Agar bir qatla ko‘rdi har sabaqni,
Yana ochmoq yo‘q erdi ul varaqni.
...O‘qub o‘tmak, uqub o‘tmak shiori,
Qolib yodida sahfa-sahfa bori,-degan misralarni bitadi.
Dilshod Barno (1800-1906) bergan ma’lumotlarga qaraganda XIX asr mak-tablarida adabiy ta’limning alohida o‘rni va mavqei bo‘lgan. Bu haqda, jumladan, shunday ma’lumotlar bor: «Hamdam va hamsuhbatlarim zehnli shoira qizlar bo‘-lib, 51 yil maktabdorlik qildim. Maktabda a’lo va o‘rta o‘quvchilardan doim 20 va 30 qiz ta’lim olar edilar. 891 qizni savodli qilib chiqardim. Ulardan yaqin to‘rtdan bir qismi tab’i nazmi bor shoira, oqila qizlar edi». Anbar Otindek buyuk shoira ham Dilshod Barno maktabining o‘quvchisi bo‘lganini eslasak, bu davrdagi adabiy ta’limning natijalarini tasavvur qilishimiz osonlashadi
Abdulla Avloniy 1878 yil 12 iyulda Toshkent shahridagi Mergancha mahallasida Miravlon aka hamda Fotima opalar xo‘zbek donida dunyoga kelgan. U dastlab Akramxon domlaning xususiy maktabida savod chiqaradi, 1890 yildan avval mahalladagi madrasada o‘qiy boshlaydi, so‘ng uni Shayxontahurdagi Abdul-malikboy madrasasida davom ettiradi. «Adabiyotga havas unda shu yillari uy-g‘ondi. Navoiy she’riyatiga, Fuzuliy g‘azallariga mehr qo‘ydi. So‘ngsiz bir ishti-yoq bilan fors tilini o‘rgandi. Sa’diy va Hofizning sehrli olamidan zavq-shavq oldi». Avloniy shoir, nosir, dramaturg, publitsist va mudarris sifatida shuhrat qozo‘zbek di. U dastlabki milliy darslik va qo‘llanmalar muallifi hamdir.
Toshkentdagi dastlabki usuli jadid maktablarining tashkil etilishi Avloniy (1904) nomi bilan bog‘liq. Uning Mirobod (1907-1908), Degrez mahallalarida (1909) maktab ochganligi yaxshi ma’lum. Muhimi, u mazkur maktablar uchun zarur bo‘lgan darsliklarni ham yaratadi.
Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875–1919) metodika tarixida ham tegishli iz qol-dirgan yirik siymolardan biri. U ta’lim mazmuni, ta’limni tashkil etishning o‘ziga xosliklari, ta’lim jarayonidagi o‘qituvchi va o‘quvchilarning mavqelari haqida qizi-qarli va jiddiy fikrlarni bildirgan. Jumladan, ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lgan hamda Sharq ziyolilarining ko‘plab avlodlarni olamshumul obro‘-e’tibor topishlariga imkon bergan madrasa ta’limining o‘z zamoniga kelib oqsab qolganligini, rivoj-lanishning mazkur bosqichida taraqqiyotdan orqada qolayotganligini o‘zi anglaydi, buni boshqalarga ham anglatish yo‘lidan boradi. Uning bevosita tashabbusi bilan «ibtidoiy sinflarda diniy dars va ilmlardan namoz o‘qish, haftiyaki sharif, maorifi iymon va e’tiqod, ibodati islomiya, tajvid, tarixi anbiyo, ahli sunnat aqidasi kabilar o‘rgatilsa, dunyoviy dars va fanlardan alifbo, yozish, she’r (nazm) va nasr, insho, hisobdan to‘rt amal, jug‘rofiya, bir oz ahvoli olam va dunyo odamlaridan ma’lumot beriladi, bolalarning xat va savodi mukammal chiqadi»
Do'stlaringiz bilan baham: |