6.
EKSPERT TIZIMLARNI YARATISH
• ET larning yaratishdagi muammolar.
• ET dagi bilimlar tarkibi
• Produksion tizimlarda xulosani boshqarish
Et larning yaratishdagi muammolar va ularni ishlab chiqarish.1970-
yillardan boshlab ETlar sun'iy intellekt sohasida bosh yo'nalish bo'lib qoldi. Sun'iy
intellektning avval ishlab chiqilgan usullari: bilimlarni tasavvur qilish, fikrlab
xulosa chiqarish, evristik qidirish va boshqalar ETlarda o'z aksini topdi. Faqat
ETlargina bu kuchli usullar yordamida katta iqtisodiy imkoniyatlarni yuzaga
keltirishdi.
ETlar va ularni ishlab chiqish uchun kerak bo'ladigan ro'yxati mingdan ortiq
tizimni o'z ichiga olgan dastur mahsulotlari 1987-yilda AQSHda nashr
etilgan.
Rivojlangan mamlakatlarda ularni ishlab chiqarish va tatbiq qilish bilan
yuzdan ortiq firmalar mashg'uldir.
Ammo, boshidanoq ETlarning keng tarqalishi va ishlab chiqarilishini
sekinlashtirib, murakkablashtiruvchi qiyinchiliklar yuzaga kelib chiqdi.
Ular ETlarni ishlab chiqish usullaridan kelib chiqadi.
Birinchisi, masalaning qo'yilishi bilan bog'liq bo'lgan qiyinchilik. Ko'pchilik
firmalar sun'iy intellekt usullarini to'liq o'rganilmagani holda ETlarni ishlab
chiqarish vaqtida ularning imkoniyatini oshirib ko'rsatadilar. Foydalanuvchi
izlanish sohasidagi ko'pgina masalalarni erkin fikrlab yecha oluvchi tizimni
ko'rishni xohlaydi. Bundan esa, ETlarni yaratish uchun oddiy boshlang'ich
ko'rsatmalar: «tasvirlarni qayta ishlash ETini yaratish», «bolalardagi muvozanat —
harakat apparati kasalliklarini davolash ETini yaratish» kabilar. Ammo, awal
ta'kidlanganidek, masala qo'yilishi qancha umumlashtirilsa, evristik qoidalarga
asoslanib yechimini topish shunchalik o'z kuchini yo'qotadi. Shuning uchun,
boshlang'ich vaqtlarda, agar ishlab chiquvchida ma'lum bir malaka bo'lmasa,
unchalik qiyin va oddiy algoritmik yechimi bo'lmagan masalalarni yechishga
qaratilgan ETlarni ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.
Bundan tashqari, shu masalani qo'lda yechish usullari bo'lishi ham muhim
rol o'ynaydi. ETlarni ishlab chiqishda faqatgina masala shartining , «qo'l
usuli»ning bo'lishi maqsadga muvofiq, aks holda ET ni yaratish o'z ma'nosini
yo'qotadi.
Ikkinchi va asosiysi — bu bilimlarni olishda yuzaga keladigan qiyinchilik. Bu
qiyinchilik ekspert insonlar o'z bilimlarini ETlarga berayotganida yuzaga keladi.
Demak, Komp‘yuter tizimini o'qitish uchun, eng avvalo bu bilimlarni ma'lum
bir ko'rinishda tizimlash-tirib, «Oq qog`ozga» tushirish kerak. Aksariyat ekspertlar
(matematiklar bundan mustasno bo'lishi mumkin) o'z bilimlarini kundalik
hayotda yaxshi qo'llay olsalar ham ularning bir qismini tahrir qilib, tizimlashgan
ko'rinishga keltirishga qiynaladilar. Aniqlanishicha, bilimlarni bu holatga keltirish
uchun yurist yoki mediklarga nisbatan matematik yoki
dasturlashtiruvchilarda
ko'proq uchraydigan fikr yuritishning tizimtik usuli juda yordam beradi.
Bundan tashqari, bir tomondan matematik fikrlash sohasi va bilimlarni tasavvur
qilish usullari, boshqa tomondan esa EHM imkoniyatlari, dasturlash-tirish
tizim va tilini mukammal bilish talab etiladi.
Shunday qilib, ekspert va ekspert (Komp‘yuter ) tizimlari orasida
«dallol» vazifasini o'tovchi mutaxassislar faoliyat olib borishadi. Ular bilimlar
injenerlari (knowledge engineerik) deb, hodisaning o'zi esa bilimlar
injeneriyasi deb atala boshlandi. Rivojlangan mamlakatlarda «bilimlar injeneri»
mutaxassisligi ko'pgina oliy o'quv yurtlarida kiritilgan bo'lib, bizda esa tizim-
lashgan dasturlashtirish mutaxassisligi doirasida o'rganiladi. Ko'pgina hollarda
ekspert va bilimlar injeneri vazifasini bir odam bajara olmaydi. Tajribalarning
ko'rsatishicha, boshlang'ich bilimlarni egallash uchun uch xil mutaxassisliklar:
ekspert, bilimlar injeneri va ET ni ishlab chiqaruvchining umumiy harakati kerak.
Yana bir muammo — bu ETlarni yaratish uchun juda ko'p mehnat
bilimlar bazasini boshqarish vositalari, fikrlab xulosa chiqarish, foydalanuvchi
bilan dialogli bog'lanish va boshqalar talab etilishidadir. Dastur hajmi juda kattaligi
va dasturlash usuli xilma-xilligi tufayli, birinchi bosqichda tizimning oddiy
murakkablashtirilmagan boshlang'ich variantini yaratish maqsadga muvofiqdir.
Bunda foydalanuvchi uchun ET ni rejalashtirilgan imkoniyatlarini umumiy holda
bo'lsa ham ko'rsatish, ishlab chiqaruvchi uchun tizimning kamchiliklarini yo'qotib,
uni mukammalroq ko'rinishga keltirishga imkon yaratadi.
Bu tizimlar va ular uchun yaratilgan apparat ta'minoti yaroqsiz ekanligi e'tirof,
kuzatuvchilar ayni vaqtdagi ET larni yaratish texnologiyasi talabga javob
bermaydi, degan xulosaga kelishdi. Oxirgi 10 yillik ichida ET lar hozirgi vaqtdagi
eng samarali tizimlar bilan chambarchas bog'landi. Ularni sog'liqni saqlashda,
sug'urta qilishda, bank ishi va boshqa sohalarda qoidalarga tayangan holda
yechimlarni topish uchun
samarali vositalar sifatida qo'llanmoqda. Hozirgi kunda
bilimlar bazasi katta tizim ichiga joylashtirilgandir. Ular internetda qidiruv olib
boruvchi bog'lovchi dasturlarni markazida joylashgan va foydalanuvchilar uchun
informatsiya oqimini boshqarishga ko'maklashadi.
Bilimlar bazasidan iborat tizim rivojlanishini kuchaytirgan omillarni ko'rib
chiqamiz: bilimlar bazasi texnologiyasi yordamida pullarni tejashni bilib olgan
kompaniyalar ularni Komp‘yuter ekspertizasiz tasawur etib bo'lmaydigan maxsus
biznes jarayoniga joylashtiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |