Ma’ruza № 2. Sport biomexanikasi ilm-fan sifatida shakllanishi va rivojlanish tarixi.
REJA:
Sport biomexanikasi ilm-fan sifatida paydo bo‘lishi
Biomexanikani ilm-fan sifatida shakllanishi
Sport biomexanikasi rivojlanish zaminlari
Sport biomexanikasi ilm-fan sifatida paydo bo‘lishi
Sport biomexanikasing tarixi texnika, fizika, biologiya va tibbiyotni tarixi, shuningdek jismoniy madaniyat va sport tarixi bilan chambarchas bog‘liq. Bu fanlarning ko‘pgina yutuqlari tirik mavjudotlarning harakatlari to‘g‘risidagi ta’limotning rivojlanishini aniqlab berdi.
Hozirgi zamon biomexanikasini Arximed, Galiley, Nьyuton kashf qilgan mexanika qonunlarisiz, Pavlov, Sechenov, Anoxin kashf qilgan fiziologiyasiz va zamonaviy kompьyuter texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Biomexanika sohasidagi tadqiqotlar biologiya va mexanika bo‘yicha tadqiqotlar singari qadimiy tarixga ega.
Odamning harakatlari Erdagi har qanday jismning harakatini belgilaydigan barcha qonun va qonuniyatlarga – bu, Erning tortish kuchi, Nьyutonning qonunlari, gidroaeromexanika qonunlari, tebranish va to‘lqinlanish hodisalari va hokazolarga bo‘ysinadi.
Hozirgi zamonaviy tasavvur va tushunchalar bo‘yicha biomexanika sohasiga taalluqli tadqiqotlar qadimgi Misrda ham ma’lum bo‘lgan. Mashhur misr papirusida (The Edwin Smith Surgical Papyrus, eramizdan oldingi 1800-yil) harakatlanishdagi shikastlanishlarning turli holatlari, jumladan umurtqani dislokatsiyasi sababli paydo bo‘ladigan falaj tavsiflanadi, ularning tavsifi ifodalanadi, davolash usullari va istiqbolash keltiriladi.
Eramizdan oldingi taxminan 470-399 yillarda yashagan Sokrat toki biz o‘z xususiy dunyomizni anglab etmas ekanmiz bizni o‘rab turgan dunyoni anglab eta olmaymiz deb o‘rgatgan. Qadimgi yunonlar va rimliklar katta qon aylanish tomirlari va yurak klapanlari to‘g‘risida ko‘p narsani bilganlar, yurakning ishlashini eshita olganlar (masalan, YUnon shifokori Aretey eramizdan oldingi 2-asrda) [BSE.t.2.s.414-415]. Xalsedokli Gerofil (eramizdan oldingi 3-asr) tomirlar orasida arteriya (arteriya, qizil qon tomiri - yurakdan barcha a’zolarga qon tarqatadigan tomir) va venani (vena, ko‘ktomir – qonni yurakka olib keladigan tomirlar) farq qilgan.
Zamonaviy tibbiyotning otasi qadimgi YUnon shifokori Gippokrat antik (eng qadimgi) dunyo tibbiyotini, uni afsun qilish, ibodat qilish va xudolarga qurbonlik keltirib davolash usullaridan ajratib isloh qilgan.
“Birikmalarni bo‘laklash”, “Sinishlar”, ”Boshdagi yaralar” singari traktatlarda (traktat-ayrim masala yuzasidan yozilgan ilmiy asar) u o‘sha vaqtda ma’lum bo‘lgan tayanch-harakatlanish tizimidagi buzilishlar tasnifini amalga oshirgan va davolash vosita va usullarini, xususan mexanik, tarang qilib tortilgan bog‘lashlar, tortib olish, qayd qilish (fiksatsiya) taklif etgan [Borodulin, Tibbiyot tarixi]. O‘sha vaqtdayoq oyoq-qo‘llarning birinchi takomillashgan yasama a’zolarini (protez-protez, yasama a’zo-gavdaning biror a’zosi o‘rniga qilingan mexanik asbob yoki apparat) paydo bo‘lgan va ular ayrim funksiyalarni bajarish uchun xizmat qilgan bo‘lishi mumkin. Har holda, katta (akasi) Pliniyda ikkinchi Puni urushida (eramizdan oldingi 218-210 asrlar) ishtirok etgan bir Rum qo‘mondoni to‘g‘risida qayd etilgan. Jangda yaralangandan keyin uni qo‘li amputatsiya (amputatsiya - oyoq yoki qo‘lni, yoki ularning bir qismini xirurniya usuli bilan kesib tashlash) qilingan va temir qo‘l bilan almashtirilgan. SHuning bilan birga u protez bilan qalqonni ushlagan va janglarda ishtirok etgan.
Platon hamma narsalarning aql bovar qilmaydigan timsollar (proobraz) - g‘oyalar to‘g‘risida ta’limot yaratgan. Inson tanasining shaklini tahlil qila borib, u ta’lim beradiki, «xudolar, Olamni tasvirlariga taqlid qilgan holda, sharsimon (sferoid) jismga ikkala jozibali (bojestvennыy) o‘zgarib turishlarni (krugovraщeniya) kiritgan, ... va uni hozir biz bosh deb ataymiz». Tayanch-harakatlanish tizimini u quyidagicha tushuntiradi: «bosh hamma eri balandlik va chuqurliklar bilan qoplangan erda g‘ildirab ketmasligi uchun ... tana cho‘zinchoq bo‘lgan va uni harakatlaniuvchi qilgan xudoning rejasiga (qasd, g‘araz, niyat) ko‘ra undan to‘rtta nihoyalik (oyoq-qo‘l) chiqargan; ularni yoyish va yig‘ish mumkin; ular yordamida ushlab va tayanib tana hamma erda harakatlanish qobiliyatiga ega bo‘lgan ... ». Platonning dunyoni va odamni tuzilishi to‘g‘risidagi fikr-mulohazalari mantiqiy tadqiqotga asoslangan va «u shunday tarzda borishi kerak-ki, ehtimollikning eng katta darajasiga erishilsin» [Platon].
Do'stlaringiz bilan baham: |