zonalarining sernam shag‘alli tosh qoyalarining soyalarida o‘sadi. Bizning
sharoitimizda Liven soxta semizo‘ti (Pseudosedum lievenii),
uzun-tish soxta
semizo‘ti (P. longidetatum), ko‘k poyali soxta semizo‘t (R. multicaule) singari
turlari e’tiborga molik.
Tilovo‘t
(Rosularia) turkumining O‘rta Osiyoda 12 turi tarqalgan bo‘lib, ularning
ham aksariyat qismi tog‘ va yaylov zonalarining shag‘al aralash, toshloqli, namlikka
boy mayin tuproqlarida, archazorlarda, tosh yoriqlarida o‘sadi.
Bu turkumning
ro‘vaksimon tilovo‘t (Rasularia paniculata) va Borisov tilovo‘ti (R. Borissovae) deb
nomlangan turlari keng tarqalgan.
Qoraqatdoshlar oilasi — Saxifragaseae
Oilaning 35 turkumga mansub 600 dan ortiq turi shimoliy yarim sharning sovuq va
o‘rta iqlimli mintaqa va, ayrim hollarda, baland tog‘ cho‘qqilarida tarqalgan. O‘rta
Osiyoda 6 turkumga mansub 33 turi va yaylov zonalarining yonbag‘irlari, namlikka
boy jarliklar, daraxtzor, butazor va archazorlarda tarqalgan. Bu oilaning toshyorar
(Saxifaga), qoraqat (Ribes), yovvoyi jasmin (Philodelphus) singari turlari e’tiborga
loyiq.
Toshyorarlar
(Saxifraga) turkumiga mansub o‘simliklarning aksariyat qismi ko‘p
yillik o‘t o‘simlik bo‘lib, Hamdo‘stlik mamlakatlarida 80, shu jumladan, O‘rta
Osiyoda 10 turi tog‘ va yaylov zonalarining toshlok. va harsang toshlari orasida,
sernam shag‘al
va tosh aralash tuproqlarida, daryo irmoqlari bo‘yida o‘sadi.
Turkumning sersuv balchiqlashgan tog‘ yonbag‘irlarida o‘sadigan ko‘p yillik
botqoq toshyorari (Saxifraga hirsutus), nam toshli va shag‘alli tog‘ yonbag‘irlarida
o‘suvchi ingichka bargli toshyorar (S. stenophylla), toshli va sharalli tog‘ yon
bag‘irlarida o‘suvchi yirik bargli toshyorar (S. macrocalyx) singari turlari ko‘zga
tashlanadi.
Jasmin
(Philodelphus) turkumining fakat bir Kavkaz yovvoyi jasmini (Ph.
caucasicus) deb ataladigan, bo‘yi 3 metrgacha bo‘lgan, novdalari qizg‘ish, barglari
cho‘ziq ellipsimon yoki lantsetsimon, gullari sarg‘ish,
aprel oyida gullovchi turi
xushmanzara o‘simlik sifatida o‘stiriladi.
Qoraqat
(Ribes) turkumining Hamdo‘stlik mamlakatlarida 36, shu jumladan, O‘rta
Osiyoda 10 turi tarqalgan bo‘lib, ularning aksariyat qismi buta, adir va tog‘
zonalarining tog‘ yonbag‘irlarida o‘sadi. Qoraqatning tog‘ zonasining shag‘alli,
toshloq, butazor tog‘ yonbarirlarida, daryo sohillarida o‘sadigan qora qoraqat (Ribes
meyeri), daryo sohili, butazorlar, toshli tog‘ yonbarirlarida o‘suvchi tosh qoraqati
(R. saxatile) kabi turlari o‘ziga xos manzara hosil qiladi.
Daraxt, buta, yarim buta va ko‘p yillik yoki bir yillik o‘t o‘simlik. Barglari murakkab
(patsimon bo‘lingan, panjasimon murakkab, yoki uchbargli) yoki to‘liq
rivojlanmaganligi tufayli
ikkilamchi sodda bargli, ko‘pincha yonbargli. Gullari
shingil (shoda), boshoq, kallak singari gul to‘plamlariga yig‘ilgan, qo‘sh jinsli yoki
ayrim hollarda bir jinsli, aktinomorf (Mimosoideae) yoki, ko‘pincha, zigomorf, besh
a’zoli, qo‘sh gul qo‘rg‘onli. Gul kosacha barglari (3-) 5 (6), erkin yoki ayrim
hollarda ma’lum darajada tutash. Gulkosa barglari toj barglariga teng, erkin yoki
ikkitasining ost kismi tutash. Changchisi aksariyat turlarda 10 ta. Mevasi—dukkak.
Urug‘i to‘g‘ri (Mimosoideae) yoki qayrilgan (Fabaceae),
endospermsiz yoki
endospermli.
Ko‘pchilik sistematiklar Fabales (Leguminosae) qabilasini Ra’nogullilar (Rosales)
qabilasiga yaqin deb qaraydilar, ayrim hollarda ularni birlashtirishga harakat
qiladilar. Lekin Comer (1976), undan so‘ng Taxtadjyan (1987) ularning urug‘ining
ichki tuzilishidagi farqni inobatga olib bu yaqinlikni inkor etadilar. Qabilaga faqat
birgina dukkakdoshlar (Fabaceae) oilasi mansub.
Do'stlaringiz bilan baham: