Moddiy
yordam,
ixtirochilik,
ratsionalizatorlik
takliflari
uchun
berilgan
rag‘batlantirish va shu kabi summalaridan aliment summasi ushlanmaydi.
Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha ushlanmalar. Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha
ariza-majburiyatlarning hamma summasini korxona bank ssudasi hisobidan savdo
tashkilotlariga o‘tkazib berganda kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha ushlanma
muomalalari sodir bo‘ladi.
Shunday qilib, qisman ushlanmalarni o‘nlab savdo tashkilotlariga o‘tkazib
berish
uchun bankka to‘lov-topshiriqlari yozish vaqti qisqaradi.
Bu shakldagi hisoblashishlar uchun schyotlar rejasida 4710-«Kreditga sotilgan
tovarlar bo‘yicha xodimlarning qarzi» schyoti tayinlangan. Bu schyot aktiv bo‘lib uning
qoldig‘i korxonaga qaytarilmagan kredit bo‘yicha ishchi va xizmatchilarning qarzini
ko‘rsatadi; debet oboroti – bank ssudasi hisobidan korxonaning yana bergan topshiriq-
majburiyat summasini ko‘rsatadi; kredit oboroti – qarzni
qoplash uchun ishchi va
xizmatchilarning ish xaqlaridan ushlangan summani ko‘rsatadi.
Basharti xodim majburiyat summasini to‘liq qoplamasdan boshqa korxonaga ishga
o‘tsa, korxona savdo tashkilotiga xodiqiyining yangi ish joyini ko‘rsatib xabar beradi.
Korxona shuningdek ssuda bo‘yicha bank bilan to‘liq hisoblashadi. Agar korxona o‘z
xodimlarining kreditga sotib olgan tovarlari bo‘yicha bank ssudasidan foydalanadigan
bo‘lsa, 6990-«Boshqa majburiyatlar» schyotida savdo korxonalari bo‘yicha shaxsiy
schyotlar ochadi.
Ishchi va xizmatchilarning ish haqlaridan ushlanadigan
majburiy ushlanmalardan
tashqari ularning yozma arizalariga muvofiq ixtiyoriy ushlanmalar ham bo‘lishi mumkin:
ish haqini Xalq bankiga, sug‘urta tashkilotlariga o‘tkazib berish, kasaba uyushmalar
badallarini to‘lash, dalabog‘ uy va uchastkalarni qurish va obodonlashtirish uchun olingan
ssudani qaytarish. Bunday hisoblashish muomalalari 4710-«Kreditga sotilgan tovarlar
bo‘yicha xodimlarning qarzi» va 6990-«Boshqa majburiyatlar»
schyotlarda hisobga
olinadi.
Moddiy yordam va sovg‘alarni soliqqa tortish
Moddiy yordam deganda xodimlarga to‘lanadigan, maqsadli xususiyatga ega bo‘lgan
va xodimlar bilan yuz bergan muhim shaxsiy voqealar, hodisalar, tadbirlar taqozo qilgan
pul mablag‘lari tushuniladi. Bunda ular kompensatsiya va mukofot to‘lovlari
hisoblanmaydi, ushbu mablag‘larni oluvchilar tomonidan bajariladigan ish va uning
natijalariga bog‘liq emas.
Ko‘pincha korxonalar o‘z xodimlariga, xodim uchun biron-bir ahamiyatli sana yoki
moddiy qiyinchilik holati bilan bog‘liq moddiy yordam beradilar. Moddiy yordam
qiymatini soliqqa tortishda O‘zR SKning 179-moddasiga asoslanish lozim bo‘lib, unda bir
yil mobaynida berilgan moddiy yordam:
1) tabiiy ofatlar, boshqa favqulodda holatlar munosabati
bilan beriladigan moddiy
yordam summalari- to‘laligicha;
2) vafot etgan xodiqiyining oila a’zolariga yoki oila a’zolari vafot etganligi
munosabati bilan xodimga beriladigan moddiy yordam summalari - eng kam ish haqining
o‘n baravarigacha miqdorda;
3) boshqa hollarda - eng kam ish haqining o‘n ikki baravarigacha miqdorda,
summalari jami daromadga qo‘shilmasligi va soliqqa tortilmasligi belgilangan.
Bir yil mobaynida eng kam ish haqi miqdorining olti baravarigacha bo‘lgan
summadagi korxona tomonidan o‘z xodimlariga berilgan qimmatli sovg‘alar ham soliqqa
tortilmaydi.
Ko‘rsatilayotgan moddiy yordam qiymatining soliqqa tortiladigan qismini aniqlash
maqsadida eng kam ish haqining oxirgi miqdori qo‘llaniladi. Yil mobaynida eng kam ish
haqi miqdori o‘zgargan holatlarda, soliqqa tortiladigan summa o‘zgarishlarni hisobga olib
tuzatishlar qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: