4. KARRALI NISBATLAR QONUNI
Asoschisi: 1803 yil ingliz olimi J.Dal’ton.
Qoidasi: Agar ikki element atomlari o’zaro turli ko’rinishdagi murakkab moddalarni hosil qilsa, birinchi elementning bir xil massasiga mos ikkinchi elementning massalari nisbati o’zaro butun sonlar nisbati kabi nisbatda bo’ladi. Masalan: Azot bilan kislorod o’zaro besh xil birikma hosil qiladi, N2O, NO, N2O3, NO2, N2O5. Oksidlar tarkibida azotning bir xil massasiga to’g’ri keladigan kislorodning massalari nisbati 1:2:3:4:5 nisbat kabi bo’ladi:
5. HAJMIY NISBATLAR QONUNI
Asoschisi: 1808 yil Fransiyalik olim Gey – Lyussak.
Qoidasi: Bir xil sharoitda reaksiyaga kirishayotgan va hosil bo’lgan gaz moddalarning hajmlari nisbati o’zaro butun sonlar nisbati kabi bo’ladi. Masalan: 2H2 + O2 = 2H2O(bug’) reaksiyaga 2 hajm vodorod bilan 1 hajm kislorod kirishib, 2 hajm suv bug’lari hosil bo’ladi, ularning hajmiy nisbatlari 2 : 1 : 2 nisbat kabi bo’ladi.
Ahamiyati: Qonunning yaratilishi gazlar aralashmalari o’zaro ta’siridan hajm o’zgarishlarini oldindan, ya’ni reaksiyani o’tkazmay turib hisoblash imkonini berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |