Korxonaning ishlab chiqarish dasturi talab va taklif kabi tushunchalar bilan bevosita
boliqdir. Talab xaridorning ma’lum vaqt oraliida bozor taklif etgan baholarda sotib olishga
tayyor tovar miqdorini ifodalaydi. Taklif esa ma’lum vaqt oraliida ishlab chiqarib bozor
baholarida sotishni istaydigan mahsulotni belgilaydi. Talab va taklifning o’zaro ta’siri
ularning koordinatsiyalashuvi raqobat va baho (narx) mexanizmi orqali amalga oshiriladi.
Ushbu o’zaro ta’sir talab va taklif o’zaro tenglashadigan narxni shakllantirishga olib
keladi. Shu sababdan ishlab chiqarish dasturini tuzish
talab va taklif qonuniga,
shuningdek, korxonaning xo’jalik faoliyati bo’yicha erishilgan natijalariga asoslanishi
lozim.
Ishlab chiqarish dasturini rejalashtirishda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish
imkoniyatlarini izlab to’ish; ishlab chiqarishni samarali tashkil etish orqali;
turli
sabablarga ko’ra yuzaga keladigan to’xtashlarni kamaytirish; asosiy vositalar aktiv
qismidan vaqt va unumdorlik bo’yicha foydalanishni yaxshilash;
moddiy va energetik
resurslar sarfini qisqartirish; boshqarish va rejalashtirishni takomillashtirish hisobiga
mehnat unumdorligini oshirish zarur.
Turli tarmoq korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish xarakteri va ishlab chiqarish
jarayonini tashkil etish xususiyatlaridan kelib chiqib ishlab chiqarish
dasturini tuzishga
turlicha yondashiladi. Yakka tartibli va kichik seriyali ishlab chiqarishda ishlab chiqish
dasturi mahsulotni iste’molchiga to’shirishning tasdiqlangan muddatlariga muvofiq
tuzilgan grafik asosida ishlab chiqiladi. Buyumlarni jarayonga kiritish chiqarish kalendar
grafigi texnologik
jarayon yakunidan boshlash, ish turlari bo’yicha (yig’ish, sinash,
mexanik ishlov berish) ishlab chiqarish sikli davomiyligi asosida tuziladi.
Seriyali ishlab chiqarishda yil davomida ishlab chiqariladigan mahsulot hajmi
ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlarida tugallanmagan ishlab chiqarish hajmi
va nomenklatura o’zgarishlarini e’tiborga olgan holda rejalashtiriladi.
Ommaviy ishlab chiqarishda ishlab chiqarish dasturi korxona va barcha asosiy
sexlar bo’yicha bir vaqtda tuziladi.
Ishlab chiqarish dasturida quyidagi ko’rsatkichlar rejalashtiriladi:
1.
Mahsulot guruhlari bo’yicha qiymat ifodasidagi mahsulot ishlab chiqarish hajmi.
2.
Mahsulot
nomenklaturasi va assortimenti, ya’ni iste’molchilar bilan tuzilgan
shartnomalarga asosan mahsulot sortlari, modellari bo’yicha turlari rejalashtiriladi.
3.
Mahsulot ishlab chiqarish muddatlari.
4.
Tashqi tashkilotlarga koperatsiya aloqalari asosida etkazib beriladigan yarim fabrikatlar
(assortimenti va sifatini e’tiborga olgan holda) hajmi. Ushbu talablar asosiy sexlar bilan bir
qatorda yordamchi va xizmat ko’rsatuvchi sex va xizmatlarga ham tegishli.
5.
Mahsulot sifat ko’rsatkichlarini rejalashtirish.
Ishlab chiqarish dasturi bir yilga kvartallar va oylar bo’yicha taqsimlangan holda
tuziladi. Yillik ishlab chiqarish rejasini kvartallarga taqsimlashda
quyidagi tomonlarga
asoslanadi:
1.
Ish o’rinlarini ixtisoslashtirish va ishlab chiqarishni tashkil etish uslublarini
takomillashtirish uchun qulay sharoitlarni yaratish maqsadida bir turdagi mahsulotlarni
kvartallar bo’yicha konsentratsiyalash.
2.
4-kvartalda ishlab chiqarilayotgan mahsulotni reja yilining bir kvartalida ham ishlab
chiqarishni yo’lga qo’yish va shu orqali ishlab chiqarishni tayyorlash xarajatlarini
qisqartirish
3.
Yangi jihozlarni kiritish kutilayotgan kvartalda mahsulot hajmining o’sishini
rejalashtirish
4.
Mahsulot ishlab chiqarish muddatini ularni yetkazib
berish shartnomasida
ko’rsatilgan muddatlar bilan uyunlashtirish
5.
Kvartaldagi ish kunlarini e’tiborga olgan holda taqsimotni oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: