5. EKSPERT TIZIM TURLARI
1960—70-yillarda ishlab chiqilgan ETlar o'zlarining
sohalarida klassik
hisoblanadi. Kelib chiqishi, ularning sohasi va qo'llanilgan fikrlar, usullari va
dastur ta'minotiga qarab, bir necha sinflarga bo'lish mumkin:
1. META-DENDRAL. DENDRAL tizimi eksperimental ma'lumotlarga
(massa-spektrografiya, yadro magnit rezonansi va boshqalar) bog'liq holda
kimyoviy birikmaning tuzilishini mumkin bo'lgan holini aniqlaydi. META-
DENDRAL DENDRAL uchun bilimlar olish jarayonini avtomatlashtiradi va
kimyoviy birikma qismlarining tuzilish qoidalarini keltirib chiqaradi.
2. MYCIN-EMYCIN-TEIREIAK-RUFF-NERMYCIN.
Bular medisina ET
lari bo'lib hisoblanadi.
3. PROKPEKTOR-KAK. PROKPEKTOR - geologik tahlil asosida yer
osti qazilmalarini topuvchi tizim. KAK esa PROKPEKTOR uchun bilim olish
tizimi.
4. CAKNET-EXPERT — ko'z kasalliklari diagnostikasi va ularning oldini
olish bo'yicha maslahat beruvchi ET dir. Uning asosida EXPERT bilimlar ishlab
chiqilib, uning yordami orqali bir necha medisina tizimlari ishlab chiqilgan.
5. HEARKAY HEARKAY-2;HEARKAY-3;AGE –
Bu qatordagi birinchi
ikkita tizim qo'shilib inson nutqi so'zlarini maxsus lug'at orqali aniqlovchi
intellektual tizimdir. Bu tizim original strukturasi, ya'ni e'lonlar taxtasi —
tizimning ayni vaqtdagi ishining natijalari, chuqur ma'lumotlar bazasini
ifodalash orqali ajralib turadi.
Keyinchalik shu tizimlar asosida ETlarni yaratish uchun HEARKAY-3
va AGE (Attemrt tr Generalize) instrumental tizimlari yaratildi.
6. SM (Artificial Mathematician — Sun'iy Matematik) va EURIKCO
tizimlari Stenford Universitetida doktor D. Lenat tomonidan qidiruv va o'qitish
maqsadlarida ishlab chiqildi. Lenatning o'ylashicha,
ETlar samaradorligi
ulardagi joylashgan bilimlarga bog'liq bo'ladi. Uning fikricha, tizim o'qitish
qobilyatiga ega bo'lishi uchun, unga 1000000 ga yaqin umumiy xarakterdagi
ma'lumotlarni kiritish kerak. Lenat kichik bir sohani o'rganishga qaratilgan bilimlar
hajmi kichik ET larni yaratish maqsadga muvofiq emasligini ta'kidlaydi.
SM tizimiga 100 ga yaqin chiqish qoidalari va 200 dan ortiq matematik
nazariya va tasavvurlarni ko'ra oluvchi o'qitishning evristik algoritmlari
jamlangan edi.
Boshidan tizim ishining natijalari yuqori baholandi. U natural qator
va oddiy
sonlar tushunchalarini ifodalash imkonini berdi. Bundan tashqari, tizim
Goldbax gipotezasining varianti, ya'ni har qanday ikkidan katta juft sonni,
ikkita
oddiy sonlar yig'indisi shaklida yozish mumkinligini sintezladi. Bu gipotezani
to'g'riligi yoki inkor etish kerakligi haligacha aniq emas. Tizimning keyingi
rivojlanish jarayoni to'xtab qoldi. Boshida namoyon etilgan matematik
imkoniyatlarga qaramasdan, tizim evristik qoidalarni
keltirib chiqara olmasligi,
faqat dastlabki kiritilgan qoidalardan kelib chiqqan holda ish yuritishi aniqlandi.
EURIKCO tizimini yaratishda SM tizimida belgilangan kamchiliklarni
yo'q qilish usuli qo'llab ko'rildi. SM tizimidek EURIKCO yordamida olingan
natijalar yuqori baholandi. Shuningdek, EURIKCO juda qaltis o'yinlarda ishtirok
eta olishi ta'kidlandi. Uning yordamida AQSH
ning harbiy dengiz floti
tomonidan original mo'ljallangan bosqichma-bosqich bajariladigan yurishlarga
ega bo'lgan strategiya ishlab chiqildi. Bu bosqichlardan biri yaroqsiz bo'lgan
harbiy dengiz floti kemalarini cho'ktirishdan iborat. Bunda butun qolgan kemalarga
keng joy qoladi.
Ammo bir qancha vaqtdan keyin, tizim hamisha ham o'zidagi qoidalarni qayta
tuza olmasligi ma'lum bo'ldi. U faqat sutkaning ma'lum bir vaqtida
dasturlashtiruvchiga murojaat qilish kerak bo'lgan holda, bu qoidani qo'pol
ravishda buzadi. Shunday qilib, EURIKCO tizimi ham ishlab chiqaruvchi
tomonidan belgilangan chegaraga yetib, rivojlanishdan to'xtadi.
1990-yildan boshlab doktor Lenat bir guruh olimlar boshchi-ligida intellektual
tizimni yaratish uchun kerak bo'ladigan bir necha
ming bilimlar elementlarini
kodlash va kiritish proyekti bilan mashg'ul bo'ldi. Bu proyekt Cyc deb atalgan (Cyc
«NHK» — inglizcha enciklipedia so'zidan).
Do'stlaringiz bilan baham: