O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi
O’zbekiston davlat konservatoriyasi
"Musiqa pedagogikasi va psixologiyasi" fanidan
N A Z O R A T I S H I
Musiqa psixologiyasi yo'nalishi bo'yicha
Bajaruvchi: Xalq cholg’ulari ijrochiligi
419 guruh talabasi Shaxobiddinova Nozima
Ilmiy rahbar: p.f.n., Pr. R.G’.Qodirov
Toshkent 2021
N A Z O R A T I S H I
1. Umumpsixologik 18 ta asosiy atama va tushunchalarni to’liq qoidalari bilan yozib bering.
2. Musiqa san’atining 10 ta boshlang’ich manbalarini sanab o’ting.
3. Musiqa bu nima?
4. Tovush bu nima?
5. Tovushning sifatlari?
6. Inson qulog’i qabul qiladigan tovushlarning chegarasini (Gerts o’lchamida) va eshitilmidigan tovushlar nomini ko’rsatib bering.
7. Musiqachi shaxsining beshta asosiy xususiyatlari nima?
8. Musiqa psixologiyasining 8 ta asosiy yo’nalishlari va tarmoqlarini ko’rsatib bering.
9. Sizni ixtisosligis bo’yicha 10 ta psixologik yo’nalishlari va tarmoqlarini ko’rsatib bering.
10. Sensibilizatsiya va sinesteziya atamalarga sezgilarni o’zaro ta’siri jarayonlari bo’yicha tushunchalarini bering.
11. “Hofiz” so’zni tarjimasi?
12. I.Gofman bo’yicha musiqa asarni eslab qolish formulasi va uning to’rtta bosqichi?
13. Dissonans va konsonans so’zlarining ma’nosi nima?
14. Gnoseologiya – bu nima?
15. Tasavvur (xayol, fantaziya) ning ikkita asosiy va ularning to’rtta turlari nomini ko’rsatib bering.
16. Musiqa asari notasida emotsional (hissiy) ko’rsatkichlaridan 7 tasini yozib bering – Tantanali, Quvnoq, … (davom eting).
17. Optimal (qulay) konsert holatini egallash, kosertga tayo'rlanish usullaridan ikkita asosiysini ko’rsating.
18. Temperamentlarning to’rtta asosiy turini ko’rsating.
19. Ikkita umumlashtirilgan temperament va xarakter turlar ma’nosini ko'rsatib bering (Shopen va List misolida).
20. Musiqiy-pedagogik amaliyotida qaysi musiqiy qobiliyat ko’rsatiladi?
21. Uchta asosiy musiqiy qobiliyat turi.
JAVOBLAR
1.
1)Psixologiya – psixikaning rivojlanishi va faoliyat qonunlari haqidagi fan.
2)«Psixologiya» (Yun.) – «psixo», «psYuxe» (ruh, jon); «logiya», «logos» (ta’limot, fan).
3) Psixika omillari, qonuniyatlari, mexanizmlari psixologiya fani predmeti hisoblanadi.
4) Psixologiya tarmoqlari – umumiy psixologiya, yosh psixologiyasi, pedagogik, ijod,
san’at, musiqa psixologiyasi, psixofizika, psixofiziologiya, parapsixologiya, psixiatriya, ijtimoiy,
etnik, tibbiy, kosmik psixologiya va boshqalar.
5)Asosiy psixologik atamalar – ruh, ong, sezgi, diqqat, idrok, xotira, tafakkur, xayol,
iroda, his, tuyg‘u, temperament, xarakter, qobiliyat.
6)Ruh, jon, qalb – inson ichki dunyosini ifodalovchi tushunchalar.
7) Ong – voqelikning inson tafakkuridagi aksining eng Yuqori darajasi.
8) Sezgi – narsa va hodisalarni sezgi a’zolari orqali his qilishning oddiy psixik jarayoni.
9)Diqqat – ma’lum paytda faoliyatning bir narsaga qaratilganligi.
10)Idrok – narsa va hodisalarning sezgi a’zolariga bevosita ta’siri orqali tafakkurda aks
etishi.
11) Xotira – eslab qolish, to‘plangan tajribaning saqlanishi va tiklanishi.
12)Tafakkur – bilish jarayonining ob’ektiv borliq, voqelikning inson ongida aks
etishining oliy darajasi.
13)Xayol yoki fantaziya – yangilik yaratuvchi kishining ruhiy, ijodiy faoliyati unsuri.
14)Iroda –maqsadga erishish yo‘lida qiyinchiliklarni engib o‘tishga qaratilgan faoliyat.
15)is-tuyg‘ular – bo‘layotgan hodisalar tufayli tug‘ilgan ichki kechinmalar.
16)Temperament – psixikaning dinamik namoyon bo‘lishiga bog‘liq individual
xususiyat.
17) Xarakter – (xos xususiyat, belgi) – biror narsaga nisbatan munosabat jarayonida
namoyon bo‘luvchi individual xususiyat.
18) Qobiliyat – ma’lum bir faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirishning sub’ektiv omili
hisoblanuvchi shaxsning individual xususiyati.
2.Tovush,ritm,tembr,ohang,kuy,polifoniya ,garmoniya ,shakl ,janr,lad.
3.Badiiy tovushlardan tashkil topgan ,inson ichki kechinmalari,hissiyotini aks ettiruvchi san’at turi.
4.Tovush-tebranishlar natijasida sodir bo’ladigan hodisa.
5.Tovush sifatlariga uning baland-pastligi,tembri,kuchi,davomiyligi kiradi.
6. Eshitish sezgisining chegaralari: eng past tovushlar «do» subkontraktavagacha 16 gers (1 soniyada 16 ta tebranish) atrofida tebranish chastotasiga, eng Yuqorilari – ettinchi oktavaning «mi bemol’» 20000 gers (1 soniyada 20000 ta tebranish) atrofida. Mazkur chegara diapazonidan tashqaridagi tovushlar (infratovushlar – pastdagi va ul’tratovushlar – Yuqoridagi) umuman qabul qilinmaydi.
7.Iste’dod,ijod,mehnatsevarlik,sabr va talabchanlik musiqachi shaxsining xususiyatlaridir.
8.
1)Musiqiy ijod psixologiyasi
2)Musiqiy ijrochilik psixologiyasi
3)Musiqiy idrok psixologiyasi
4)Musiqiy ta’lim-tarbiya psixologiyasi
5)Musiqashunoslik,musiqa targ’iboti va musiqiy ma’rifat psixologiyasi
6)Musiqa san’atining texnik ta;minoti va texnik jihozlanishi psixologiyasi
7)Funksional musiqa psixologiyasi
8)Musiqa psixoterapiya psixologiyasi
9.
10. Sezgilarning o‘zaro ta’siri asosan ikki: sensibilizasiya va sinesteziya jarayonida sodir bo‘ladi. O‘zaro ta’sir jarayonida bir analizatordagi sezuvchanlikning ortib ketishi «sensibilizasiya» deb ataladi. Masalan, agar balet musiqasini radio orqali emas, teatrda eshitsak u yaxshiroq va to‘liqroq qabul qilinadi, ya’ni ko‘rish va eshitish analizatorlarining uyg‘unlashishi qabul qilish jarayonini yanada boyitadi. Sinesteziyaga shunday sezgilarning o‘zaro ta’siri kiradiki, ularda qo‘zg‘alish ta’siri ostida bir analizatordan boshqa bir analizatorga xos bo‘lgan sezgi paydo bo‘ladi. «Nozik did», «qichiq rang», «shirin tovush» kabi iboralar bundan dalolat beradi. Ko‘rish-eshitish sinesteziyasi hodisasi nisbatan ko‘proq uchraydiki, u rangli eshitish fenomeni sifatida mashhurdir. Bunday eshitish turi Rimskiy-Korsakov, Skryabin, CHYurlyonisda bo‘lgan.
11. Hofiz–xotirali degan ma'noni anglatadi
12. «ko‘raman-eshitaman-chalaman»formulasi I.Gofman tomonidan taklif etilgan musiqa asari ustida ishlash tamoyili bo’lib,mazkur tamoyillar zamirida turli ish uslublari yotadi:
1) Musiqa cholg‘usisiz asar matni ustida ishlash,
2) Musiqa cholg‘usi ishtirokida asar matnini chalish,
3) Asarni matnsiz chalish (yoddan chalish),
4) Musiqa cholg‘usi va notasiz ishlash.
13. Dissonans-yoqimsiz uyģunlashmagan tovushlar.
Konsonans-yoqimli,uygʻunlashgan tovushlar yig’indisi.
14. Tafakkur muammolarini ilmiy, falsafiy o‘rganish bilan bilish nazariyasi – gnoseologiya shug‘ullanadi.
15. Umumiy psixologiyada tasavvurning quyidagi: faol va sust ko‘rinishlari mavjud.
Sust tasavvurlar: atayin – xayol, orzu va bexos – tush, gallYusinasiya.
Faol tasavvurlar: yaratuvchanlik – tasvirga mos obraz yaratish va ijodkorlik – mustaqil holda yangi obraz yaratish.
16. QUVNOQ- bayramona, jarangdor, baland ovozli, yorqin, tetik, o‘ynoqi, dadil, epchil, qoyilmaqom, nurli, porloq, mustaqil. TANTANAVOR – ulug‘vor, g‘olibona, undovchi, mahobatli, muhim, dabdabali, zo‘r, ahamiyatli, hashamatli, samarali, ochiq, ravshan, quvnoq va boshqal
17. Ommaviy chiqish qilish vaziyatiga psixologik moslashishni ikki asosiy bosqichga bo‘lish mumkin. Birinchi bosqich – ijrochining autogen holatiga o‘tishi va mushaklar bo‘shashishi. Bu holatda insondagi ishontirish va o‘z- o‘zini ishontirish qobiliyati juda oshib ketadi. Ikkinchi bosqichda sahnaga chiqishning obrazli tasviri, xayoliy auditoriya oldida chalish, sozlash, rol’ tayyorgarligi ishlab chiqiladi.
18. Sangvinik («sanvis» – qon) – sezilarli psixik faollikka ega odam. Fiziologiyada nerv faoliyatining kuchli vazmin tezkor turiga to‘g‘ri keladi.
Flegmatik («flegma» – zardob) – xotirjam odam. Fiziologiyada nerv faoliyatining kuchli vazmin sust turiga to‘g‘ri keladi.
Xolerik («xole» – safro) – juda serg‘ayrat odam. Fiziologiyada nerv faoliyatining kuchli novazmin turiga to‘g‘ri keladi.
Melanxolik («melayna xole» – qora safro) – psixologik faolligi past odam. Fiziologiyada 6nerv faoliyatining kuchsiz turiga to‘g‘ri keladi.
19. SHopenning xarakteri introvertiv (o‘z-o‘ziga biqingan), Listniki esa – ekstravertiv (ochiq) bo‘lgan. Uzoq davom etgan vaqt mobaynida SHopen va List yaqin do‘st bo‘lishgan. Ular bir-biridan o‘zlarida etishmaydigan sifatlarni topishgan.
20. Musiqiy-pedagogik amaliyotda asosiy musiqiy qobiliyatlar deganda odatda uch narsa tushuniladi: musiqiy eshitish qobiliyati, ritm hissi va musiqiy xotira.
21. Musiqiy-pedagogik amaliyotda asosiy musiqiy qobiliyatlar deganda odatda uch narsa
tushuniladi: musiqiy eshitish qobiliyati, ritm hissi va musiqiy xotira.
Do'stlaringiz bilan baham: |