2-mavzu. Mehnat va ish haqi hisobi Mavzu rejasi



Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/13
Sana17.12.2022
Hajmi0,64 Mb.
#889604
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
2-mavzu Mehnat va ish haqi hisobi 2

Mehnatga haq
to‘lashning akkord shakli -
butun ish hajmi (yig‘indisi) uchun ish 
haqi miqdorini belgilaydi va akkord topshiriqlarini bajarish muddatlarini qisqartirganlik 


uchun mukofotlashni o‘z ichiga oladi. Bunda ishlarning umumiy qiymati, ishlab chiqarish 
me’yoriy vaqtlari va baholari asosida aniqlanadi. Brigadaga butun asosiy va yordamchi 
ishlar yig‘indisi nazarda tutilgan akkord topshirig‘i topshiriladi. Topshiriqda ish 
boshlanishi va tugash vaqti, shuningdek ish haqi va mukofotlar qiymati ish sifati e’tiborga 
olingan holda ko‘rsatiladi. Muddatidan ilgari bajarilgan hollarda, mukofot miqdori 
oldindan ma’lum bo‘ladi. Akkord tizimi ishlab chiqarish davri uzoq muddat davom 
etadigan ishlarda va qurilishga ixtisoslashgan, avtotransport tashkilotlarida qo‘llaniladi. 
5. Mehnatga haq to‘lash va undan undiriladigan ushlanmalar hamda 
ajratmalar hisobi 
21-son BHMSda korxona xodimlariga ish haqining barcha turlari: mukofotlar, 
yordam pullari, ishlayotgan nafaqaxo‘rlarga nafaqalar va boshqa shunga o‘xshash to‘lovlar 
bo‘yicha joriy qarzdorliklar hisobini yuritish uchun 6710-"Xodimlar bilan ish haqi 
bo‘yicha hisob-kitoblar" va 6720-"Deponentlashtirilgan ish haqi" hisobvaraqlar 
mo‘ljallangan. 
6710-"Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblar" hisobvarag‘ining kreditida 
hisoblangan mehnat haqi, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha yordam pullari va boshqa 
shunga o‘xshash summalar, hisobvaraqning debetida - hisoblangan ish haqidan 
ushlanmalar aks ettiriladi. 
6720-"Deponentlashtirilgan ish haqi" hisobvarag‘ida olinmagan ish haqlari bo‘yicha 
ishchilarga qarzlar aks ettiriladi. 
Deponentlar bilan hisoblashishlar hisobi, berilmagan ish haqi reestri ma’lumotlari 
asosida to‘ldiriladigan deponentlashtirilgan ish haqi kitobida yuritiladi. 
6710-"Xodimlar 
bilan 
ish 
haqi 
bo‘yicha 
hisob-kitoblar" 
va 
6720-
"Deponentlashtirilgan ish haqi" hisobvaraqlari tahliliy hisobi, korxonaning har bir ishchisi 
bo‘yicha ishchi va xizmatchilar shaxsiy hisobvaraqdan (T-54 va T-54a shakllar) 
foydalangan holda yuritiladi. 
Eski hisobvaraqlar rejasi va 21-son BHMSining, xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash 
va boshqa muomalarlar yuzasidan hisoblashishlar hisobvaraqlari va provodkalari 
o‘rtasidagi ahamiyatli farqlar quyidagilar:
- xodimlarga mehnat haqini to‘lash bo‘yicha berilgan bo‘naklarni hisobga olish 
uchun mo‘ljallangan 4210-"Mehnatga haq to‘lash uchun berilgan bo‘naklar" aktiv 
hisobvarag‘i, shuningdek boshqa bo‘naklarni hisobga olish uchun mo‘ljallangan 4220-
"Xizmat safarlari uchun berilgan bo‘naklar", 4230-"Umumxo‘jalik xarajatlari uchun 
berilgan bo‘naklar" va 4290-"Xodimlarga berilgan boshqa bo‘naklar" aktiv hisobvaraqlari 
alohida ajratib chiqarilgan; 
- xodimlarning boshqa operatsiyalar bo‘yicha qarzlarini hisobga olish uchun 
mo‘ljallangan aktiv hisobvaraqlar alohida ajratib chiqarilgan, jumladan:
4710-"Xodimlarning qarzga berilgan tovarlar bo‘yicha qarzlari" hisobvarag‘i,
4720-"Xodimlarga berilgan zayomlar (qarzlar) bo‘yicha qarzlari" hisobvarag‘i,
4730-"Xodimlarning moddiy zararni qoplash bo‘yicha qarzlari" hisobvarag‘i,
4790-"Xodimlarning boshqa qarzlari" hisobvarag‘i; 
- o‘z vaqtida berilmagan va deponentlashtirilgan ish haqini hisobga olish maqsadida 
6720-"Deponentlashtirilgan ish haqi" passiv hisobvarag‘i alohida ajratib chiqarilgan; 
- shuningdek ta’sischilarning ustav kapitaliga qarzlarini hisobga olish 4610-
"Muassislarning ustav kapitaliga badallar bo‘yicha qarzlari" hisobvarag‘i va ta’sischilar 
oldida qarzlarni hisobga olish 6610-"To‘lovga dividendlar" va 6620-"Chiqib ketgan 
muassislarga ularning ulushlari bo‘yicha qarzlar" hisobvaraqlari ajratib chiqarilgan. 


Har yilgi va qo‘shimcha ta’tillarga hisoblangan summalar hisobot oyining ish haqi 
fondiga faqatgina hisobot oyiga to‘g‘ri keladigan ta’til kunlari bo‘yicha summalar 
miqdorida kiritiladi. Ta’tilning bir qismi kelgusi oyga o‘tgan taqdirda, ushbu kunlar uchun 
to‘langan ta’til summasi hisobot oyida berilgan bo‘nak tariqasida hisobga olinadi va 4290-
"Xodimlarga berilgan boshqa bo‘naklar" hisobvarag‘ining debetida va 5010-"Milliy 
valyutadagi pul mablag‘lari" hisobvarag‘ining kreditida aks ettiriladi. Kelgusi oyda ushbu 
summa mehnatga haq to‘lashning fondiga kiritiladi va 4290-"Xodimlarga berilgan boshqa 
bo‘naklar" hisobvarag‘i bilan korrespondentlangan holda 6710-"Xodimlar bilan ish haqi 
bo‘yicha hisob-kitoblar" hisobvarag‘ining kreditida aks ettiriladi. 

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish