2-mavzu. Neft, gaz va gazkondensatni birlamchi qayta ishlash



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/13
Sana10.04.2022
Hajmi1,02 Mb.
#541094
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2-mavzu (02.03-8.03)



2-mavzu. Neft, gaz va gazkondensatni birlamchi qayta 
ishlash 
2.1. Neft, gaz kondensati va mazutni birlamchi qayta 
ishlash sanoati qurilmalari. 
2.2. Oddiy va murakkab haydash usullari. Neftni 
fraksiyalarga ajratishning nazariy asoslari. Neftni oddiy 
sharoitda va vakuum sharoitida fraksiyalarga bo’lish. 
2.3. Neftning kimyoviy tarkibi. Fizikaviy xosalari. 
2.4. Mazutdan moy fraksiyalarini ajratib olish 


§ 
2.1. Neft, gaz kondensati va mazutni birlamchi qayta 
ishlash sanoati qurilmalari 
Neftkimyo sanoatida rektifikatsiya jarayoni 
qurilmalari 
Rektifikatsion qurilmalar asosan ikki turga 
bo’linadi: 1) pog`onali kontaktli qurilmalar (tarelkali 
kolonnalar); 2) uzluksiz kontaktli qurilmalar (plyonkali 
va nasadkali kolonnalar). Tarelkali, nasadkali va ayrim 
plyonkali qurilmalar ichki tuzilishi (tarelka, nasadka) ga 
ko’ra absorbstion kolonnalarga o’xshash bo’ladi. 
Rektifikatsiyalash 
kolonnalarni 
hisoblash 
ham 
absorbtsiyalash 
qurilmalarni 
hisoblashdan 
farq 
qilmaydi. Faqat dastlab yuqorigi va pastki kolonna 
alohida hisoblanadi, so’ngra rektifikastion qurilmaning 
umumiy ish balandligi aniqlanadi. Rektifikastion 
kolonnalar (absorberlardan farqli) qo’shimcha issiqlik 
almashinish qurilmalari (isitgich, qaynatgich, haydash 
kubi, deflegmator, kondensator, sovitgich) bilan 
ta’minlangan bo’ladi. Bundan tashqari atrof muhitga 
tarqaladigan issiqlikning yo’qolishini kamaytirish uchun 


rektifikastion kolonnalar issiqlik himoyasi bilan 
qoplanadi.
Davriy ishlaydigan rektifikatsion kolonnalar 
Davriy ishlaydigan rektifikatsion qurilmalar. Kichik 
ishlab chiqarishlarda davriy ishlaydigan rektifikatsion 
qurilmalar qo’llaniladi. Dastlabki aralashma haydash 
kubiga beriladi. Kub ichiga isituvchi ilon izli quvur 
(zmeevik) joylashtirilgan bo’lib, aralashma qaynash 
haroratigacha 
isitiladi. 
Hosil 
bo’lgan 
bug`lar 
rektifikatsiyalash kolonnasining oxirgi tarelkasi pastki 
qismiga o’tadi. Bug` kolonna bo`ylab ko’tarilgan sari 
yengil uchuvchan komponent bilan to’yinib boradi. 
Deflegmatordan kolonnaga qaytgan bir qism distillyat 
flegma deb yuritiladi. Flegma (suyuq faza) kolonnaning 
eng yuqori tarelkasiga beriladi va pastga qarab harakat 
qiladi. Suyuq faza pastga harakat qilishida o’z tarkibidagi 
engil uchuvchan komponentni bug` fazasiga beradi. 
Bug` va suyuq fazalarning bir necha bor o’zaro kontakti 
natijasida bug` fazasi yuqoriga harakat qilgani sari yengil 
uchuvchan komponent bilan to’yinib borsa, suyuqlik esa 
pastga tomon harakat qilgani sari tarkibida qiyin 
uchuvchan komponentning miqdori oshib boradi. 
O’rnatish va ta’mirlashni osonlashtirish maqsadida 
tarelkalar orasidagi masofa 450 mm dan kam bo’lmagan 


qiymatda qabul qilingan. Kolonnaning yuqorigi 
qismidan bug`lar diflegmatorga o’tadi va u erda to’la 
yoki qisman kondensatsiyaga uchraydi. Bug`lar to’la 
kondensastiyalanganda hosil bo’lgan suyuqlik ajratgich 
yordamida ikki qism (distillyat va flegma)ga ajraladi. 
Oxirgi mahsulot (distillyat) sovitgichda sovitilgandan 
so’ng, yig`ish idishiga yuboriladi. Kubda qolgan qoldiq 
suyuqlik kerakli tarkibiga erishgandagina jarayon 
to’xtatiladi, qoldiq tushiriladi va jarayon qaytadan 
boshlanadi. Qoldiqni tegishli tarkibga ega bo’lishini 
uning qaynash temperaturasiga qarab aniqlanadi. 

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish