dvigatelda ajraluvchi va uni qizdiruvchi quvvat isrofi ishga tushirishdagi tokning
nominal tokdan kattaligi hisobiga yana ham ko’payadi. Dvigatelning qizishga
sarflanadigan va tashki muxitga uzatiladigan issiqlik energiyasi ma’lum vaqtdan
so’ng o’zaro tenglashib, qizish harorati turgun bo’lib qoladi.
Bu haroratning
me’yorli kiymati, asosan dvigatel cho’lg’amlarining izolatsiyasi materialiga va
uning sifatiga karab belgilanadi.
Agar elektr dvigatel ortikcha yuklanib ishlasa, uning izolatsiyasi tezda
ishdan chikib, dvigatelning xizmat davri keskin qisqaradi. Dvigatelning quvvati
ham, asosan, uning cho’g’amlari izolyatsiyasi me’yorli qizishi bilan aniqlanadi.
SHu sababli katalogdan tanlangan dvigatelning quvvati hisoblab topilgan
quvvatiga teng yoki undan bir oz kattarok bo’lishi kerak.
Katalogdan tanlangan
dvigatel ko’rsatkichlari yuklama tasviridagi maksimal va ishga tushirish
momentlari bilan solishtiriladi. Bunda tanlangan dvigatelning maksimal (M
maks
)
va ishga tushirish (M
isht
) momentlari talab etilganidan kichikrok bulsa, katalogdan
bir shkala yuqori quvvatli dvigatel tanlanadi.
Tuzilishiga karab dvigatel tanlash. Elektr dvigatellar, tuzilishiga ko’ra,
ochiq, himoyalangan va berk turlarga bo’linadi. Elektr yuritmalar uchun dvigatel
turi ish mashinasining ishlash joyi, sharoitiga qarab tanlanadi. Masalan, ochiq,
ya’ni tokli va aylanuvchi qismlari tashqi muxit ta’siridan himoyalanmagan
dvigatellar changsiz, kuruk va yongin xavfi bulmagan
binolardagi yuritmalarga
kuyiladi. Tokli va aylanuvchi qismlari yuqoridan tikka yoki 45
0
burchak ostida
tushadigan suv, yomgir tomchilari va boshka kattik jismlardan saklangan dvigatel
himoyalangan dvilatel deyiladi. Bunday dvigatellar odatda usti yopik, ba’zan usti
ochiq joylarda ham qo’llanilishi mumkin. Korpusi jips berkitilgan dvigatel berk
dvigatel deyiladi. Bunday dvigatellar tashki muxit ta’siridan xoli, muxit esa
dvigateldan chiqishi mumkin bulgan uchkunlardan himoyalangan buladi. Ochiq
va himoyalangan dvigatellar uz uqiga urnatilgan ventilyator bilan sovitiladi, berk
dvigatellarni sovitish uchun esa tashqi ventilyatordan foydalaniladi.
Dvigatellarni tipiga karab tanlash. Elektr yuritmalarda asosan qisqa
tutashtirilgan rotorli asinxron dvigatellari qo’llaniladi. Bunday dvigatellar dastlab
A va AO seriyalarda chiqarilgan. Keyinrok A va AO seriyali motorlar
takomillalshtirilib, A2 va AO2 seriyali tiplari uzlashtirilgan.
Xozirgi paytda
asinxron motorlarning yanada takomillashgan 4A seriyadagi tiplari ishlatilmokda.
4A seriyali asinxron motorlar ilgarilariga nisbatan kuyidagi afzalliklarga ega:
massasi 18% kamaytirilgan, gabarit (hajm) ulchamlari kichraytirilgan, aylanish
uki pastrokda urnatilgan, ishga tushirish momenti oshirilgan, shovqin va tebranish
darajasi pasaytirilgan,
montaji kulaylashtirilgan, foydali ish koeffitsienti
oshirilgan,
quvvatlar
shkalasi
va
ulchamlari
xalkaro
standartlarga
yakinlashtirilgan. Bu tipdagi motorlar muxit haroratining +200 dan -400
chegarasidagi o’zgarishlarga hisoblangan nominal rejimi esa +250 4A seriya
asosida asinxron motrlarining qishloq xujaligi modifikatsiyasi ham uzlashtirilgan.
Ularda ishga tushirish momenti, qishloq xujaligidagi ogir sharoitlarni hisobga
olib, yanada oshirilgan, chulgamlarining izolatsiyasi
esa turli yemiriluvchi
moddalarga va namga chidamli kilib chiqarilgan. R=0,12-0,37 kVt quvvatli
motorlar 220g’380 V va 380g’660 V kuchlanishga; R=132-400 kVt lilar esa
380g’660 V kuchlanishga hisoblab chiqariladi.