Ikki yillik o’tlar- urug’dan ko’karib chiqib, birinchi yili er yuzida, asosan, barg(to’p-barg) hosil qiladigan, ildiz va barglarida oziq moddalar to’playdigan o’simliklar. Ular ikkinchi yili poya chiqaradi va gullab, meva tugadi. Bularga lavlagi, sabzi, sholg’om, sigirquyruq va boshqalar kiradi.
Bir yilliko’tlar- nihoyatta xilma-xil bo’lib, ular bir yil ichida o’sadi, gullsydi va mmeva (urug’) tugib, o’z hayotini tugatadi.
O’zbekistonda uchraydigan o’simliklarning yarm idan ko’prog’ini bir yillik o’simliklar tashkil etadi. Ularga oq sho’ra, jag’-jag’, machin, qora ituzum, baliqko’z va boshqalar kiradi.
Qishloq ho’jaligida o’stiriladigan madaniy o’simliklarning ko’pchiligi bir yillik o’simliklardir. Bularga g’o’za, bug’doy, arpa, zig’r, yerying’oq, mosh, no’xot, sholi, pamidor, qalampir , qovun, tarvuz, rayhon va boshqalar kiradi. Bir yillik o’tlar o’rasida juda mayda, yer yuzidan 5-20 sm ko’tarilib o’sadigan momaqaldimoq, qo’ytikan kabilarni, bo’yi 1m ga yetadigan va, hatto, undan ham o’sadigan kanakunjut, makkajo’xori va kanopga o’xshash o’simliklarni ham ko’plab uchratish mumkin.
Shunday qilib, gulli o’simliklar hayotiy shakillariga ko’ra daraxt, buta, yarimbuta, ko’p yillik, yarim va bir yillik o’tlardan tashkil topgan.O’simliklarda sodir bo’ladigan muhim biologik o’zgarishlardan biri xazonzezgilik bo’lib, bu jarayon faqat kuz faslida sodir bo’ladi. Ba’zi o’simlikda xazonrezgilik sovuq tushmasdan oldin boshlanadi. Ayrim daraxt va butalarning barglari kuz kelishi bilan, ayrimlariniki esa birinchi sovuqdan keyin to’kila boshlaydi.Masalan, jiyda, zarang, bodom, terak, akatsiya, tikan daraxt ancha barvaqt to’kiladi. Kuz kelishi bilan kunlar qisqarib, quyoshdan yerga keladigan yorug’lik va harorat kamayadi. Yorug’lik va harorat etishmasligi tufayli hujayralarda jiddiy fiziologik jarayonlar sodir bo’ladi. Natijada barglarga yashil rang beruvchi xloroplastlar yemirilib xromoplastlarga aylanadi, hujayralarda esa rang beruvchi moddalar to’planib, yashil burglar asta sekin sarg’ish, sarg’ish-qizg’ish, qo’ng’ir-qizg’ish ranglarga kiradi. Kuzda burglar to’kilishi bilan bir qatorda yozda to’kilgan urug’larni namga tegib unib chiqadigan va to’pbarg hosil qiladigan o’simliklar ham kam emas. Kuzgi bug;doy, gulhayri, qoqio’t, jag’-jag’ qurttana kabi o’simliklarning bargi qor tagida qishlab, bahorda yana o’sishda davom etaveradi. Shunday qilib kuz kelishi bilan o’simliklarning mevasi (urug’i) pishadi va barglari to’kilib qishki tinim davriga kiradi.
Burglar to’kilishining ahamiyati ko’pchilikni qiziqtirsa kerak. Bu savolga o’simlik uchun ham, barg to’kilishining ahamiyati katta, deb javob berish mumkin. Birinchidan, to’kiladigan burglar orqali bir yil davomida o’simliklarda to’planib yotgan keraksiz moddalar chiqarib tashlanadi, ikkinchidan, ayniqsa qishda, burglar orqali suvning bug’lanishi to’xtaydi. O’simlik tinim davriga o’tadi.
Hazonrezgilik davrida to’kilgan barglardan to’g’ri foydalanishni also unutmaslik kerak. Ayrim joylarda burglar to’g’ri kelgan joylarda yoqib yuboriladi. Natijada atrof muhitni qurum bosib, hovoning tarkibi buzuladi. Bargkardan oqilona foydalanishning eng maqul yo’li chorva molar uchun ozuqa sifatida (boshqa em-hashaklarga qo’shib) berish va erga ko’mib (chiritib) o’g’it tayyorlashdan iborat.
Burglar nima uchun tokiladi degan savol tug’ilishi tabi’y albatta.
Burglar bandining daraxtga birikkan joyida po’kak hosil bo’ladi. Po’kakning hosil bo’lishi barglarning to’kilishidan darak beradi. Barglarning to’kilishida suvning bug’lanishining ham ahamiyati katta. Kech kuzda ildiz tuklari sovuq suvni so’rib ololmaydi, natijada o’simliklarning er ustki qismi suv bilan ta’minlanmay qoladi. Burglar suv bug’lanisidan to’htaydi. Shunday qilib, hazonrezgilik- barg to’kish yo’li bilan o’simliklar qishga tayyorlanadi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar.
Barcha o’simliklar uchun hos bo’lgan belgilar nimalardan iborat?
O’simliklar qanday sharoitda osishga moslashgan?
O’simliklar hayotiy shakillariga ko’ra necha xil bo’ladi va ular qaysilar?
Qisloq xo’jaligida o’stiriladigan bir yillik o’simliklarga misol keltiring. Ularni madaniy o’simliklar deyish mumkinmi? Nima uchun?
Foydalanilgan adabiyotlar.
5-6 sinf Biologiya kitobi. O’ .Pratov, A.S. To’xtayev, F.O’ Azimova, I. Z Safarboev, M. T Umaralieva.
Do'stlaringiz bilan baham: |