Xayrullaxon Said Nosir o‘g‘li Mirzo (Mirzo Ho‘qandiy) (1880–1943) ham bir necha yo‘nalishlarda ish olib borgan ma’rifatparvarlardan biridir. U yangi usuldagi maktablar ochishda tashabbus va faollik ko‘rsatgan, o‘zi shu maktablarda dars bergan, maktab qoshida kutubxo‘zbek va nashriyot tashkil etgan. Boshqa tillar-dagi darsliklarni o‘zbek tiliga o‘girgan, o‘zi ham «Gulshani Mirzo», «Gulshani xayol» nomlari bilan darsliklar yaratgan. Bolalarning aqliy imkoniyatlarini oshirish, ularning zehnini o‘stirish maqsadida «Jumboq majmuasi»ni tuzgan. Majmuadan topishmoqlar o‘rin olgan
Hamza Hakimzoda Niyoziy
1911- yili Qo‘qonda Hojibek guzarida yangi usul maktabi ochdi va o‘zi o‘qituvchilik qildi. U 1914–15 yillarda «boshlang‘ich maktablar uchun «Yengil adabiyot», «O‘qish kitobi», «Qiroat kitobi»ni yozdi. Eng muhimi, Hamza o‘z kitoblarini osondan murakkabga o‘tish asosida tuzdi. Bu kitoblarda o‘qish, matn ustida mustaqil ishlash, sinfdan tashqari o‘qishga e’tibor berdi. Ularning barchasida o‘quvchilarga adabiy ta’lim berish asosida bolalarning mukammal tarbiya asoslari bilan ham tanishishlari bosh maqsad qilib qo‘yildi. Ilg‘or fikrli ziyolilar Turkiston maktablarida ta’limning yangi tartibini amalga oshirish uchun kurashdilar. Natijada ta’limda yangi turdagi «usuli savtiya» mak-tablari yuzaga keldi. Bu maktablarda o‘zbek tili (o‘zbek tili) asosiy o‘quv fani sifatida o‘qitildi. Ta’lim jarayonida izohlash (sharhlash) usulidan foydalanildi.
I.Sultonovning «Adabiyot nazariyasi» (1940) darsligining yaratilishi faqat adabiyotning umumiy qoidalari, uning nazariy masalalarini umumlashtirishi bilangina emas, balki bu nazariy tushunchalarning ta’lim jarayoniga olib kirilishi uchun ham qulay zamin yaratdi. O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi fanining rivojida 50-yillarda faoliyat ko‘rsata boshlagan ko‘plab olimlarimizning xizmatlari katta bo‘ldi.
S.Dolimov, G.Karimov, N.Mallayev, H.Ubaydullayev, Q.Ahmedov, A.Zunnunov, S.Ismatov singari olimlar bu sohaning mustaqil bir soha sifatida kamol topishiga munosib hissa qo‘shishdi. Ularning adabiyotshunoslikning turli sohalaridagi, metodika ilmidagi xizmatlari tufayli o‘rta maktablar uchun tuzilgan dastur va darsliklar ham ma’lum darajada muntazam holatga kela boshladi. Adabiyot o‘qitish metodikasiga oid dastlabki mustaqil tadqiqot - qo‘llanmaning yaratilishi ham xuddi shu davrlarga to‘g‘ri keladi. «Adabiy o‘qish metodikasi» deb nomlangan bu kitob mualliflari taniqli metodistlar
Qudrat Ahmedov o‘zbek adabiyoti metodikasi uchun katta xizmat qilgan olimlarimizdan biridir. U mehnatkash olim, tashabbuskor rahbar va yaxshi tashkilotchi sifatida adabiyot metodikasi ravnaqi uchun o‘zining munosib hissasini qo‘shdi. Olimning «Hamza Hakimzodaning «Boy ila xizmatchi» dramasini o‘rganish» degan yirik tadqiqoti bu sohadagi xizmatlarining yaqqol dalilidir.
O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi fani rivoji professor Asqar Zunnunovning nomi bilan bevosita bog‘liq. Asqar Zunnunov O‘zbekistonda ayni shu soha bo‘yicha yetishib chiqqan birinchi fan doktoridir. Olimning o‘zbek adabiyoti o‘qitish metodikasiga oid ko‘plab kitoblari, maqolalari metodist olimlar va amaliyotchi o‘qituvchilarning doimiy maslahatgo‘ylaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |