2-Mavzu: Inson-mashina muloqoti muammolari va ularni hal etish metodlarining evolyusiyasi. Reja


EKSPERT TIZIMINI YARATISH TAMOYILLARI



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana26.06.2022
Hajmi0,57 Mb.
#705547
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-mavzu

 
3.EKSPERT TIZIMINI YARATISH TAMOYILLARI

Ekspert tizimini yaratishda ―tez prototip‖ deb atalmish konsepsiya bo‗yicha 
ish ko‗riladi. Mazkur konsepsiyaga binoan tugallangan tizim yaratishga birdaniga 
urinish kerak emas, faqat uning prototipini oqilona qurish lozim. Bunda prototip 
quyidagi talablarga javob berishi kerak: ilovaning tipik (odatiy) masalalarini 


yechishga, bunda ularni ishlab chiqish vaqti va qiyinchiligi unchalik katta bo‗lishi 
kerak emas. Bu bilimlarni to‗plash va tartibga solish (ekspert tomonidan) 
jarayonlarini dasturiy vositalar (ishlanmalar) tanlash jarayoni bilan (dasturchi va 
bilimlar bo‗yicha muhandis) sinxronlash kerak. Muvaffaqiyatsizlikda umuman 
yangi prototip ishlanmasi talab etilishi yoki ishlab chiqaruvchilar ushbu ilovaga 
ekspert tizimining mutlaqo to‗g‗ri kelmasligi haqida xulosaga kelishlari mumkin. 
Prototipni, ya‘ni tizimning qisqartirilgan versiyasini bir necha qoida, tasavvur va 
misollar yordamida tuzish mumkin. Keyin esa muammoni identifikatsiya qilish, 
bilimlarni olish, bilimlar maydonini tuzish (shakllantirish), rasmiylashtirish 
(bilimlarni taqdim etish tilidagi bilimlar bazasi), prototipni amalga oshirish va test 
o‗tkazish mumkin bo‗ladi. Tijorat bosqichida namoyish qilish, tadqiqot va harakat 
prototiplari ko‗zda tutilib, ular ketmaketo‗tkaziladi.Sanoat va tijorat prototiplari 
faqatgina oldingi uchtasidan keyin paydo bo‗lishi mumkin. Ekspert tizimi: 
interpretator (masalani yechadi); ishchi xotira (IX) (ba‘zan ma‘lumotlar bazasi MB 
deb ham ataladi), bilimlar bazasi (BB), bilim olish bloki, izohlovchi tarkibiy qism, 
dialogli blokdan iborat.
Dinamik ET arxitekturasiga qo‗shimcha qilib ikki tarkibiy qism kiritiladi: 
tashqi atrofni modellashtirish kichik tizimi hamda tashqi atrof bilan bog‗lovchi 
kichik tizim. Oxirgi kichik tizim tashqi muhit bilan sensorlar va kontrollerlar tizimi 
orqali aloqa o‗rnatadi. Ekspert tizimni yaratish tadbirida ekspertlar guruhi tizim 
yaratilishi kerak bo‗lgan vaziyatni tahlil qilib chiqadi. Keyin ular tomonidan 
shunga o‗xshash muammolarni hal etish qoidalari ishlab chiqiladi. Qoidalar 
bilimlar bazasida joylashtiriladi. Mantiqiy xulosa chiqarish mexanizmi 
loyihalashtirilib, u qanday qoidalar qaysi tartibda berilgan masalalar sinfi yechimi 
uchun qo‗llanilanishini aniqlaydi. Umuman olganda, foydalanuvchidan 
qo‗shimcha ma‘lumot olish uchun interfaol rejimni nazoratda tutish lozim bo‗ladi. 
Ekspertlar bilimlarni (ma‘lumotlar va qoidalarni) aniqlab, ularning to‗g‗riligi va 
to‗laligini ta‘minlaydi. Bilimlar bo‗yicha muhandis (kognitolog, muhandis–
interpretator,tahlilchi): – ET ishlashi uchun zarur bilimlarni tuzadi; – bilimlar 
vositalari va ularni taqdim etish usulini amalga oshiradi; – bilimlarning mazkur 
predmet sohasiga mos keladigan standart funksiyalarini ajratadi va dasturlaydi 
(an‘anaviy vositalar yordamida). Dasturchilar dasturiy ta‘minotning asosiy 
komponentlarini ishlab chiqib, uni foydalaniladigan muhit bilan bog‗lanishini 
amalga oshiradilar.
Bajarish bosqichlari: 1. Identifikatsiya (funksiyalar, maqsadlar, ekspertlar va 
foydalanuvchilar turlari). 2. Konseptuallashtirish(muammoli soha, tushunchalar 
o‗zaro bog‗liqligi, masalalar yechish usullarini tahlil qilish). 3. Rasmiylashtirish 
(intellektual tarmoqni, bilimlarni namoyish etish usullarini tanlash, tushunchalarni 


rasmiylashtirish, bilimlarni izohlash, tizimni modellashtirish, maqsad, yechish 
usullari, namoyish qilish va bilimlarni ishlatish usullariga muvofiqligini baholash).
4. Bajarish (bilimlarni tashkil etish va tuzilmalashtirish, bilimlarni tizimga 
tushunarli holda taqdim etish). 5. Test o‗tkazish. 6. Sinov tarzida foydalanish.
Bilimlarni namoyish etish va yechish usullari. Ekspert tizimlarda o‗ziga xos 
rasmiylashtirilgan til ishlatiladi, unda rasmiylashtirilgan bilimlar maydonini tashkil 
qiluvchi qoidalar va dallilar ifodalanadi. Predikatlar mantiqi – bu tabiiy tildan 
tanlab olish (kichik ko‗plik) hamda ularni rasmiy noaniq tushunchalarni va 
amaliyotlarni chetlab o‗tadigan mantiq qoidalariga o‗xshash o‗zgartirish 
qoidalaridir. Predikatlar – rasmiy mashina tilidagi gaplarning analoglaridir. Til 
(kommunikatsiya vositasi) quyidagi qoidalarni o‗z ichiga oladi:
1. Grammatik (til shakllarini belgilaydi). Belgilar to‗plami (alfavit, tinish 
belgilari va boshqalar), so‗zlarni belgi ketma-ketliklari (morfemalar), gap 
yasalishining grammatik qoidalari (sintaksis) orqali ta‘riflash.
2. Semantik (ma‘noni aniqlaydi). So‗zlar va ifodalar quyidagilarni aniqlaydi: 
hodisalar mohiyati, ular ustidagi amallarni. Agar gap dunyoni to‗g‗ri tavsiflasa, u 
holda gap to‗g‗ri, aks holda – gap noto‗g‗ri bo‗ladi. Bu xususiyat til semantikasini 
aniqlaydi. Bunday rost va yolg‗on gaplar to‗plamining muvofiqligi munosabati – 
bu izohlashdir.
3. Rasmiy amallar orasidagi o‗zaro munosabatlar. Gaplar to‗plamidan 
semantik (masalan, haqiqiy til vositalari yordamida) va rasmiy nuqtai nazardan 
xulosa chiqarish (chiqarish amali) mumkin. Ekspert tizimining mantiqiy chiqarish 
tizimida ikkala xulosa bir biriga to‗g‗ri kelishi kerak. Bilimlar maydonini 
shakllantirishda tasavvur etishning deklarativ tizimlaridan foydalanish mumkin, 
ular kelajakda uning qo‗llanilishidan qat‘iy nazar bilimni darak gap shaklida 
ifodalaydi. Bilim tartibsiz shaklda to‗ldirib boriladi, butunlay modul tuzilma 
(dalillar tizimi orqali modullar–alohida bilimlar o‗rtasidagi aloqa)ga ega bo‗ladi. 
Deklarativ ta‘riflar munosabatlarni semantik axborot yordamida ifodalaydi. 
Axborotga kirish huquqi cheklangan unifikatsiya yordamida amalga oshiriladi, bu 
esa timsol bilan qiyoslash hamda keyinchalik filtrlashni bildiradi. Boshqarish 
tuzilmasi ixtiyoriy tartibda kiritilishi mumkin bo‗lgan produksion qoidalar shaklida 
kiritiladigan axborotdan ajratilgan. Produksion qoidalar bu yerda sillogizmlarga 
o‗xshash, chiqarish usuli – modus ponens (p va p

q dan q kelib chiqadi), teorema, 
chap qismi – vaziyat, o‗ng qismi – vaziyat paydo bo‗lganda qilinadigan amaldir. 
Ekspert tizimida dinamik bilimlar bazasi – bu to‗ldirib borilayotgan produksion 
qoidalar to‗plami, ishchi maydon – bu dalillar bazasi. Dinamik bilimlar bazasi 
(produksion qoidalar shaklidagi o‗zgarish operatorlari) – bu uzoq muddatli xotira 
analogi. Ishchi maydonda funksiyalar, mashina belgilagan dilillar shakllantiriladi – 


bu qisqa muddatli xotira analogidir. Interpretator qoidalarning bajarilish tartibini 
belgilab beradi. Ko‗pincha taxmin qilinayotganxulosadan (chiqish) dalillarga 
teskari harakat amalga oshiriladi, bu esa tizimni kombinator portlashdan 
(bo‗g‗inlar sonining ko‗payib ketishidan) saqlaydi, ammo dalillardan xulosaga 
bo‗lgan variantlar ham mavjud. Sun‘iy intellekt tizimlari (SIT)ni ishlab 
chiqaruvchi firmalarga tijorat sohasidagi muvaffaqiyatlar birdaniga kelmadi.1960–
1985 yillar oralig‗ida sun‘iy intellekt tizimlari asosan ilgarilab boruvchi tadqiqot 
ishlanmalari ko‗rinishida bo‗lgan. Ishlanmalar xususiy muvaffaqiyatlarining juda 
ko‗p miqdorda namoyish etilishi asta-sekin davlat amaldorlari va sarmoyadorlar 
e‘tiborini o‗ziga tortdi. Ekspert tizimlar va neyron tarmoqlar shaklidagi sun‘iy 
intellekt tizimlarining tarqalishi va tijorat maqsadlarda foydalanilishiga ularning 
quyidagi xususiyatlari sabab bo‗ldi:
– bu tizimlarning dasturiy ta‘minoti umumiy foydalanishdagi dasturiy 
vositalarga osongina moslashishi;
– zamonaviy tizimlarning asbob-uskunalari standart ko‗rinishda qo‗llanilishi;
– sun‘iy intellekt tizimlarining dasturiy amalga oshirilishini oddiy 
kompyuterlar o‗rniga quvvatliroq ishchi stansiyalarda foydalanish imkoni;
– 
an‘anaviy dasturlash tillariga moslashtirilgan ekspert tizimlari 
qobiqlarining muvaffaqiyatli ishlab chiqilishi;
– har xil masalalar sinflari uchun neyron tizimlarining ishiga o‗xshash 
dasturlar kutubxonlarining yaratilishi.
Shuningdek, mijoz-server arxitekturalarida yoki tarmoq tuzilmalarida 
taqsimlanganoperatsiyalarni qo‗llab-quvvatlaydigan sun‘iy intellekt tizimlari ishlab 
chiqilgan edi, bu esa ilovalarda foydalaniladigan asbob-uskunalarning narxini 
pasaytirishga hamda ularning umumiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga 
va markazlashtirilmasligiga imkon berdi. Sun‘iy intellekt tizimlarini rivojlantirish 
va tijoriy amalga oshirish yo‗nalishlari. Ko‗p sonli ekspert tizimlarining 
ishlanmalari hech qiyinchiliksiz ma‘lum turdagi sun‘iy intellekt tizimlarini butun 
bir amaliy masalalarning to‗plamida qo‗llash uchun zarur o‗xshashlarini topish 
imkonini beradi. Shuningdek, foydalanuvchilarning tavsif va tavsiyalari bo‗lgan 
ko‗pgina amaliy masalalarni hal qilish uchun mo‗ljallangan juda ko‗p miqdorda 
neyron tarmoq variantlari (neyron tarmoqlar kutubxonalari)yaratilgan. Bunday 
tarmoqlardan foydalanish tajribasi mutaxassislarga mavjud neyron tarmoqlar 
ichidan aniq bir muammolarni hal qilishga qodir yoki hal etishda yordam 
beradiganlarini tanlash imkonini beradi.

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish