2-ma’ruza qadimgi diniy e’tiqodlar va ularning manbalari reja



Download 65,21 Kb.
bet18/18
Sana01.01.2022
Hajmi65,21 Kb.
#281716
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Туркий адаб кадимги даври маъруза 2

Xristianlik

Xristianlik dini milodimizning boshlarida paydo bo’lgan. Iso Maseh (Iisus Xristos) bu dinning asoschisidir. Isoga Maseh so’zini qo’shib aytadilar. Maseh yahudiy tilidan olingan bo’lib, «silangan, siylangan» ma’nolarini beradi. Yunonlarda esa bu ma’no «Xristos» so’zi bilan ifodalangan. Sharq adabiyotida Maseh, Masih, Masiho Iso payg’ambarning laqabi sifatida qo’llaniladi va Iso o’z nafasi bilan o’likni ham tiriltiraolish qudratiga egaligi aytiladi. Shu sababli xristianlik ba’zan Masihiylik ham deb yuritiladi. Nasroniylik deyilishiga sabab, Iso Nazaret (Nazroniyya) qishlog’ida tug’ilganligidir.

Xristianlik ta’limoti Markaziy Osiyo xalqlari o’rtasiga III asrlardan boshlab kirib kelgan. Tolos, Samarqand, Ma’ruf, Hirot, Xorazmda xristianlarning ibodatxonalari, bu ta’limotni targ’ib etuvchi diniy – hududiy jamoalar bo’lgan. X asrda yashagan arab tarixchisi Xovqal Samarqand, Jizzax, Toshkent atroflarida xristianlarning qishloqlari bo’lganligini yozadi.

IV-VIII asrlarda xristianlik Kavkazdagi xalqlar, xususan, Ozarbayjon va Janubiy Dog’istonda hukmron din hisoblangan. Xristianlik ta’limoti uyg’urlar o’rtasida ham keng tarqalgan. Xristianlik mazmuni qadimgi uyg’ur tilidagi matnlarda ham ifodalangan. Ularning ayrim parchalari S.Ye.Malovning «Qadimgi turkiy yozma yodgorliklar» kitobida keltiriladi.



BIBLIYA

«Bibliya» xristianlikning muqaddas kitobidir. Bibliyaning asosiy mavzusi – yagona Xudoning fazilatlari va odamzod bilan aloqasi haqidadir. Bibliya ikki qismga – Qadimgi Ahd va Yangi Ahdga bo’linadi. «Ahd» - yagona Xudovandning insonlar bilan aloqasini bildiradigan tushunchadir. Qadimgi Ahd – «Tavrot» va «Zabur» milodimizdan avvalgi davrlarda, ya’ni Iso Masih tug’ilishidan oldin yaratilgan. Yangi ahd – «Injil» - eramizning birinchi asrida, ya’ni Iso Masih tug’ilganidan keyin yaratilgan. Qadimgi Ahd ibriy va aramiy (eski yahudiy), Yangi Ahd esa yunon (qadimgi grek) tilida yozilgan. Bibliyani tuzishda bir yarim ming yil mobaynida qirqqa yaqin muallif ishtirok etgan.



«Vahiy» Injilning oxirgi kitobidir. U aziz Pir Yuhannoga Xudo yo’llagan bashoratdir. «Vahiy»da oxir zamonda yuz beradigan musibatlar, Iso Masihning olamga qaytishi, Ya’juj-Ma’juj, Dajjol, Qiyomat, Jannat va Jahannam haqidagi tushunchalar ifodalanadi. «Vahiy»da xudoning osmon saltanati tasvirlangan. Osmon saltanati tasvirida turkiylarning Ko’k tangri dini ifodasining umumiy o’xshashlik tomonlari bor: Osmonda bir Taxt – Arshi a’lo. Unda olmos va la’lga o’xshash yaltiroq bir siymo o’tiradi. Uning tevaragida yana yigirma to’rtta taxt bor. Bu taxtlarda boshlarida oltin toj va oq kiyim kiygan yigirma to’rt oqsoqol o’tiradi. Arshi a’lo oldida xudoning yetti ruhi bo’lgan yettita mash’al yonib turadi. Uning o’rta qismi va atroflarida to’rtta jonzot ham bor edi. Birinchi jonzot arslonga, ikkinchisi buzoqqa o’xshar edi, uchinchi jonzotning yuzi odamsimon, to’rtinchisiniki esa uchayotgan burgutga o’xshar edi. Yigirma to’rt oqsoqol ham, jonzotlar ham barhayot siymo – tangriga shukronalar qiladi1.

Muqaddas kitobdagi bu tasvirni turkiylar turmush tarzi nuqtai nazaridan ham izohlash mumkin: Arshi a’lodagi barhayot siymo – turkiylarning Ko’k tangrisi. Yigirma to’rt oqsoqol – turkiylarning yigirma to’rt qavm boshliqlari ruhi. Yigirma to’rt oqsoqol turkiylar hayotida, davlat tuzumida alohida o’rin tutgan. Umuman, yigirma to’rt soni turkiylar uchun o’ziga xos ahamiyatga ega. Turkiylarning Xung-nu eli yigirma to’rt urug’dan kelib chiqqan. Yigirma to’rt oqsoqol xunlarning siyosiy hayotida, davlatni boshqarishida katta mavqyega ega bo’lgan. Yigirma to’rt oqsoqolning davlatni boshqarishi To’xtamishxon davrlarida ham saqlanib qolgan. Sharqiy xunlar, ya’ni Xung-nular miloddan oldingi ikkinchi asrlardayoq mustahkam mamlakatga ega bo’lgan turkiy qavmlardan hisoblanadi. Ular Markaziy Osiyoda ilk davlatlarini qurganlarida mamlakatni yigirma to’rt qo’mondon idora etgan.

Yetti mash’al turkiylarning yetti bahodiri ruhi. Qofqaz turkiylari mifologiyasiga ko’ra Tangri yerga to’fon yuborishidan oldin faqat bir qari cholni ogohlantiradi. Chol sandiqsimon qayiqda o’z oilasini saqlab qoladi. Qayiq Qazbek cho’qqisiga ko’tarilgach, to’fon to’xtaydi. Cholning farzandlari dunyo bo’ylab tarqaladi. U yana yetti o’g’il ko’radi. Ular bir kuni ovga chiqishadi, ammo ularni yashin urib o’ldiradi. Tangri yetti bahodir ruhini ko’kka olib chiqadi. Bu ruh yetti yulduz bo’lib porlaydi. 2

Tangri atrofidagi hayvon va qushlarga monand tasvirlar ham diqqatga sazovordir. Ulardan birinchisi arslonsifat shohning ruhidir. Arslon va sher turkiylarning mudofaa, shuningdek, harbiy sarkardalari timsolidir. Turkiylar miloddan oldingi VII asrda yashagan xoqonlari Alp Er To’nga timsolida arslondan ham kuchli bahodir kishi siymosini ko’rishadi. «Vahiy»da arslonsifat ruhga hurmat bilan qaraladi. Tangrining qo’lida yetti muhr bilan muhrlangan bir kitob bo’lib, uni ochish va yechishga qodir kishilardan biri arslon ismli odamdir. Muhrlarning buzilishi bilan tangrining yonida o’tirgan to’rt jondor – to’rt shohning qiyofasi ochiladi. Birinchi muhrning buzilishi bilan arslonsifat shohning ruhi jonlanadi va hayotga qaytadi. U oq otga minib, boshida toj, g’oliblik uchun yo’lga otlanadi va unga g’alaba buyuriladi.

Muqaddas kitobda Ya’juj-Ma’jujlar haqida ham so’z ketadi. Shayton Iso Masehning tirilish kuni ularni aldab, zindondan chiqaradi va xudoning aziz xalqiga qarshi jangga otlantiradi. Tangri o’t yog’dirib, ularni qirib tashlaydi. Ya’juj-Ma’juj turkiylarning jangovar urug’laridan hisoblanishi haqida tarix xabar beradi. Beruniy Iskandar Zulqarnaynning tarixiy faoliyati haqida so’z yuritar ekan, u qo’shni xalqlarni Ya’juj-ma’jujlar hujumidan himoya qilish uchun devor qurdirganligini uqtiradi. Ya’juj-ma’jujlar beshinchi va oltinchi iqlimda yashovchi sharq turklarining bir sinfi deb ta’riflangan. Beruniy uqtirishicha,tarixchi Muhammad ibn Jarir at–Tabariy esa ozarbayjon hukmdori Ya’juj-ma’jujlar yerini fath etganini yozadi.1

«Tavrot»da jahondagi barcha millatlarga mansub xalqlarning mushtarak tuyg’ulari, e’tiqod va tushunchalarini ifodalovchi rivoyat hamda afsonalar mavjud. Shulardan biri Olloh tomonidan yerga to’fon jo’natilishi hodisasiga bag’ishlangan. Bu voqyea muqaddas diniy kitoblardan tashqari, ko’plab tarixiy – badiiy, jumladan, Rabg’uziyning «Qissasi Rabg’uziy», Alisher Navoiyning «Tarixi anbiyo va hukamo» kabi asrlarida ham o’z ifodasini topgan. To’fon hodisasi haqida quyidagi rivoyat keltirilgan.



To’fon. Xudovand Nuhga: «Sen butun xonadoning bilan kemaga kiringlar. Chunki bu nasl orasidan, Mening nazarimda, solih bo’lgan yolg’iz seni topdim, - dedi. – Halol bo’lgan har bir chorva tuyog’ining erkak va urg’ochi jinsidan yettitadan, harom bo’lgan chorvaning erkak va urg’ochi jinsidan esa ikkitadan olib, o’zing bilan kemaga kirgizgin. Osmondagi parrandalarning ham erkak va urg’ochi jinsidan yettitadan olib kirgizgin, toki butun yer yuzida yashovchi har xil jonivorlardan tirik qolganlar bo’lsin. Chunki yetti kundan keyin Men yerga qirq kechayu qirq kunduz davom etadigan yomg’ir yog’diraman. O’zim bunyod etgan barcha mavjudodni yer yuzidan qirib tashlayman».

Nuh esa Xudovand keltirgan hamma narsani bajo keltirdi.

Nuh umrining olti yuzinchi yili, ikkinchi oyining naq o’n yettinchi kunida ulkan tubsizlik buloqlari bari qaynay boshlab, osmon qopqalari ochilib ketdi. Ketidan yer yuziga qirq kechayu qirq kunduz yomg’ir yog’di.

Ana shu kunning o’zida Nuh va uning o’g’illari Som, Xom va Yofit (Yofas), Nuhning xotini bilan uchta kelini hammasi birga kemaga kirdilar. Ular bilan birga barcha yovvoyi hayvon, chorva va yerda qimirlovchi mayda jonivorlar turlari, shuningdek, barcha parranda turlaridan xilma-xil patli qushlar kemaga kirdilar. Hayot ruhiga ega bo’lgan har bir maxluqdan juft-juft bo’lib, Nuhning oldiga, kemaga kirdilar. Xudo Nuhga buyurganidek, kemaga kirgan har bir maxluqning erkak va urg’ochi jinsidan bor edi. Oxirida Xudovand Nuhning ketidan eshikni yopib qo’ydi.

Qirq kun davomida yer yuzini to’fon bosib, suvlar toshib, kemani yerdan yuqoriga ko’tardi. Yer yuzini bosayotgan suv toshqini tobora kuchayib borar ekan, kema suv yuzida suzib yurar edi. Yer yuzidagi suv toshqini behad kuchayib, osmonu falak ostidagi baland tog’larning hammasini qoplab oldi. Suv toshqini tog’u tepalikdan o’n besh gaz yuqoriroq ko’tarilib, hamma yoqni ko’mib tashladi. Yer yuzida harakat qiluvchi har bir maxluq – parranda ham, chorva ham, yovvoyi hayvonlar ham, yerda qimirlovchi mayda jonivorlar ham, odamlar ham birdan halok bo’ldilar. Quruqlikda yashovchi dimog’ida hayot nafasi bor bo’lgan har bir jonzot o’lib ketdi. Yerda bor bo’lgan butun mavjudot qirildi.

Odamdan tortib chorvagacha, yerda qimirlovchi maxluqdan tortib, ko’kda uchuvchi qushgacha bari yer yuzidan qirildi. Faqat Nuh va u bilan birga kemada bo’lganlar tirik qoldilar. Yer yuzidagi suv toshqini bir yuz ellik kun davom etdi. 25

Demak, «Tavrot» qadimgi turkiylarning ham e’tiqodi, tasavvurlari hamda tarixini o’rganishda muqaddas yodgorliklardan sanaladi. Shu bilan birga qadimgi turkiy xalqlar ijodida ham to’fon mavzusiga oid rivoyatlar yaratilgan.

To’fon. To’fondan avval yer yuzining hukmdori Dengiz xon bor edi. U zamonda Nama ismli mashhur bir odam bor edi. Tangri Ulgen bu odamga dunyo to’foni bo’lajagini, inson bolalarini va hayvonlarni qutqarish uchun sinalgan sandal daraxtidan kema yasashni buyurdi. Namaning Suzunul, Sarul va Baliqcha ismli uchta o’g’li bor edi. Nama bu o’g’illariga, tog’ tepasida kema yasanglar, deb buyurdi. Kema Ulgen o’rgattaniday va ko’rsatganiday yasaldi. Nama Ulgenning buyrug’i bilan insonlarni va hayvonlarni kemaga oldi. Namaning ko’zlari yaxshi ko’rmas edi. Kemadagilardan so’radi: «Biror narsa ko’ryapsizlarmi?» Ular «Yer yuzini tuman qopladi, mudhish qorong’ulik bosdi», - deb javob berdilar. Shu payt yerning ostidan, daryolardan, dengizlardan quruqlikka suvlar pishqirib chiqa boshladi. Osmondan yomg’ir yog’a boshladi. Kema suza boshladi. Osmon va suvdan boshqa biror narsa ko’rinmasdi. Nihoyat, suvlar pasaya boshladi. Tog’ cho’qqilari ko’rina boshladi. Kema Ko’mguday va Tulutti tog’laridagi quruqlikka o’tirdi. Suvning chuqurligini bilish uchun Nama quzg’unni jo’natdi. Quzg’un qaytib kelmadi. Qarg’ani jo’natdi, u ham qaytib kelmadi. Zag’izg’onni jo’natdi, u ham qaytib kelmadi. Nihoyat, kaptarni jo’natdi. Kaptar tumshug’ida bir shoxni olib orqaga qaytdi. Nama kaptardan «Quzg’un, qarg’a bilan zag’izg’onni ko’rdingmi?» - deb so’radi. Kaptar «Ularni ko’rdim, uchovi ham o’limtikka qo’nib, chuqilab yuribdi», - dedi. Nama «Ular qiyomatgacha o’limtiklar bilan kun kechirsin, sen mening sadoqatli xizmatkorim bo’lding, qiyomatgacha mening himoyam ostida yasha», - dedi. To’fondan keyin Nama Yaratuvchi va Yoyiq (To’fon)xon ismi bilan tangrilar qatorida yashadi. Keyingi nasllar unga qurbonlik keltirdilar. 26


«To’fon»ning «Tavrot» va turkiy xalqlar og’zaki ijodida yaratilgan variantlari syujeti hamda g’oyasida yaqinliklar bor. Dunyoda to’fon bo’lish, shu sababli inson farzandi va jonli narsalarni saqlab qolish har ikki rivoyatdagi bosh ezgu maqsaddir. Turkiy xalqlar og’zaki ijodidagi to’fon tasviri bilan bog’langan obrazlar o’zining juda qadimiy qatlamlariga ega. Tangri Ulgen pok ruhlar xudosi bo’lib, uning obrazi qadimgi Oltoy turkiylari og’zaki ijodida Qurbo’ston nomi bilan tasvirlangan. Ikki rivoyatdagi xaloskor kuchlar: Nuh – Nama, ularning farzandlari: Som, Xom, Yofas - So’zunul, Sarul, Baliqchadir. Turkiylar afsonasida Nama yanada ilohiylashtiriladi, u buyuk xizmatlari uchun tangrilar qatoridan joy oladi. To’fonning og’zaki shakli juda qadimiy diniy tasavvurlar mahsulidir. Chunki undagi ko’p tangrilik tushunchalari, insonning tangri darajasiga ko’tarilishi shundan dalolat beradi.

Sak turklari davrida boshqa qavmlarning diniy urf-odatlari, marosimlarini o’zlashtirish qoralangan, hatto, o’lim jazosi bilan cheklangan. Gerodotning «Tarix» kitobida saqlangan rivoyatda3 elga, uning urf-odatlariga hurmat va aksincha, unga xiyonatning tarixiy namunasi tasvirlanadi. Skiflar davlatchiligi tarixida Anaxors va Skil ismli hukmdorlar bo’lishgan. Anaxors Elladaga borib, ellinlarning urf-odatlari bilan tanishgan. Hasan Ato Abushiy ta’kidlashicha, Anaxors Afinaga borib, yunon faylasufi Sulun (mil.av. 640 yilda tug’ilgan) ta’lim olgan.4 Anaxors ellinlar urf-odatiga xos ma’budlar bayramini o’tkazayotgan paytda o’ldirilgan. Skil ham yunon ma’budlari sharafini olqishlayotgan paytda tanidan boshi judo qilingan. Har ikki rivoyat ham qadimgi turkiylarning e’tiqodi, g’ururi, ma’naviy-axloqiy qiyofasini ko’rsatishga va shakllantirishga xizmat qiladi. G’ayridin va urf-odatlarga e’tiqod qo’yishni keskin qoralash har ikki rivoyatning ham g’oyaviy mazmunini tashkil etadi.

Qadimgi turkiylarning diniy e’tiqodlari va ularning badiiy adabiyotdagi ifodasini tahlil etish jarayonida quyidagi xulosalarga kelish mumkin:

1.Qadimgi turkiy xalqlar uzoq tarixiy o’tmishida ko’p diniy aqida va ta’limotlarga e’tiqod qo’ydilar. Shu sababli ham ularning islomgacha bo’lgan davrdagi diniy e’tiqodlarini faqat bir din ta’siri yoki qobig’ida tasavvur etib bo’lmaydi. Ahamiyatli tomoni shundaki, turkiy xalqlarning har bir diniy e’tiqodi hamda marosimlari ularning og’zaki, keyinchalik yozma adabiyotida ham o’z ifodasini topdi. Zotan, bunday tamoyil jahon xalqlari turmush madaniyatida ham chuqur ildiz otgan bo’lib, har bir diniy ta’limotning ifoda vositasi so’z, ifoda shakli badiiy ijodning ma’lum bir janri hisoblangan. Shu jihatdan qaraganda, qadimgi turkiy xalqlarning diniy tasavvurlari ifodalangan har qanday og’zaki yoki yozma shakldagi asarlar ularning adabiy yodgorligi ham hisoblanadi. Bunday tamoyil islom davri adabiyotida ham shakllangan edi. Shu bois Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg’oniy, So’fi Olloyor kabi faqat diniy-tasavvufiy g’oyalarni targ’ib qilgan shoirlarning asarlari, shuningdek, o’zbek adabiyoti tarixidagi Yusuf Xos Hojibdan hozirgi davrgacha (masalan, A.Oripovning «Haj daftari») badiiy adabiyotda ifodalangan diniy tasavvurlar ham xalqimizning ma’naviy boyligi sifatida o’z qadr-qimmatiga ega.

2. Diniy shakl va aqidalar hamma davrlarda insonning ma’naviy-axloqiy dunyosini shakllantirishga xizmat qilgan. Qadimgi turkiylar e’tiqod qo’ygan dinlar ham bundan mustasno emas. Masalan, totemizim insonni faqat biror hayvondan paydo bo’lishini eslatish va shu asosda unga e’tiqod qo’yish ruhini shakllantiribgina qolmaydi. Diniy e’tiqodlar ifodasini topgan asarlar shundan dalolat beradiki, inson shu hayvondagi kuch-qudrat, mehribonlik, sadoqatdan ibrat olishga chaqiriladi. Animizm ruhidagi asarlar insonda tabiatga, borliqqa mehr uyg’otadi. Yoki moniylik tavbanomalari inson tirikligida gunoh ishlardan o’zini saqlashiga chaqirishi uni komilikka, insoniylikdan zid fazilatlardan qochishga o’rgatadi. Insonning o’z imkoniyatlarini sola bilishi, ertangi kun mas’uliyatini sezishi va kelajakni anglay bilishi shomoniylik ruhidagi asarlarning bosh g’oyasi hisoblanadi. Demak, har bir diniy asar inson ma’naviy dunyosi, borliq haqidagi kechinmalari ifodasidir.

3.Badiiy adabiyotda mavzu doirasi cheklanilmaydi. Ijodkor xalq nima haqida mushohada yurita olsa, ya’ni ijtimoiy, siyosiy, axloqiy-ma’naviy, intim, shu jumladan, diniy tasavvurlar adabiyotda shakllangan mavzulardir. Adabiyot-so’z san’ati. Shu sababli ham diniy ruhdagi asarlar yaratishda badiiy adabiyotga xos barcha tamoyillari, masalan, badiiy tasvir vositasi, janr imkoniyati obraz yaratish usullaridan keng foydalaniladi. Shu jihatdan qaraganda, turkiy xalqlar adabiyotida diniy e’tiqodlar ta’sirida yuzaga kelgan asarlarni adabiyotshunoslik nuqtai nazaridan mukammal o’rganish dolzarb masalalardan biridir. Yuqoridagi tadqiqot dastlabki izlanishlar bo’lganligi sababli unda asosiy e’tibor islomgacha bo’lgan turkiy xalqlar o’rtasida amal qilingan diniy shakl va aqidalarning badiiy adabiyotdagi ifodasini, qadimgi dinlar ta’sirida yuzaga kelgan turkiy adabiyotlar manbalarini aniqlashga qaratildi xolos.



11 Bu haqda to’liqloq ma’lumot olish uchun qarang: N.Rahmonov. Turk xoqonligi. – T.: A.Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti, 1993, 3-16-betlar.

2 Ushbu tadqiqotda keltirilgan dinlar to’g’risida qo’shimcha ma’lumotlar olish uchun (bundan Ko’k tangri dini mustasno) I.Jabborov va S.Jabborovlarning «Jahon dinlari» kitobiga qaralsin: T.: O’zbekiston, 2002 yil.

 Геродот. История в девяти книгах. –Л.: изд.-во «Наука» Ленинградское отделение, 1972, стр.188.

2


2


3 Геродот. История в девяти книгах., стр. 189.

4 Раҳмонов Н. Турк хоқонлиги. – Т.: А. Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти, 1993, 144 б.

11 Манас. Қирғиз халқ эпоси. 1-китоб. –Миртемир таржимаси. –Т.: Бадиий адабиёт нашриёти, 1964, 229 б

22 Манас. Қирғиз халқ эпоси. 1-китоб, 424 б.

33 Потанин Г. Н. Казак киргизская и алтайская придания, легенды и сказки, Петроград, 1917, 198 ст

44 Юқоридаги асар, … бет.

5 Ўзбек мумтоз адабиёти намуналари. 1-жилд. Тузувчилар Н.Раҳмонов, Ҳ.Болтабоев. Т.: «Фан», 2003, 14-15 бетлар.

6 Беруний А.Р. Танланган асарлар. Т.У. Биринчи китоб. – Т.: «Фан», 1973, 311- бет.

7 Қаюмов А. Қадимият обидалари. - Т.: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1972, - 134-бет.

8 Юқоридаги китоб, 139-бет.

9 Беруний А.Р. Танланган асарлар. Т.У. II китоб. – Т.: «Фан», 1965, 419- бет.

10 Раҳмонов Н. Руҳиятдаги нур муроди. – Т.: А.Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти, 2002, 122- бет.

11 Раҳмонов Н. Кўҳна битиктошлар. – Т.: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1991, 95- бет.

12 Беруний А.Р. Танланган асарлар. II китоб. – Т.: «Фан», 1965, 87- бет.

13 Сулаймонова Ф. Шарқ ва Ғарб. – Т.: «Фан», 1991, 65- бет.

14 Авеста. Избранные гимны. (пер. с авест. коммент. проф. И.И. Стеблин – Каменского. – Душанбе: Адиб, 1990, стр.74-75.

15 Турон Усмон. Туркий халқлар мафкураси. Рисола (таржимон У.Абдуваҳоб). Т.: Чўлпон, 1995, 55-бет.

16 Кошғарий М. Туркий сўзлар девони. Девону луғотит турк. III том. Т.: Ўзбекистон ФА нашриёти, 1963, 8- бет.

17 Турон Усмон. Туркий халқлар мафкураси. 61-бет.

18 Kabakli A. Turk edebiyati. II cilt. Istambul, 1994, 71-c.

33 Kabakli A. Turk edebiyati. II cilt. Istambul, 1994, 72-c.

19 Kabakli A. Turk edebiyati. II cilt. Istambul, 1994, 73-c.

20 Юқоридаги парчалар Б. Саримсоқовнинг «Ўзбек маросим фольклори» китобидан (Т.:, Фан, 1986) олинди, 162-165-бетлар.

21 Kabakli A. Turk edebiyati. II cilt. Istambul, 1994, 75-c.

11«Олтун ёруқ» асари ҳақида қаранг: С.Е Малов. Памятники древнетюркской письменности. М.:-Л.: Наука, 1951, 139-199-бетлар.

22 Малов. С.Е. Памятники древнетюркской письменности. – М.: - Л.: изд. – во АН, 1951, стр. 117-120.

22 Kabakli A. Turk edebiyati. II cilt. Istambul, 1994, 53-54-c.


23 Беруний А.Р. Танланган асарлар. Биринчи китоб. – Т.: «Фан», 1965, 238- бет.

24 Жўраев М. Говомард образининг ўзбек фольклоридаги талқинлари. – «Ўзбек тили ва адабиёти», - 2001 йил, 5-сон, 48-55 –бетлар.

11 Саримсоқов Б. Ўзбек маросим фольклори, 76-бет.

22 Маллаев Н. Ўзбек адабиёти тарихи, 47-48-бетлар.

1.1 Инжил, - 583-бет.

22 Далгат У.Б. Героический эпос чеченцев и ингушт.-М.: Наука, 1972, стр. 51.

11 Бу ҳақда қаранг: Беруний А.Р. Танланган асарлар. I том. –Т.: Фан, 1968, 77-78-бетлар.

25 Инжил. Библияни таржима қилиш институти. – Стокголм, 1992, «Таврот»дан Мусо пайғамбарнинг биринчи китоби. «Ибтидо», 12-13-бетлар.

26 Ўзбек мумтоз адабиёти намуналари. 1-жилд. Тузувчилар Н.Раҳмонов, Ҳ.Болтабоев. Т.: «Фан», 2003. 15- бет.

33 Геродот. История…, стр. 206-208.

44 Абуший Ҳасан Ато. Туркий қавмлар тарихи. –Т.: Чўлпон, 1998, 50-бет.

Download 65,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish