2-ma’ruza. Ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish vositalari. Reja: 1


Elektr yuritmalarning avtomatik boshqarish apparatlari



Download 381,66 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/9
Sana11.07.2022
Hajmi381,66 Kb.
#776305
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Elektr yuritmalarning avtomatik boshqarish apparatlari

Boshqarish apparatlari B.a. elektr yuritmalardagi motorlarni tegishlicha 
tezlanishda ishga tushirish, aylanish chastotasini talab etilgan diapazon va bir 
tekisda rostlash, uni o’zgartirmay saklash, motorni tormozlab to’xtatish va 
reverslash kabi amallarni bajaradi. Elektr yuritmalarni avtomatik boshqarishda 
dastaki, rele kontaktorli va himoyalash aparatlari, texnologik datchiklar, 
elektromagnit muftalar, kuchaytirgichlar, yarimutkazgichli kontaktsiz asboblar va 
rostlagichlardan foydalaniladi. 

Dastaki boshqarish apparatlari. Kul kuchi bilan yoki mexaniq uzatma va 
richaglar yordamida harakatga keltiriladigan, 500V gacha kuchlanishli 
o’zgaruvchan va o’zgarmas tok zanjirlarini uzib-ulab turuvchi boshqarish 
apparatlari D.b.a. deyiladi. D.b.a. ning gabarit ulchamlari nisbatan katta, 
boshqarish quvvati esa kichik buladi. Ularni harakatga keltirish ancha katta qo’l 
kuchi talab qiladi. Nominal toki 1000 A gacha bulgan zanjirlarni uzib-ulab 
turishda rubilьniklardan foydalaniladi. Rubilьniklar bir, ikki va uch kutbli 
tuzilishlarda ishlab chiqariladi. Kichik va urtacha quvvatli, qisqa tutashtirilgan 
rotorli asinxron motorlarni ishga tushirish, to’xtatish, yulduz sxemasidan 
uchburchak sxemasiga utkazish kabi amallarni boshqaradigan hamda kuzgalmas 
kontaktlari uzaro izolyatsiyalangan paketlar ichiga urnatilgan apparat paketli 
uzatkich deyiladi. Paketli uzgich 220 V kuchlanishli 400 A gacha tokni uzib-
ulashda qo’llaniladi. Agar kuchlanishi 380 V bulsa, bu apparatning nominal toki 
40% kamaytiriladi. O’zgaruvchan va o’zgarmas tok motorlarini soatiga 120 
martagacha ishga tushirish, to’xtatish, reverslash, aylanish chastotasini rostlash 
kabi amallarni boshqaradigan apparat kontroller deyiladi. Kontrollyerlar barabanli 
va kulachokli tuzilishlarda chiqariladi. 

Rele-kontaktorli boshqarish apparatlari. Rele va kontaktorlardan iborat 
bunday elektromagnit boshqarish apparatlari dastaki apparatlarga nisbatan har 
tomonlama takomillashgan va ularning urtacha xizmat davri bir necha million 
marta uzib-ulanish bilan harakterlanadi (dastaki apparatlarning xizmat davri esa 
2500-5000 marta ulanishlar bilan chegaralanadi). 

Magnitli ishga tushirgich. Elektr motorlarni va boshka elektr 
iste’molchilarini elektr tarmogiga masofadan turib uzib-ulaydigan, ularni ortikcha 
yuklamadan himoyalaydigan kontaktor va tugmalar stantsiyasidan iborat 
boshqaruvchi apparat M.i.t. deyiladi. Unda kontaktor chulgamini elektr tarmogiga 
ulash yoki undan ajartish signallari knopkalar orqali beriladi. Motorlarning 
aylanish yo’nalishini uzlashtirib turish uchun reversiv M.i.t. lardan foydalaniladi. 
Reversiv M.i.t. unga va chapga aylantiruvchi ikkita kontaktordan hamda ung, 
chap va to’xtatish signallari beruvchi knopkalardan iborat buladi. 

Tugmalar stantsiyasi. Bosilganda kontaktlarni ochib yopadigan bir necha 
tugmalardan iborat tugmalar gruppasi K.s. deyiladi.

Rele. Tashki signal vositasida elektr zanjirlarini avtomatik ravishda uzib-
ulab turadigan tuzilma R. deyiladi. R. ikki turgun xolatga ega bulgan 
kommutatsiya elementidan va uning turgun xolatlari o’zgarganda uzilib-


ulanadigan kontaktlar sistemasidan iborat. R. lardan avtomatik boshqarish, 
nazorat, signalizatsiya va himoya sistemalarida foydalaniladi.

Boshqarish relesi. Elektr motorlarni ishga tushirish va boshqarishni 
avtomatlashtirishda magnitli ishga tushirgich bilan birgalikda B.r.dan ham 
foydalaniladi. B.r. ning tuzilishi kontaktorlar singari, elektromagnit va boshqarish 
zanjirlaridagi kichik toklarga hisoblangan kontaktlar sistemasidan iborat. 
CHulgamiga tok (signal) berilishi bilanok (0,1-0,15 sekund ichida) kontaktlarni 
uzib-ulovchi B.r. oniy rele deyiladi. CHulg’amiga tok (signal) berilgandan keyin 
0,15 sekunddan ortikrok vaqt utganda ishga tushadigan B.r. vaqt relesi deb 
yuritiladi. 
 
 
 
Nazorat savollari: 
1. MTPF fani nimani o’rganadi va u qanday bo’limlardan iborat? 
2. Fanning ishlab chiqarish sohalariga qarab qisqacha vazifasini aniqlab bering. 
3. MTP va MTA tarkibini izohlang. 
4. Fanning rivojlanish davrlarini eslab o’ting. 
5. Har bir davrda o’zining ilmiy izlanishlari bilan fanda yangi yo’nalishlar 
ochgan olimlarni aytib bering. 
6. Sizning fikringizcha bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida MTPF fani o’z 
mavqeini saqlay oladimi? 
7. Fan sifatida yana qanday ilmiy izlanishlarga e’tibor berishi kerak? 
 

Download 381,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish