Mehnatga haq to‘lashning ishbay-mukofot shakli
- mehnatga ishbay asosida haq
to‘lashning nisbatan ko‘p tarqalgan tizimidir. Ishbay-mukofot shaklida, to‘g‘ri ishbay
baholardagi ish haqidan tashqari, qo‘shimcha ravishda o‘rnatilgan ko‘rsatkichlarni (ish
sifati, shoshilinchliligi, mijozlar tomonidan asoslangan shikoyatlarning yo‘qligi va
hokazo) bajarganligi yoki oshirib bajarganligi uchun mukofot hisoblanadi. Mukofotlar
ishbay ish haqi bo‘yicha haqiqatda ishlab berilgan vaqt uchun hisoblanadi.
Ishchilar mehnatiga haq to‘lashning ishbay-progressiv shakli -
o‘rnatilgan
boshlang‘ich me’yor (negiz)lar chegarasida to‘g‘ri ishbay narxlarida, bu me’yordan
ortiqchasi - oshirilgan narxlarda amalga oshiriladi. Ishbay baholarning oshishi, har bir
holatda maxsus shkala bo‘yicha aniqlanadi. Masalan, boshlang‘ich me’yorni 1% dan 10 %
gacha ortig‘i bilan bajarganda ishbay baho 30% ga oshadi, 10 dan 30% gacha - 50% ga
oshadi va hokazo. Bu tizim bo‘yicha qo‘shimcha haqlar har xil usullar bilan belgilanadi.
Quyidagi usullar nisbatan universal bo‘lib hisoblanadi:
- ish haqining, butun bajarilgan ish hajmi uchun to‘g‘ri baholarda hisoblangan qismini
aniqlash;
- olingan kattalik ishlab chiqarish me’yorini oshirib bajarish foiziga va ishbay
narxning oshish koeffitsientiga (koeffitsient amaldagi progressiv to‘lov shkalalaridan
olinadi) ko‘paytiriladi.
Mehnatga haq to‘lashning bilvosita shakli- a
yrim ishlar turi bo‘yicha eng kam ish
haqi miqdorlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Chunonchi, Vazirlar
Mahkamasining 08.01.2007 y.dagi 8-son qarori bilan:
- fan, adabiyot va san’at asarlari nashr etilganligi uchun mualliflik haqining eng kam
stavkalari;
- ommaviy ijro etish uchun dramatik, musiqali va musiqali-dramatik adabiy asarlar
yaratish bo‘yicha buyurtmalarni bajarganlik uchun, haykaltaroshlik asarlari, tasviriy san’at
asarlari yaratganlik, badiiy loyihalashtirish va konstruksiyalash uchun mualliflik haqining
eng kam stavkalari, shuningdek ushbu haq Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga
to‘langanda uning eng yuqori stavkalari;
- dramatik, musiqali va musiqali-dramatik asarlarni sahnalashtirganlik uchun haq
to‘lashning eng kam stavkalari hamda ushbu haq Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan
to‘langanda uning eng yuqori stavkalari;
- O‘zbekiston Milliy axborot agentligi kanallari orqali, televidenie va radioda
beriladigan materiallar uchun haq to‘lashning eng kam stavkalari;
- kinofilmlar uchun adabiy ssenariylar, original musiqa va qo‘shiqlar matnlarini
yaratganlik uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari;
- kinofilmlar uchun maslahatlar berish bo‘yicha mutaxassislar mehnatiga haq
to‘lashning eng kam stavkalari;
- kinofilmlar postanovkasi uchun ularning badiiy darajasiga ko‘ra suratga olish
guruhlarining ijodiy xodimlariga postanovka qilganlik haqining eng kam stavkalari
tasdiqlandi va 2007 yilning 1 fevralidan amalga kiritildi.
Mualliflik haqini va boshqa haq to‘lash turlarini belgilangan eng kam miqdorlardan
kam to‘lashga yo‘l qo‘yilmaydi (yuqoridagi Qarorning 2-bandi).
Mehnatga haq to‘lashning bilvosita shakli, odatda, yordamchi ishlarni bajaruvchi
ishchilar mehnatiga haq to‘lash uchun qo‘llaniladi: texnologik uskunalarni sozlovchilar,
ta’mirlovchi chilangarlar, ustalar va boshqa yordamchi ishchilar yordamchilari, faoliyat
natijalari asosiy ishchilar ishlab chiqarish unumdorligiga ta’sir etuvchilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |