2-ma’ruza qadimgi diniy e’tiqodlar va ularning manbalari reja



Download 65,21 Kb.
bet14/18
Sana01.01.2022
Hajmi65,21 Kb.
#281716
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Туркий адаб кадимги даври маъруза 2

«Moniylar tavbanomasi». Besh turli tirik mavjudotga nisbatan, birinchidan, ikki oyoqli insonlarga, ikkinchidan, to’rt oyoqli tirik mavjudotlarga, uchinchidan osmonda parvoz etadigan mavjudotlarga, to’rtinchidan suv ostidagi tirik mavjudotlarga, beshinchidan, sudralib yuruvchi tirik mavjudotlarga nisbatan gunohlarga botib, ushbu besh turli tirik mavjudotlarni buyugidan to kichigigacha xo’rladik, nobud qildik, ozor yetkazdik. O’zimiz gunohli bo’la turib, ey, xudo, endi gunohlarimizdan ozod qilishingni, bizni kechirishingni sendan iltijo qilamiz.

Ey, xudo, biz so’zda va amalda o’n turli gunoh sodir etdik, biz gunohsizlarga tuhmat qildik, yolg’on qasamyodlar aytdik, yolg’onlar to’qib, insonlarni qatl ettirdik, jodu ishlari bilan shug’ullandik, nochorlarning bizga ishonib topshirgan omonatlarini o’zimizniki qilib oldik, jonzotlarni o’ldirdik, qatl etdik va ko’pgina Oy va Quyosh xudolariga yoqmaydigan ishlar qildik va, umuman, yashash hayotimizda ko’pgina xatolar sodir etdik, ayollarnikiga o’xshash uzun liboslar kiydik, yoshligimizda yovuzlikka qo’l urib, ushbu gunohlarni sodir etdik. Endilikda gunohimizdan o’tishingni, bizni kechirishingni iltijo qilamiz…

Har kuni Oy xudosiga, muqaddas bitik va payg’ambarlarga gunohlarimizdan kechishini so’rab ibodat qilishimiz kerak edi. Mana endi o’zimiz bilgan va bilmagan holda, turli sabablarga ko’ra, ushbu aytilganlarni bajara olmadik. Gunohlarimizdan kechishingni so’rab, sendan yolvoramiz, gunohlarimizni kech!

Yilda yetti marta qurbonlik keltirish qonuni mavjud edi. Yana ibodatxonada o’tirib, har bir qurbonlik uchun ro’za tutish kerak edi va yana har bir iloh oldida sidqidildan ibodat qilib, gunohimizdan o’tishini iltijo qilishimiz kerak edi. Ey, xudo, ushbu aytganlaringga rioya qilmaganimiz uchun kechirishingni iltimos qilamiz!

Qanchalik yomon xayollarga borishimiz bilan, qanchalik madaniyatsiz va yomon so’zlarni aytishimiz bilan, qanchalik biz qilish kerak bo’lmagan ishlarni qilganimiz bilan o’z mavjudligimizni yanada qiyinlashtirishimiz, yana besh ilohning nuri bilan oziqlanib, o’z tanimiz va ruhimiz bilan iblisni sevamiz va o’zimizni pastga, yer (do’zax)ga tortamiz. Shuning uchun ey, xudo, bizning gunohlarimizdan o’tishingni so’rab iltijo qilamiz va bu gunohlarimizdan qutulish uchun ibodat qilamiz, bizning gunohlarimizni kechirgin! 22

Moniylik she’rlari orasida muallifi noma’lum, ehtimol, xalq og’zaki ijodi namunasi hisoblangan «Tong tangrisi» alohida ahamiyatga ega. Uning tuzilishida naqarotning mavjudligi ushbu she’r moniylar o’rtasida keng tarqalgan va ommaviy tarzda aytiladigan madhiya darajasiga ko’tarilgan bo’lishi mumkin degan xulosani beradi. Madhiyaning asosiy mazmuni Kun va Oy tangrilarga murojaat etish orqali ularni ulug’lashga qaratilgan.

Tong tangri (si) keldi,

Tong tangrisining o’zi keldi.

Tong tangri keldi

Tong tangrisining o’zi keldi.

Turinglar, barcha beklar, qarindoshlar,

Tong tangrisini madh etaylik.

Ko’ringan Quyosh tangrisi,

Siz bizni asrang,

Ko’ringan Oy tangrisi,

Siz bizni qutqaring.

Tong tangrisi

Go’zal hidli, xushbuy hidli,

Porlagan, yaltiragan.

Tong tangrisi,

Tong tangrisi.2


Download 65,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish