2-mavzu: Kasb psixologiyasining tadqiqot metodlari
Reja:
1.Kasbiy psixologiya fani tadqiqot metodlarining klassifikasiyasi
2. Metodlarni qo`llash sohasi, metodlardan foydalanishni shakllantirish
3.Genetik metodlar, praksimetrik metodlar, eksperimental metodlar
4.Rangli assotsativ test metodlari haqida tushuncha
Tayanch so`z va tushunchalar:
Tadqiqiy metodlar, longityud, kesimli,
interpretasion metodlar, sub`ektiv metodlar, ob`ektiv metodlar.
Kasb psixologiyasi fanida quyidagi tadqiqot metodlarining tasnifidan
foydalaniladi.
Tadqiqiy
metodlar
(usullar)-bu
psixikaning
xususiyatlari,
qonuniyatlari va mexanizmlari haqidagi yangi ob`ektiv bilimlar olishga
yo`naltirilgan maxsus tarzda tashkil topgan faoliyat usullaridir. Sub`ektiv
yangi
bilimlar (dalillar, baholar, ko`rsatkichlar, belgilar, psixologik yordam, maslahat,
korreksiya uchun muhim) omillarga qaratilgan psixologiya usullarini umumiy,
pragmatik usulublar deb ataladi. Kasb psixologiyasi
metodlari asosan ikkita
metodologik tamoyillarga asoslanadi: Sub`ektiv tamoyil-o`zini o`zgartirishga
qaratilgan kasbiy shakllanishga erishishni ta`minlovchi tamoyil. Ob`ektiv tamoyil -
psixik hodisalarni tashqi tomonlama anglashning turli tadqiqiy vositalari orqali
kasbiy shakllanish belgilarini o`rganishni nazarda tutuvchi tamoyil.Tadqiqiy
metodlarning 2 ta turi mavjud: 1. Longityud; 2. Kesimli.
Longityud metodi
– ma`lum kishilar guruhi yoki aniq kishilarning bir xil
belgilariga ko`ra psixik xususiyatlarini davomli va muntazam o`rganishni nazarda
tutadi.
Kesimli metod -
ma`lumotlarni tadqiqotda
qatnashuvchilarning turli
guruhlariga nisbatan taqqoslash xosdir. Bu metod orqali sinovdan o`tayotgalarning
ko`p miqdorini qisqa vaqt ichida qamrab olishi mumkin. Kesimli tadqiqotlarni
o`tkazishda savol-javob usullari, testlar tajribalar keng qo`llaniladi.
Longityud metodi-kasbiy shakllanishda individual yo`lni o`rganishga
yordam beradi. Mazkur metod yordamida shaxsning obro` orttirishi uning
faoliyatidagi turli
xildagi tanqidiy
holatlarini aniqlaydi.
Psixologiyada
qo`llaniladigan tadqiqot usullari kelib chiqishiga ko`ra
umumpsixologik
ko`rinishga ega, lekin spesifik xususiyatiga ega emas. Kasb psixologiyasi yosh
psixologiyasiga yondosh ekanligini hisobga olsak, bu o`z navbatida shakllanib
bo`lgan metodlarni o`zlashtirishga olib keladi. Barcha tadqiqotlarda keng doirada
metodlarni qo`llash o`ziga xos tadqiqiy metodlarni yaratilishiga olib keladi. Kasb
psixologiyasi tadqiqot
metodlarining tizimlanishi, ularning qo`llanishi sohasini
aniqlash shuningdek, sifat, xususiyatini ko`rib chiqish zaruriyatini keltirib
chiqaradi. Psixologiya fanida yagona umuman olganda,
tadqiqot metodlarining
to`liq tasnifi mavjud emas. Ko`pincha, alohida metodlar yoki psixologiyada
ma`lum muammoni hal etishga tavsiya etiladigan metodlar ro`yxati beriladi.
Psixologiyaning metodlar tizimini tahlil etgan olimlar quyidagi metodlar guruhini
taklif etadi:
1.Tadqiqotni tashkillashtirish va rejalashtirish metodlari, ya`ni tashkiliy
metodlar.
2.Dalillar to`plash, ilmiy ma`lumotlar
olishga qaratilgan empirik
metodlar(usullar).
3. Ma`lumotlarni qayta ishlash usullari.
4.Interpretasion metodlar (usullar).
Boshqa bir qator psixolog-olimlar psixologiyasining quyidagi usullarini
ajratishadi:
1. Sub`ektiv metodlar (o`zini o`zi kuzatish);
2. Ob`ektiv metodlar (kuzatishning har xil turlari; eksperimental, testlar,
savol-javob, so`rovnomalar).
Afsuski, bu metodlar muallifi psixologiya metodlarining tasniflanishini
(klassifikasiya)
taqdim etmay, faqatgina psixologiya fanidagi mavjud metodlarini
sanab o`tish bilan chegaralanadilar. Bu esa o`z navbatida aniq ilmiy
tasniflanishning mavjud emasligi, psixologiyada metodlarning ko`pligi hamda bir
tizimga solinmaganligi bilan izohlanadi. Yosh va
pedagogik psixologiyaning
metodlarini tahlil etib, tadqiqiy metodlarni tasniflashning asosi sifatida muhim
jihatlarini ajratib olish kerak. Bu masalalar 4 xil shaklga ega: tasvirlash, o`lchash,
tushuntirish va psixik hodisani shakllantirishdan iborat. Shunga muvofiq
metodlarning 4 ta guruhi taklif etiladi: