3-Mavzu: “Ishlab chiqarish” rejasi – biznes rejaning asosiy bo’limi
Reja
1.
Ishlab chiqarish rejasining mazmuni maqsadi va vazifalari. Ishlab chiqarish
texnologiyasi
2. Ishlab chiqarishga ta’sir etuvchi omillar
3. Ishlab chiqarish rejasi ko’rsatkichlar tizimi
4. Ishlab chiqarish dasturini rejalashtirish
5. Jihozlar mutanosibligini hisoblash
6. Ishlab chiqarishda resurslarga talabni aniqlash usullari
1.
Ishlab chiqarish rejasining mazmuni maqsadi va vazifalari. Ishlab chiqarish
texnologiyasi
Ishlab chiqarish rejasi korxona faoliyatining asosiy ishlab chiqarish ko’rsatkichlarini
aniqlashtirish va bajarilishini nazorat qilishni ko’zda tutadi. Ushbu rejaning asosiy vazifasi
bo’lib korxonaning real imkoniyatlarini asoslash hisoblanadi. Ishlab chiqarish rejasining
mohiyatini mahsulot ishlab chiqarish va sotishni rejalashtirish,
korxona yillik rejasining
asosiy ko’rsatkichlarini ishlab chiqish va bajarish jarayonini bayon etish tashkil etadi. U
quyidagilarni ko’zda tutadi:
asoslangan mahsulot, ishlar, xizmatlar ishlab chiqarish hajmlari va
muddatlari;
korxona, sex va uchastkalar, ishlab chiqarish quvvatlarining hisobi.
Ushbu
hisoblar ishlab chiqarish quvvatlarining yillik ishlab chiqarish hajmiga mos kelishi,
talab va taklifning mutanosibligini tasdiqlashi lozim.
korxona va uning bo’linmalari yillik ishlab chiqarish rejalarini bajarish uchun
resurslarga ehtiyojni aniqlash, yarim fabrikatlar va
komplektlovchi mahsulotlar balansini hisoblash;
rejalashtirilayotgan
ishlarni
asosiy
sexlar
– bozor buyurtmalarini
bajaruvchilar, tayyorlash muddatlari va bozorga etkazish muddatlari bo’yicha
taqsimlash;
rejalashtirilgan ko’rsatkichlarga erishish vositalari
va usullarini tanlash,
tugallanmagan ishlab chiqarish hajmlari, texnologik jihozlar va ishlab chiqarish
quvvatlari ta’minlanish koeffitsientlarini hisoblash;
rejalashtirilgan tovarlar,
xizmatlar, ishlarni ishlab chiqarishni tashkil etish
rejalarini bajarilishini nazorat qilish usul va shakllarini asoslash.
Yuqoridagilardan ko’rinadiki, mahsulot ishlab chiqarishni rejalashtirish
belgilangan strategiya va qo’yilgan vazifalarga korxonada mavjud bo’lgan texnik,
tashkiliy va boshqa imkoniyatlardan to’liq foydalanish asosida erishishga
yo’naltirilgan iqtisodiy resurslar kompleksi
va ichki omillarning
o’zaro ta’sir tizimini
ko’zda tutadi.
Buning uchun ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatining muhim yo’nalishlarini
tanlash va asoslash, tovarlarni ishlab chiqarish va sotish hajmlarini o’rnatish, iqtisodiy
resurslarga talabni hisoblash zarur. O’z navbatida bular ishlab
chiqarish dasturi va ishlab
chiqarish quvvati o’rtasida mutanosiblikni ta’minlash, ishlar va xizmatlarni bajarish
hajmlari va muddatlarini aniqlashtirish, ishlab chiqarish faoliyatini Operativ yo’naltirish va
boshlanich reja ko’rsatkichlarini korrektirovka qilishni ko’zda tutadi.
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish rejasida yoritiladigan masalalardan yana biri
ishlab chiqarish jarayoni bayoni hisoblanadi. Rejada ishlab chiqarish shakli (ommaviy,
seriyali, yakka tartibli), uni tashkil etish uslublari, ishlab chiqarish texnologik zanjiri, ishlab
chiqarish sikli tuzilmasi keltiriladi.
Agar ishlab chiqarish jarayonida ma’lum bir ishlarni subpudratchilar ya’ni chetdan
jalb qilinadigan ishlab chiqaruvchilar ishtirok etadigan bo’lsa
buni biznes rejada alohida
qayd etish lozim. Koperatsiya to’g’risidagi qarorning asoslanishi hamda subpudratchi
tomonidan etkazib beriladigan qismlar va yarim fabrikatlarni ishlab chiqarish xarajatlari,
tashib keltirish, nazorat nuqtai nazaridan aniq hamkorlarni tanlashni asoslash bayon etiladi.
Biznes rejada
subpudratchi firmalarni nomi, manzili, ular tomonidan bajariladigan
ishlar turi va shartlari ko’rsatiladi.
Bo’lim ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini hisoblash bilan tugallanadi.
Bo’limga ishlab chiqarilgan mahsulot kalkulyatsiyasi va ishlab chiqarish harajatlari
smetasining barcha moddalari bo’yicha hisoblar ilova qilinadi.