1-Mavzu: O’simliklar bilan umumiy tanishish
Reja:
1.Botanika faninig bo’limlari, gullio’simliklarning morfologiyasi.
2 O’simliklarning hayotiy shakllari, ularning xilma-xilligi
Botanika- yunoncha”botane”- ko’kat, o’t, o’simlik degan ma’noni bildiradi. Bu fan o’simliklarning paydobo’lishi, hayoti ,tashqi va ichki tuzulishi , rivojlanishi, yer yuzida tarqalishi, tabiat bilan bog’liqligini, ulardan oqilona foydalanish va ularni muhafaza qilishu sullarini o’rgatadi. Tabiiy holda o’sadigan o’simliklarning yer yuzida 500000 dan ortiq turi borligi aniqlangan bo’lib , shulardan 4500 tasiO’zbekistonda , 8000 tasi O’rta Osiyoda uchraydi.
O’simliklarning tashqi va ichki tuzulishi, ularning tashqi muhit bilan o’zaro munosabatini, o’simliklarning o’sishi va rivojlanishida sodir bo’ladigan hayotiy jarayonlar: oziqlanish, suvbug’latish, fotosintez jarayonlarini o’rganadi.
O’simliklar xilma-xil bo’lib ko’plab misollar keltirishimiz mumkin:
Dorivoro’simliklar: isiriq ,chakanda , zubturum.
Iste’mol qilinadigan o’simliklar: rovoch, qizildo’lana .
Yem-xashak sifatida foydalinadigan o’simliklar: shuvoq, sebarga, burchoq, yantoq, beda, saksovul, javdar, izen.
O’zi va mevasi iste’mol qilinadigan o’simliklar: rovoch, tut, olxo’ri, malina, ukrop, maymunjon.
Respublikamizda o’sadigan o’simliklardan oqilona foydalanish va ularni muhafoza qilishga jiddiy e’tibor berilmoqda. O’zbekistonda yo’qolish hafi ostida bo’lgan o’simlik turlari O’zbekiston Respublikasining Qizil kitobga kiritilgan o’simliklar: xolmon, shirach ,sallagul.
O’simliklar haqida ko’plab allomalar ma’lumotlar to’plashgan va ularning hususiyatlari haqidako’plabma’lumotlar qoldirishgan.
O’simliklarning o’rganishning boshqarilishi qadimgi yunon olimi Teofrast nomi bilan bog’liq . U o’simliklarning qishloq xo’jaligi va tibbiyotdagi amaliy ahamiyati haqidagi bilimlar va o’simliklar dunyosi haqidagi ma’lumotlarni yig’ib bir tizimga keltirgan.
Abu Rayxon Beruniy- kitob a Saydana fit-tibkitobida, diyorimizda o’sadigan judako’p dorivorol’simliklar haqidama’lu motlar bergan.
Abu Ali ibn Sino – tibqonunlari, Kitobush-shifokitoblarida O’rta Osiyoda o’sadigan ko’pgina dorivor o’simliklarni aniq tasvirlab ,ularning shifobaxshlik xususiyatlarini to’liqko’rsatgan.
Mahmud Koshg’ariy-Devonu lug’atu turk kitobida: Turkistonda o’sadigan 200ga yaqin o’simliklar haqida ma’lmotlar bergan.
Hozirgi kunda botanika faniga hissa qo’shib kelayotgan o’zbek olimlaridan akademik Qorir .Zokirovich Zokirov, Ahror Muzaffarovich Muzaffarov, Y.P. Korovin, I.I. Granitov, F.N .Rusanov, professorlardan M.M. Orifxonova, S.S. Saxobiddinov, O’.P. Pratov va boshqalar ilmiy izlanishlar bilan bir qatorda darslik va boshqa asarlar yozishda o’zlarining katta hissalarini qo’shib kelmoqda.
Botanika fanining asosiy bo’limlari quyidagilar:
O’simliklar morfologiyasi- o’simliklar organlarining tashqi tuzulishini o’rganadi.
O’simliklar anatomiyasi- o’simliklarning ichki tuzulishini o’rganadi.
O’simliklar fiziologiyasi- O’simliklarning hayotiy jarayonlarini :nafasolish, fotosintez, mineral moddalarning qabul qilinishi, suv bug’latish kabi jarayonlarni o’rganadi.
O’simliklar sistematikasi- o’simliklarning kelib chiqishi va belgilari asosida ularni alohida guruhlarga birlashtiradi, ya’ni klassifikatsiya qiladi.
O’simliklar embriologiyasi- o’simliklarning ko’payish a’zolarining tuzulishi, ko’payish bilan bog’liq jarayonlarni o’rganadi.
Geobotanika- o’simliklarning yer sharida tarqalish qonuniyatlarini o’rganadi.
O’simliklar ekalogiyasi- o’simliklarning tashqi muhit bilan bo’lgan munasabatlardagi qonuniyatlarini va tashqi muhit omillarining o’simlikka ta’sirini o’rganadi.
Paleobotanika- qazilma o’simliklar to’g’risidagi fandir.
Algologiya- suv o’tlarni tuzulishi, hayot kechirishini o’rganuvchi fan.
Briologiya- yo’sinlarni tuzulishini ,hayot kechirishini o’rganuvchi fan.
Lixenologiya-lishayniklarni tuzulishi ,hayot kechirishi, tarqalishini o’rganadi.
O’simliklarning tabiatdagi ahamiyati juda katta ahamiyat kasb etadi. Yashil o’simliklar fotosintez jarayonida organic moddalarni hosil qiladi. Bu organik moddalar tirik organizmlar uchun oziq manbai hisobanadi. Fotosintez jarayonida tirik organizmlarning nafas olishi uchun zarur bo’lgan kislorod ajralib chiqadi. O’simliklar havoni kislorod bilan boyitib, havodagi korbanat gazini yutadi.
O’simliklar tuproq unumdorligini oshiradi va uni yemirilishdan saqlaydi. Hamda tuproq hosil bo’lishida ishtirok etadi. O’simliklarning inson hayotidagi ahamiyati ham juda kattadur. Ulardan odamlar uchun oziq –ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, qurilish materiallari , uy- ro’zg’or buyumlari, qog’oz, dori-darmon va boshqa mahsulotlarlar tayyorlanadi.
Yer yuzida gulli o’simliklar250 000 dan ortiq turi ma’lum. Ular tashqi tuzilishi va o’ziga hos belgilar bilan bir-biridan farq qiladi. Gulli o’simliklar hayoti davomida gullaydi va meva hosil qiladi. Ular quyidagi organlardan tashki topgan: ildiz, poya, barg, gul va mevalar. O’simlikllar xilma-xilligini quyidagi misollarda ko’rishimiz mumkin.:Seyshel orollarida o’sadigan mevasi 120 oyda pishib yetiladigan , mevasinig og’irligi 25 kgni tashkil qiladigan Seyshel palmasini misol keltiramiz. Ushbu o’simlik mevasinig qobig’I mustahkamdur. Shuning uchun suvda tarqalishga moslashgan. Birinchi bu o’simlik qayerda o’sishi noma’lum edi. Keyinchalik izlanishlar natijasida aniqlandi va Seyshel orollarida o’sganligi sababli seyshel palmasi deb nom berildi. Tanasida 200 litr suv saqlaydigan Meksika kaktuslari, Kanar orollarida 6000 yil umr ko’radigan ajdar daraxti,Summatra orollarida uchraydigan dunyoning eng yirik guli deya nom olgan rafleziyaarnoldi guli. Bu gulning diametric 1m ga yetadi. Uning urug’lariin tarqalishid fillar ishtirok etadi. Eng achinarlisi shundaki bu gul o’zidan badboy hid chiqaradi. Rafleziya va Arnoldi olimlari tomonidan topilgan va ikki olimning ismi gulgaqo’yilgan. Bu gulning yana bir xususiyati shundan iboratki, bu gulda ildiz ham poya ham barg ham rivojlanmagan.boshqa daraxtlarning po’stloq yoriqlariga fillar oyoqlariga ilakishi, yopishib tushib qolarkan. U yerda boshqa o’simliklar tanasidagi shirasi bilan oziqlanadi. Bunday ajabtovur o’simliklarimiz bizning o’lkamizda ham uchraydi. Masalan, cho’llarda jazirama issiqqa bardosh bera oladigan o’simliklardan saksavul va qandimni kiritamiz. Ularning barglari tashqi muhitga moslashib maydalashgan . Sababi issiq mamlakatda o’sganligi sababli suv kam bug’latish uchun. Yana bir o’simlik, poyasi suv tagida bo’lib , gulli suv yuzasida ochiladigan o’simlik nilufar gulidir. Hasharotlar bilan oziqlanadigan o’simlik suv qaroqchisini ham misol keltirsak bo’ladi. Tabiatimiznig ko’rki bo’lgan qizil lola; ko’zagul, sallagul, chinnigul, va xolmon (ikkinchi nomi jumagul)lar, noyob mevali o’simliklardan pista, bodom, safsanlar misol bo’ladi. Tabobatda ishlatiladigan chakanda , isiriq, na’matak, suvqalampir va boshqalar o’simlikllar dunyosining ajoyib vakillari hisoblanadi.
Gulli o’simliklarning xilma-xilligi ekologik sharoitning o’zgarishi bilan bog’liq. Uning million yillar mobaynida o’zgarib , yangi muhitga , sharoitga moslasha borgan. Adaptatsiya holatini amalga oshirish ayrim o’simliklarda yashab qolish imkoniyati berilgan, shu bilan birgalikda yashash uchun kurashni ham amalga oshirgan. Sharoit o’zgarishi bilan o’simliklar da yangi muhitga moslashish uchun xos belgilar paydo bo’lgan. Bu belgilar vaqt o’tishi bilan sekin-asta mustahkamlanib, irsiylanishda davom etgan, ya’ni avloddan avlodga o’ta boshlagan. Bularga misol qilib issiq joylarda o’sadigan o’simliklarni kiritsak bo’ladi. Kaktus o’simligini barglari suv kam bug’latish maqsadida tikonlarga aylanishi, saksovul va yantoqning barglari maydalashishini keltirsak bo’ladi. Natijada yangi sharoitga moslashgan o’simliklar paydobo’lgan. Bunday moslanishlardan o’simliklarning xilma-xilligi ortib borgan.(turlar, turkumlar, oilalar) Yangi sharoitga moslasha olmagan o’simliklar yo’qolib ketgan.
O’simlikllar tashqi muhitga moslashib , asta sekin murakkablashib borib, ularda ikki xil organlar paydo bo’lgan.
Vegetativ organlar – lotincha “vegetatio” so’zdan olingan bo’lib , o’sish , rivojlanish degan ma’nolarni bildiradi. Ularga misol qilib o’simliklarning ildizi, poyasiva bargini keltiramiz.
Generativ organlar- lotincha”generate” so’zidan olingan bo’lib ,yaratmoq , tuzmoq degan ma’noga ega. Generativ organlarga, gul, meva, urug’ni keltirishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |