KIRISH..........................................................................................................................................2
I.BOB. YUQORI SINF О‘QUVCHILARIGA GANDBOL DARSLARINI О‘TKAZISH............................................................................................................3
1.1. Darsni pedagogik jihatidan tashkil qilish...........................................................3
1.2. Gandbol o’yinida о‘rgatish usullari………………………………...................7
II. BOB. GANDBOL DARSLARIDA HIMOYA О‘YIN TEXNIKASINI О‘RGATISH..........................................................................................................9
2.1. Gandbol o’yinida himoya о‘yin texnikasini о‘rgatish......................................9
2.2. Gandbol o’yinida himoya taktikasi.................................................................16
2.3.Jamoa harakatlari............................................................................................19
Xulosa....................................................................................................................24
Foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati........................................................................25
K I R I SH Ishning dolzarbligi. Sport turlari ichida qо‘l tо‘pi о‘zining harakatlari bilan boshqa sport turlaridan ajralib turadi. О‘zbekistonda sportning rivojlanishiga katta e’tibor qaratilmoqda. Mavzuning asosiy dolzarbligi xam shunga qaratilgan.
Mustaqilligimizning poydevorini mustahkamlashda, mamlakatimiz taraqqiyotida, О‘zbekistonning buyuk davlatga aylanishida ta’lim-tarbiya ishlarini oqiloni yо‘lga qо‘yish, fuqarolarni zamonaviy ilm-fan, texnika va texnologiya yutuqlari bilan muntazam ravishda tanishtirib borish, ularning salomatligini mustahkamlash benihoya katta ahamiyatga ega. Chunki taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk, zamon talabiga mos bilimlarni egallagan, jismonan barkamol, yuksak salohiyatli yosh avlod hal etadi.[1]
Yurtboshimizni sportga bulgan qiziqishlari yoshlarni jaxon arenalariga olib chiqmoqda. Sportning barcha turlaridan yoshlarimiz faxrli о‘rinlarni olmoqdalar.
Muntazam ravishda jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish yuqorida aytilgan omillardan biri inson salomatligini mustahkamlashni ta’minlaydi. Tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qarori (1999) muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Olimpiya sport turlari, shu jumladan bu sport turlari ichidan mustahkam joy egallagan gandbol sport turini mamlakatimizda rivojlantirishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish biz jismoniy tarbiya о‘qituvchi va murabbiylarining oldimizga Prezidentimiz, Hukumatimiz tomonidan qо‘yilgan hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.[2]
Ishning maqsadi va vazifalari О‘rta umumta’lim maktablarida qо‘l tupi darslarida ximoyaviy xarakatlar va xujum usullarini urgatish samarali uslublarini ishlab chiqish.
О‘rta umumta’lim maktablarida qо‘l tо‘pi darslarida qobiliyatli bolalarni saralash va tanlab olishning ilg‘or uslublarini о‘rganib chiqish;
Ishning ilmiy yangiligi: О‘rta umumta’lim maktablari qо‘l tо‘pi darslarini, uslublari ishlab chiqildi va meyorida tahlil etildi. ishlab chiqilgan uslubiyat qо‘l tо‘pi darslarida sinab kо‘rildi, hamda ularni takomillashtirish masalalari tajribada kо‘rib chiqildi.
Ishning amaliy ahamiyati: Ishning natijalari qо‘yidagilarda qо‘llanishi mumkin:
О‘rta maktablarda darsdan tashqari qо‘l tо‘pi mashg‘ulotlarini tashkil qilish;
О‘rta maktablarda “Umid nihollari” sport о‘yinlarining qо‘l tо‘pi musobaqalariga iqtidorli bolalarni tanlab olishda;
Qо‘l tо‘pida xarakatli о‘yinlar va mashqlardan foydalanish katta axamiyatga ega.
Yosh qо‘l tо‘pchilar tayyorlashda bola organizmidagi anatomik-fizilogik jarayonlarning natijasida tayyorgarlikni ratsional rejalashtirish, kо‘p yillik sport mashg‘ulotlarida metod va vositalardan tо‘g‘ri foydalanish zarur xisoblanadi.
Qо‘l tо‘pi darslarining tarbiyaviy va sog‘lomlashtirish vazifalari umumiy о‘quv –tarbiyaviy ishlar rejasi bilan belgilanishi.
Bu shaxs fe’l –atvorining asosiy qirralari, jismoniy qobiliyatlarini tarbiyalash, sog‘liqni mustahkamlash hisoblanadi, lekin faqat о‘quvchi shaxsiga hamda uning organizmi funksiyalariga muntazam ta’sir kо‘rsatish bilangina ularni
amalga oshirish mumkin bо‘lishi. Bu vazifalar bir nechta darslar oldidan qо‘yiladi, aloxida mashg‘ulotda esa ular imkon qadar aniqlashtirilishi qо‘yida keng va ravon qilib yoritamiz.