2-mavzu. Adabiyot o‘qitish metodikasining tarixi va shakllanish taraqqiyoti Ma’ruza rejasi



Download 0,79 Mb.
bet2/6
Sana13.04.2022
Hajmi0,79 Mb.
#548307
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-taqdimot

Ibn Sino 980- yil (hijriy 370- yil)da Buxoro yaqinidagi Afsho‘zbek qishlog‘ida dunyoga kelgan. U qomusiy olim bo‘lib taniladi. Olimning tib ilmida nihoyatda benazir bo‘lganligini yaxshi bilamiz. Ayni paytda olimning asarlarida ta’lim va tarbiya, ayrim fanlarni o‘qish-o‘rganishga oid qimmatli fikr-mulohazalar ham talaygina. U o‘z pedagogik qarashlarida muhitning shaxs tarbiyasiga jiddiy ta’sir ko‘rsata olishini maxsus uqtiradi. Olim ilm olishning uzluksiz jarayon ekanligini, biroq olam sirlarini bilishda inson doimo intilishi, harakat qilishi zarurligini ta’kidlaydi:


Hech bir gap qolmadi, ma’lum bo‘lmagan,
Juda oz sir qoldi, mavhum bo‘lmagan,
Bilimim haqida chuqur o‘ylasam,
Bildimki, hech narsa ma’lum bo‘lmagan.
Abu Rayhon Beruniy (973–1048) ilmiy merosida ham olam hodisalarni o‘rganishga imkon beradigan ko‘plab fikr-mulohazalar mavjud. U «ko‘z bilan ko‘rgan eshitgandan afzaldir» degan aqidaga rioya qiladi. Bilimni esa «qaytarish va takrorlash natijasidir», deb biladi. U bilim olishda va o‘rgatishda usullarning xilma-xilligini, shakllarning rang-barangligini e’tirof qilgan. Chunki deydi olim, «doimo bir xil narsaga qaray berish malolli va sabrsizlikka olib keladi. (O‘quvchi) fandan fanga o‘tib tursa, turli bog‘larda yurganga o‘xshaydi, birini ko‘rib ulgurmay, boshqasi boshlanadi va u kishi «Har bir yangi narsada lazzat bor», deyilganidek, ularni ko‘rishga qiziqadi va ko‘zdan kechirishni istaydi» A
Yusuf Xos Hojib so‘z va uning ma’nolari haqida alohida to‘xtab o‘tadi. U so‘zni, ayniqsa, badiiy so‘zni muqaddas hodisa sifatida sanaydi:
Yashil ko‘kdin indi yag‘iz yerka so‘z,
So‘zi birli yangluq ag‘ir qildi o‘z.
So‘z bo‘z yerga yashil ko‘kdan tushdi,
So‘zi tufayli inson o‘zini ulug‘ qiladi.
Mahmud Koshg‘ariy XI asrning buyuk mutafakkiridir. Uning qomusiy olim sifatida ko‘plab fanlarga oid ma’lumotlarni to‘plagani va o‘zining «Devonu lug‘ot it-turk» asarida aks ettirgani yaxshi ma’lum. Olim bu asarida o‘zini yirik tilshunos va adabiyotshunos sifatida ham ko‘rsatadi. Devondagi adabiy parchalar nihoyatda keng mavzularga bag‘ishlangan. Ularning janrlari ham rang-barang. Olim bu asarlarga tegishli izoh va sharhlar berishning go‘zal namunalarini tavsiya etadi. Kitobda ayrim janrlar, badiiy-tasviriy vositalar, she’riy vaznlar haqida ham ko‘plab ma’lumotlar, izoh va talqinlar mavjud.
Alisher Navoiy, Bobur, Munis, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy va boshqa adiblarimiz ijodida ta’lim-tarbiya jarayoni, uning shaxsi va mazmuniga oid qimmatli fikrlar mavjud. O‘tmishda qissaxonlar, roviylar, voizlarning jamiyat hayotida katta o‘rin tutganligi yaxshi ma’lum. Bu o‘lkada shohnomaxonlik, yassaviyxonlik, sa’diyxonlik, hofizxonlik, bedilxonlik, navoiyxonlik, mashrab-xonlik yig‘inlari keng tus olgan. Maktablarda diniy asarlar, ayniqsa, Qur’onni ifodali o‘qish, uning ma’nolarini anglab yetish bilan bir qatorda ayrim asarlarning matni, ma’nosi, har bir so‘zning izohi, badiiy asarni tushuntirishga oid mashqlar ustida jiddiy ishlangan. Badiiy asarlarga sharhlar bitish an’ana tusini olgan.
A. Navoiy faqat so‘z san’atining buyuk namoyandasi, olamshumul ahamiyatga molik bo‘lgan ijodkorgina emas, ta’lim-tarbiya sohasida jiddiy fikrlarni bildirgan, bu sohada nazariy fikrlarni aytish bilan cheklanmasdan, katta hajmdagi amaliy faoliyat bilan shug‘ullangan benazir mutafakkir hamdir. «Mahbub ul-qulub» asarida bilim olib mustaqil mushohada yurita olmaydigan insonni «ustiga kitob ortilgan eshak»ka qiyoslaydi va «nodon» deb ataydi. Shuningdek, ulug‘ shoir asa-rida o‘quvchini chiroyli yozuvni, yozma nutq malakasini egallashga undaydi. U yod olish usulining imkoniyat va afzalliklarini targ‘ib qildi. Jumladan, Farhod haqida gapirib:

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish