2-ma’ruza qadimgi diniy e’tiqodlar va ularning manbalari reja



Download 65,21 Kb.
bet4/18
Sana01.01.2022
Hajmi65,21 Kb.
#281716
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Туркий адаб кадимги даври маъруза 2

Bo’ri urug’lari afsonasi. G’arbiy dengiz qirg’og’ida yashagan turkiylarning ota-bobolari qo’shni qabilalar tomonidan qirib tashlandi. Faqat o’n yoshli bola yashirinib tirik qoldi. O’sha yerlarda yashaydigan urg’ochi bo’ri unga xotin bo’ldi. Ochlikdan qutqarish, dushmanlardan yashirinish uchun bo’ri o’sha bolani olib Turfon tog’lariga qochib ketdi. Tog’da bir g’or bor edi. U yerda urg’ochi bo’ri o’nta bola tug’di. Bolalarning otasi o’sha qutqarilgan turk edi. Bo’ri bolalari Turfondagi ayollarga uylandi. Har bir boladan bir urug’ kelib chiqdi. O’g’illaridan birining ismi Ashin edi. Uning nomi hamma qabila nomini anglatadigan bo’ldi. Ashin boshqa aka-ukalariga qaraganda qobiliyatliroq, ham aqlliroq edi. Shu sababli Ashin yangi qabilaning dohiysi bo’lib qoldi. Urug’ soni asta-sekin bir necha yuz kishiga yetdi. Ashinning merosxo’rlaridan biri, qabila dohiysi Asya shad bo’ri avlodlarini Turfondan Oltoy yerlariga olib keldi. Bo’ri avlodlari bu yerda jo’janlarning fuqarosiga aylanib, ularga temir qazib berar edilar. Oltoyda ular turk nomini oldilar.4

Turkiy xalqlar og’zaki ijodida ot totemiga ham alohida ahamiyat berilgan. Arxeologik qazishmalar davrida yarmi ot va yarmi odam shaklidagi tasviriy asarlarning topilishi ham otga e’tiqodning qadimiy ramzidir. «Go’ro’g’li» turkumidagi dostonlarda G’irot, «Alpomish»da Boychibor, qirg’iz eposi «Manas»da Oqula, oltoy turkiylarining eposi «Maaday Qora»da Karish Quloq kabi otlar obraziga katta e’tibor berilishi totemistik qarashlar natijasidir. Masalan, «Manas»da ot tasviriga («Manasning bug’doy berib Oqulani olgani») maxsus fasl bag’ishlanadi. No’yg’ut xoni Qaracha Manasga otini sotar ekan, uning fazilatini shunday ulug’laydi:

Qula tegsa qo’lingga,

Xayoling o’sar, quyular.

Badbaxtlik bari yo’yilar,

Baxt to’shalar yo’lingga1.

Otda inson boshiga tushadigan baxtsizlikning yo’qolishi hamda baxtning kelishiga ishonish totemistik tushunchalardir. Quyidagi tasvirlarda esa otning qudrati jangda insonga uning o’zidan ham ko’proq matonat va jasorat ko’rsatishi ulug’lanadi. Dostonda Oqulaning tug’ilishi ham ilohiylikka bog’lanadi.

Tortiq tulpor, zap tulpor,

Quyrug’i soz, yoli soz,

O’zi gijing, bo’yni g’oz,

Shundog’am suluv jonivor…

Nayza ushlab, to’p buzib,

Duv-duvga minar ot –shu ot.

Yov kelsa suron turg’izib,

Shov-shuvga minar ot – shu ot.

Askar olib sakson lak,

Dovga minar ot – shu ot.

Lashkar olib to’qson lak,

Yovga minar ot – shu ot.

Popukli nayza sanchgani,

Yakkama-yakka yanchgani,

Maydonga minar ot – shu ot.

Qo’ltiqda qo’shqanot bor,

G’oyib tuqqan zot tulpor,

Qironga minar ot – shu ot! 2

Ot totemi oltoy eposlarida ham mavjud. «Ay kuchin» afsonasida saman ot va qulunning dafn etilishi shunday xususiyatga ega.

Totemistik tushunchalar ifodalangan afsonalarni qozoq xalq og’zaki ijodida ham ko’plab uchratamiz. Bunday ruhdagi afsonalarning bir nechtasini rus etnografi G.N.Potanin to’plab nashr etgan.


Download 65,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish