2-MA’RUZA.
Ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va
avtomatlashtirish vositalari.
Reja:
1.
Ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash vositalari.
2. Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish vositalari.
Ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizasiyalash o’zbekiston Respublikasi
fermyerlar va kooperativ xo’jaliklarida qishloq xo’jalik mahsulotlari hajmini
ko’paytirish va mehnat unumdorligini oshirishning asosiy omilidir (vositasidir).
Zamonaviy texnika qishloq xo’jalik ishlarining qisqa agrotexnik nmddatda va
yuqori sifatda minimal ish vaqti hamda kam pul mablag’i sarfida bajarilishiga
imkon beradi. Mexanizasiya darajasi va samaradorligini oshirishda progressiv
texnologiya, fan va texnikaning zamonaviy yutuqlariga asoslangan mashinalar
kompleksi katta ahamiyatga egadir. U har bir xo’jalikda MTPning rasional
tarkibda bo’lishiga i,mkon beradi va shuning bilan barcha ishlab chiqarish
jarayonlarni kompleks mexanizasiyalashni va buning bazasida uning yuqori
samaradorligini ta’minlaydi.
2. Mashina-traktor parki (MTP). Qishloq xo’jalik mashinalarming qiymati
keskin oshgan va ularni harid qiljsh murakkab iqtisodiy masala bo’lgan bir paytda
fermerchilik va ijarachilik nmammosi taraqqiyoti ayniqsa texnikadan samarali
foydalanish masalasi muhim aharaiyat kasb etadi. SHu munosabat bklan
Respublikamizning har bar tumanida MTP bo’linmalari barpo etilgan bo’lib, ular
davlat kafolatlariga asosan dunyoning etaklovchi kompaniyalaridan qishloq
xo’jalik texnikasini harid qiladilar va xo’jaliklarda shartnoma asosida eng
murakkab va sermehnat ishlarni bajaradilar. SHunga ko’ra barcha traktorlar,
aylanma pluglar, g’alla va paxta yig’ish kombaynlari va «Keys» firmasining
boshqa texnikkalari ushbu strukturaga keltiriladi.
3. Qishloq xo’jaligida mashinalarning ishlatish shart-sharoitlari. MTA dan
foydalanish samarasi qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini masshtabi va
sharoitlariga bog’liq. Bu borada Uzbekiston Respublikasining sug’oriladigan
dalalari juda katta bo’lmagan o’lchamdagi sug’orish kanallari va daraxtzorlar
bilan chegaralangan bo’lib, mashinalardan foydalanishda ma’lum qiyinchiliklar
tug’diradi.
Mexanizasiya ko’proq samarali bo’lishi uchun MTA o’z o’lchamlari va texnik
tavsiflari bilan muayyan xo’jalikning ishiatish shart-sharoitlariga mos kelishlari
kerak. MTA nkrig qishloq xo’jaligida ishlash quyidagi xususiyatlar bilan
harakterlanadi:
a) Mashinaning zarur sharoitni (temperatura, namlik va x. k.) yaratish mumkin
bo’lgan sanoatda ishlashidan farqi shundaki, qishloq xo’jaligida samarali
ishlashi uchun ulzr doimo atmosfera ta ‘sirida bo ‘ladilar.
b) Sanoatda ishlov beriladigan material bevosita mashinaga uzatiladi, qishloq
xo ‘jaligida esa mashina dalada siljib, ishlov beriladigan materialga o ‘z ta
‘sirini o ‘tkazadi (tuproqga, o ‘simlikka). -
v) Qishloq xo’jaJik mashinasi jonh miihit bilan o’zaro ta’sirlashadi, u o
‘simlikka zarar etkazmasligi va nniug o ‘sishiga halaqit bermasligi kerak.
g) Sanoatda ishlarni bajarish amaliyotda kalendar nmddatlarga bog ‘liq bo
‘Imaydi vaholauki, qishloq xo ‘ jaligida barcha ishlar o ‘ simliklarning o’sish
fazalariga bog’liq bo’lgan aniq muddatlarda bajarilishi zarur. Bularning
hammasi ma’lum darajada ishning texnologiyasiui tnshkil qiliuishini hamda
mashinalar konstruksiyasiga va ulardan foydalanish usullariga bo’ladigau
talablarni aniqlaydi.
4. Ishlab chiqarish jarayonlarining turlari. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi
ayrim operasiyalardan tashkil topuvchi turli xil jarayonlarning bajarilishini ko’zda
tutadi.
Texnologik operasiyalar ishlov beriluvchi materiallarning, mahsulotlarning
yoki muhitning masalan, er haydash, kultivasiya. defolyasiya, paxta tozalash va
x.k, xususiyatlarni o’zgartirishga yo’naltirilgan ishlab chiqarish jarayonining bir
qismini o’z ichiga oladi.
Yordamchi operasiyalar asosiy operasiyalarning bajarilishini
asosiy engillatishga yaxshilashga yoki ta’minlashga yo’nal — tiriladi, bularga:
dalani tayyorlash va u yoki bu texnologik operasiyani bajarish, mashinalami ishga
tayyorlash, shuningdek yuklash-bo’shatish ishlari kiradi.
Transport operasiyalar odatda texnologik operasiyalar bilan uzviy
bog’langan bo’ladi. U materialni yoki qishloq xo’jalik
mahsulotlarining holatini o’zgarishsiz eltishga mo’ljallangan. Qishloq xo’jalik
ishlari, bu texnologik va yordamchi operasiyalarning zarur bo’lsa yana transport
ishlarining ham yig’indisidan iboratdir. Ketma-ketlikda bajariladigan operasiyalar
yig’indisi, agar natijada dastlabki predmet (sho’rlangan uchastka) oraliq
predmetga (sho’ri yuvilgan uchastkaga) yoki (tozalanmagan paxta chanoqlari)
qishloq xo’jaligining so’nggi mahsulot (paxta, xom-ashyosi)ga aylansa uni ishlab
chiqarish jarayoni deb ataladi.
Ishlab chiqarish jarayonlariga quyidagilar kiradi: boronalash, disklash,
chizellash, molalashlarni o’z ichiga olgan tuproqga ekish oldi ishlov berish;
tayyorlash, yuklash va eltish (transportirovka) ishlarning o’z ichiga olgan urug
ekish, gerbisid sochish va o’gltlash; o’simliklarni parvarish qilish quyidagilardan
iborat: tuproq qatqalog’ini buzish, qator oralariga ishlov berish, oziqlantirish, egat
ochish, suv qo’yish, qishloq xo’jalik zararkunandalariga qarshi kurash; paxta
xom-ashyosini yiglsh quyidagilarni o’z icliiga oladi: qaytish polosalarini
tayyorlash, defolyasiya qiiish, ochilgan paxtani terish, yigilgan paxtani eltish,
to’kklgan paxta va ko’rakni tozalash.
5. Mashina-traktor agregati (MTA)-bu traktor bilan birikgan qishloq xo’jalik
mashinasi. Bajaradigan ishlariga ko’ra ular turlicha bo’ladilar: er haydash, ekish,
sug’orish, zkinlarni parvarishlash, yig’ish, yuklash va eltish (transport)
agregatlari.
Harakatdagi agregatiar - bu MTA lar texnologik operasiyalarni harakatlanib
bajaradilar. Bularga er haydash, ekish, yig’ish va boshqa dala bo’ylab siljib,
ishlov berish ob’ektiga ta’sir qiladigan agregatlar kiradi.
Stasionar agregatlar - qishloq xo’jalik ishlarini bir joyda turib bajaradilar,
Bularga mineral o’g’it va pestisidlarni sochishga tayyorlash qurilma (o’rnatma)
larni, tozaiash, xillash va x. k. ishlov berish yoki ishlatishga tayyorlash uchun
raateriaini oldiga keltiriladigan mashinalar kiradi.
Stasionar-ko’chib yuruvchi agregatlar texnologik operasiyalarni bajarishiga
ko’ra bir uchastkadan boshqa uchastkaga siljitib (yurgizib) o’tkaziladi. Bularga
yuklagichlar, dala kanof tozalagichlar, ko’sak chuvigichlar va x. k. lar kiradi.
Oddiy agregat bitta texnologik operasiyani (masalan, er haydash, boronalash va
x. k.) bajarishiga mo’ljallanadi. U bitta yoki bir nechta bir xil mashinadan
tuzilgan bo’iishi mumkin.
Kompleks agregat turli xil qishloq xo’jalik mashinalarni o’ziga birlashtirib bir
nechta texnologik operatsiyalarni bajarishda foydalaniladi (masalan, chizellash)
mineral o’g’itlash va boronalash yoki kultivatsiya va go’zani chekankalash
(chilellash).
Universal agregat - ozroq qayta rostlash bilan turli xil o’simliklarda (paxta,
jo’xori, sorgo) yoki ular har xil qator oralariga ega bo’lganda (masalan 60-90 sm.
li qator oraliqda ekish, kultivasiya qilish) texnologik operasiyalarni bajarishda
ishlatiladi.
Universal
agregatlardan
foydalanish xo’jaliklarning qishloq
mashinalarga bo’lgan talabini kamaytirib ularning yuklanish bilai ishlashini
oshiradi. Bularning barchasi ulardan foydalanish harajatlarini keskin pasaytiradi.
Kombayn agregat ham shuningdek bir necha texnologik operasiyalarni bir
vaqtda bir yo’la bajarish uchun foydalaniladi (masalan, o’rish, yanchish, don
o’simliklarini tozalash yoki ochilgan paxtani tupidan terish, erga to’kilgan paxtani
terish v tozalash). Bunga kombayn agregati vazifasiga ko’ra turlicha bo’lgan bir
nechta qishloq xo’jalik mashinalarni va energetik vositalarni bir umumiy shassiga
konstruktiv birlashtirigan bo’ladi.
MTPdan foydalanish muhandislik fanining bosh vazifasi qishloq xo’jaligi
ishlab chiqarishni mexanizmlar bilan bajarishda, har bir mahsulot turining yetish-
tirilishida qo’llaniladigan MTA ning barcha turidan alohida olganda va yaxlit
MTPdan foydalanganlikda xo’jaliklar turlarini (shirkat, fermer, hissadorlik..),
sharoitlarini hisobga olgan holda eng yuqori samara beradigan uslublarni ishlab
chiqish va hayotga tatbiq etishdir.
Birinchi savolda keltirilgan qishloq xo’jalik texnikkalarining soni va turlarini
hisobsiz ko’payishi ma’lum darajada mahsulot tannarxining oshishiga olib keladi.
SHuning uchun ham MTP optimal o’lchamlarini aniqlash umumtexnika fanlariga,
matematikaga va mutaxassislik fanlariga – qishloq xo’jalik mashinalari tuzilishi
va nazariyasi, avtomobil va traktorlarning tuzilishi, ulardan foydalanish asoslari,
qishloq xo’jalik texnikasining texnik holatini qayta tiklashga bag’ishlangan
mashinalar ishonchliligi va ularni ta’mirlash faniga hamda juda ko’p matematik
hisoblash usullariga suyanadi. Uning rivojlanishi aynan shu va shu kabi
fanlarning rivojlanish darajasiga bog’liqdir.
MTPdan foydalanish ilmiy fan tariqasida bizning mamlakatimizda qishloq
xo’jaligining barcha sohalari bilan birgalikda rivojlanib kelmoqda. Uning
rivojlanishini quyidagi bosqichlarga bo’lish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |