ida turadi, shuning uchun ular
benzin tarkibida ham qoniqarli ishlaydi.
Naften
uglevodorodlar
normal-parafin
uglevodorodlarga
qaraganda yuqori temperaturada qaynaydi va yuqori
temperaturada oksidlanishiga qarshi moyilligi ham
kuchli. Naften uglevodorodlarning yengil fraktsiyalari
qotish temperaturasi past bo’lganligidan
qishki sort
dizel yonilg’isi tarkibining asosiy qismini tashkil etadi.
Naften uglevodorodlarning og’ir fraktsiyalarining
qovushqoqligi va kimyoviy barqarorligi yuqori
bo’lganligi uchun asosan (70%) motor moylarining
asosini tashkil etadi.
3. Aromatik uglevodorodlar, kimeviy formulasi:
𝐂
𝐧
𝐇
𝟐𝐧
− 𝟔, 𝐂
𝐧
𝐇
𝟐𝐧−𝟏𝟐
Aromatik uglevodorodlar neft tarkibida parafin va
naften ug-levodorodlarga nisbatan oz miqdorda (5-
20%) uchraydi.
Ularning asosiy vakili benzol
C
6
H
6
bo’lib, uning
benzin tarkibida bo’lishi oktan sonini oshiradi. Lekin bu
uglevodorodlarning miqdori chegaralanadi, chunki ular
yuqori temperaturada detallarga yopishib,
nagar
qotishmalar hosil qiladi.
Aromatik uglevodorodlarning benzin tarkibida
bo’lishining
dvigatel
yonish
kamerasida
nagar
qotishmalar hosil bo’lishiga bog’liqligi.
1-
etillingan benzin;
2-
etillanmagan benzin.
Aromatik uglevodorodlarning dizel yonilg’isida
kam bo’lgani yaxshi, chunki ular dizel yonilg’isida qiyin
oksidlanib, alangalanish vaqtini uzaytirib yuboradi,
natijada dvigatel qattiq ishlaydi. Moylarda esa, bu
uglevodorodlar ko’p qurum hosil bo’lishiga olib keladi,
shuningdek, temperatura
pasayganda moylarning
qovushqoqligini oshirib yuboradi. Shuning uchun bu
uglevodorodlar moylash materiallariga kam qo’shiladi.
To’yinmagan uglevodorodlar, kimeviy formulasi:
C
n
H
2n
, C
n
H
2n
− 2
Neftni qayta ishlash jarayonida ko’pgina
to’yinmagan uglevodorodlar hosil bo’ladi.
To’yinmagan uglevodorodlar juda bo’sh bo’ladi,
ular uchun qo’shbog’li bog’lanish uzilgan joyda biriktirib
olish reaktsiyasi xosdir. Ular osongina oksidlanib
smolalar, organik kislotalar
va boshqa birikmalar hosil
qiladi. To’yinmagan uglevodorodlar har qanday neft
mahsulotlarining hossalarini yomonlashtiradi, shuning
uchun ular yonilg’ida ham moyda ham bo’lishi
maqsadga muvofiq emas. To’yinmagan uglevodorodlar
tarkibida qo’sh bog’ soniga qarab quyidagicha bo’ladi:
bitta
qo’shbog’li-olefinlar:
𝐶
𝑛
𝐻
2𝑛
,
ikkita
qo’shbog’li-diolefinlar:
𝐶
𝑛
𝐻
2𝑛−2
Masalan:
C
4
H
8
buten
C
4
H
6
butadien
Bundan
tashqari, neft maxsulotlari tarkibida:
- oltingugurtli birikmalar;
- kislorodli birikmalar;
- azotli birikmalar bo’ladi.
Bu birikmalar avtomobil yonilg’ilari va moylari
sifatini yomonlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: