Psixobiografiya-
shaxslarning hayot yo`lini psixologik o`rganish metodi
hisoblanadi. Avval psixobiografiya siyosatchilarining obro`-e`tiborini, kishilarning
individual kasbiy biografiyalarini o`rganish maqsadida qo`llanilgan. Kasb
psixologiyada psixobiografiyani qo`llash orqali shaxsning kasbiy maqsadlarining
paydo bo`lishi, kasbiy shakllanishdagi inqirozlar haqida qimmatli ma`lumotlarni
olish imkonini beradi.
Anamnez metod
– bu insoning mehnat sub`ekti sifatida rivojlanish tarixi
xaqidagi ma`lumotlarni yig`adi. Bu usul YE.A.Klimov tomonidan batafsil ko`rib
chiqilgan. Kasbiy anamnez mehnat motivlarini o`rganish, tanqidiy voqealarni
aniqlash, kasbiy faoliyatda obro`-e`tibor qozonishni oldindan tashxis qilishda
qo`llaniladi. Anamneztik tadqiqot o`z ichiga suhbat tizimini olgani uchun, suhbat
metodiga qo`yiladigan talablar bu usulga ham tadbiq etiladi.
Praksimmetrik usullar.
Faoliyat mahsulotlari va jarayonlarini tahlil etish
yo`llari bo`lib, unga B.G.Ananev xronometriya, profesiografiya, bajarilgan ishlar
va buyumlar bahosini izohlashlarni kiritadi. Kasb psixologiyasining bu guruhidan
quyidagi usullar muhim ahamiyatga ega.
Topshriqlar tahlili
– bu kuzatilayotgan
inson va uning yashirin kasbiy xulqining yo`nalganligini psixologik jihatlarini
tadqiq qilish metodidir. Topshiriqlarni tahlil etish metodi F.Teylor tomonidan
ishlab chiqilgan bo`lib, tasvirlash va tahlil etish maqsadida qo`llanilgan.
Topshiriqlarni tahlil etish hamda bajarilgan ishlarni tahlil etish metodi ham
muhandislik psixologiyasida keng qo`llaniladi.Ye.Mak-Kormik va uning
kasbdoshlari metallurgiya sanoatiga xos bo`lgan 250 ta kasb turlarini tahlil etish
uchun faoliyatlar ro`yxatini ishlab chiqishdi.
Olingan ma`lumotlarni faktorli tahlil qilish yo`li bilan qayta ishlash orqali 14
ta omil ajratildi va bu omillar “pozision tahlil so`rovnomasi”ni loyihalashtirishga
asos bo`ldi (PAQ). PAQ 187 elementdan iborat bo`lib, ular mehnat xulqining
asosiy shakllari hamda turli jihatlarini o`z ichiga oladi. Ayrim jihatlarga tegishli
misollarni keltiramiz: yozma topshiriqni ko`rsatmasiga asoslangan holda bajarish,
klaviaturadan foydalanish, konsultasiyalarda qo`l ostidagi ishchilar miqdori va
boshqalar. PAQ metodi asosida to`plangan ma`lumotlarni tahlil etishda tadqiqotchi
har bir bo`limlar bo`yicha javoblarni oladi. Ta`kidlash kerakki, PAQ – topshiriqlar
emas, balki bajarilgan ishlar tahlili metodi bo`lib, ishchilarni tanlash muammosini
hal etishda qo`llaniladi. PAQ ishchilarni o`qitish, malaka oshirish va ma`muriy
jihatdan o`zgarishlarida qo`llaniladi. Kasbiy tahlilning yana bir muammosi kritik
voqealar metoddir. Uning mohiyati shunda-ki, tadqiqotchi ishchining qoniqarsiz
xulqini tasvirlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: