Xlorofill molekulasi elektron akseptorlari kamayishi bilan energiya ushlab turiladi.
Avval
muhokama etganimizdek, yorug‘likning xlorofillning maxsus reaksiya markazlarini qо‘zg‘atishidagi
ahamiyati yoki nurni tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri yutilishi yoki kо‘p hollarda qabul qiluvchi qismlarning
pigmentlari yordamida energiyaning uzatilishidan iborat. Bunday qо‘zg‘alish jarayonini elektronlarning
eng yuqori energiya holatidagi harakati xlorofillning tо‘liq orbitalidan uning tо‘la bо‘lmagan orbitalining
minimum energiyasigacha bо‘lgan harakati deb tasavvur qilish mumkin. Yuqori orbital holatida
elektronlar kuchsiz bog‘langan bо‘ladi va agar elektronlarni qabul qiluvchi
molekula yaqin masofada
bо‘lsa, ularning osongina bog‘lari uziladi,
Elektronlar energiyasini kimyoviy energiyaga aylantiradigan birinchi reaksiya , ya’ni birinchi
fotokimyoviy jarayon xlorofillarning qо‘zg‘algan holatida elektronlarning reaksiya markazlarida
molekulaning akseptoriga uzatilishidan iborat. Bu jarayonlarning yana bir jihati shundan iboratki,
yutilgan fotonlar xlorofill reaksiya markazlarida elektronlarning fotondagi
energiyaning bir qismi
oksidlanish- qaytarilish energiyasi kо‘rinishida saqlab turilgan elektronlar uzatilishining keyingi
jarayonlarida qayta guruhlanishiga olib keladi.
Xlorofill reaksiya markazining oksidlangan holatga о‘tishi bilan (elektron yetishmasligi yoki
musbat zaryadli holatida) unga qо‘shni molekula elektron akseptorlari kamayadi.(elektronlarga boy va
manfiy zaryadli holatda ) Tizimning bunday kritik holatida orbitalning nisbatan kichik kichik musbat
zaryadlangan energiya holatida xlorofill reaksiya markazlari oksidlanadi
va elektronlar qabul qilish
imkoniyatigi ega bо‘ladi. Agar molekula akseptori о‘zidagi elektronni qaytadan xlorofillning reaksiya
markaziga uzatsa, tizim yorug‘lik ta’sir etishidan avvalgi va barcha energiya issiqlik holida ajratilib
bо‘lingandagi avvalgi holatiga qaytadi.
Bu rekombinatsiya jarayoni kam samarali hisoblanadi ammo reaksiya markazlarining
shakllanishida qandaydir ahamiyatga ega bо‘lmaydi. Buning о‘rniga bir akseptorning qо‘shimcha
energiyasining ikkinchi akseptorga о‘tkazilishi uchun va keyinchalik uzatish zanjirida pastga yо‘naltirish
uchun xizmat qiladi. Xlorofillning reaksiya markazining oksidlanishi ikkilamchi donor elektronlari
kamayadi о‘z navbatida uchlamchi donor ham tiklanadi. О‘simliklarda oxir oqibatda elektronlar donorlari
suv hisoblanadi va elektronlarning oxirgi akseptorlari NADF+ hisoblanadi.
Energiyaning fotosintetik tо‘planishining asl mohiyati qо‘zg‘algan
xlorofilldan molekula
akseptoriga elektronning birlamchi о‘tkazilishi, keyingi musbat va manfiy zaryadlarni ajratadigan juda tez
amalga oshuvchi kimyoviy reaksiyalardan iboratdir. Bu ikkilamchi reaksiyalar zaryadlarni tilakoid
membranalarining qarama-qarshi tomonlarga taxminan 200 pikosoniya (1 pikosoniya = 10-12 s)ga
ajratadi.
Zaryadlarning bunday ajratilishi bilan reaksiyaning aks о‘zgarishi sekinlashadi va energiya
ma’lum vaqt davomida ushlab turiladi. Har bir ikkilamchi elektron о‘tkazilishi jarayonni amalda qaytmas
jarayonligini ta’minlab, ma’lum miqdordagi energiyaning yо‘qotilishi bilan amalga oshadi. Turg‘un
moddalar hosil bо‘lishini ta’minlash uchun fotosintezlovchi bakteriyalarning yoritilgan reaksiya
markazlarida kvant ajratilishlari 1.0 kо‘rsatkichda deb о‘lchangan, ya’ni har bir foton turg‘un moddalarni
ishlab chiqaradi va reaksiyalar qaytmas sharoitlarda amalga oshadi.
Bu о‘lchovlar yuksak о‘simliklarning yoritilgan reaksiya markazlarida о‘tkazilmagan bо‘lsada,
optimal sharoitlarda (yorug‘likning past intensivligi bilan) kislorod ajratilishi uchun zarur kvantlar
о‘lchovi shuni kо‘rsatadiki, birlamchi fotokimyoviy jarayonlar 1.0 qiymatga juda yaqin bо‘ladi. Reaksiya
markazlari
tasavvur qilinganidek, eng yuqori tezlikdagi reaksiyalar mahsuldorlingini ta’minlash va
reaksiyalarda energiyaning besamar sarflanishini minimal darajada ushlab turishga juda yaxshi
moslashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: