Savol va topshiriqlar: 1.Adabiyot o‘qitish metodikasi tarixidagi asosiy bosqichlarni aytib bering.
2.Alisher Navoiyning adabiy ta’lim haqidagi qarashlari qaysi asarlarda o‘z aksini topgan?
3.Hozirgi metodist olimlarning qaysi asarlarini bilasiz? Ular haqida o‘z fikrlaringizni bildiring.
4.Adabiyot o‘qitishning metodologik asoslari haqida tadqiqot qilgan olim va uning asarlari haqida gapirib bering.
5.Badiiy asar tahlili bo‘yicha kuzatish olib borgan metodist olimlardan kimlarni bilasiz? Ularning asarlari haqida ma’lumot bering.
6.O‘quvchilarning mustaqil adabiy ta’limi haqida ilmiy tadqiqotlar qilgan olim kim edi? Uning asosiy asarlari mohiyati haqida o‘z mulohazalaringizni bildiring.