2.2. Gandbolda himoya taktikasi
Himoyada о‘ynashning umumjamoa usuli shaxsiy, hududiy va aralash bо‘lishi mumkin. Biroq qisman bо‘lsa ham boshqa usul elementlaridan foydalanmasdan birgina usulda о‘ynayverish xato bо‘ladi, chunki bu hol himoya taktikasini qashshoqlashtirib qо‘yadi. Himoyada о‘ynash usullarini himoyachilarning shaxsiy xislatlari va imkoniyatlarini hisobga olib tanlash kerak.
Mudofaa qilayotgan jamoa harakatlarining hammasi hujum qilayotganlar harakatiga javob tariqasida bо‘lib, raqiblar taktikasining hususiyatlariga qarab uyushtiriladi. Mudofaaning yaxshi uyushtirilganligi jamoaga hujum harakatlarini ham muvoffaqiyatli bajarish imkoniyatini beradi.
Himoyaning asosiy maqsadi raqiblarning darvozaga tо‘pni aniq otishi imkoniyatini kamaytirishdir bunda asosiy vazifalar quyidagilardan iborat bо‘ladi:
1) qisqa vaqt ichida raqiblardan tо‘pni olib qо‘yish;
2) hujumda ishtirok etuvchi guruh о‘yinchilari orasidagi о‘rganilgan aloqalarni buzish;
3) darvozaga tо‘p otishlarga qarshilik kо‘rsatish.
4) о‘z darvozasi oldida tо‘p uchun kurashish va tо‘p egallagandan sо‘ng hujumni tashkil qilish.
Himoyada о‘ynash usullari hilma- hil bо‘lib, asosan darvozani mudofaa qilish, tо‘pni qо‘lga kiritish uchun faol kurashishni nazarda tutadi. Himoyadagi о‘yin ham hujumdagi singari shaxsiy, guruh va jamoa harakatlaridan iborat.
Jamoa harakatlari
Himoyada jamoa harakatlarini tashkil etishda 3 tizimdan; shaxsiy, zonali va aralash himoya tizimlaridan foydalaniladi.
Shaxsiy himoy. Bu qо‘l tо‘pi о‘yinida asosiy himoya qilish tizimidir. Shaxsiy himoya uch variantdan iborat: butun maydon buylab, maydonning о‘ziga qarashli qismini va erkin tо‘p tashlash zonasida.
Butun maydon bо‘ylab shaxsiy himoya tо‘pni yо‘qotgandan sung darhol uni egallash uchun faol kurashishga mо‘ljallangan. Himoyachilar oldindan ma’lum yoki uziga yaqin turgan о‘yinchilarni taqsimlab oladilar va ularni tо‘p egallash hamda va uzatish imkonidan maxrum etish uchun ulardan ajralmay kuzatadi. Hujumchilar darvozaga yaqinlashgan sari himoyachilarning faollik darajasi ortadi.
Agar raqib jamoasi о‘yinchilar texnik jihatidan bо‘sh yoki hujum qilishi sust bо‘lsa, о‘yin vaqtini ataylab chо‘zishga yoki himoya qiluvchi о‘yinchilar son jihatdan ustunlikka ega bо‘lsa, u holda butun maydon bо‘ylab shaxsiy himoya qilishni qо‘llashi maqsadga muvofiqdir.
Maydonning о‘ziga qarashli qismida himoya harakatlarini bajarar ekan, jamoa о‘z darvozasi tomon chekinadi va maydonning о‘rta chizig‘i yaqinida, oldinga taqsimlangan о‘yinchilarni tanlab oladi. Tо‘p egallagan о‘yinchi zich “Devor” bilan pana qilinadi, boshqalarining tо‘silishi esa, о‘yinchi bilan darvoza orasidagi masofaga bog‘liq, u darvozabonga qancha yaqin bо‘lsa, shuncha zich pana qilinadi.
Hujumchilar harakatini maksimal murakkablashtirish uchun himoyachilar butun maydon bо‘ylab yoki erkin tо‘p tashlash zonasida xamma hujumchilarni zich tо‘sib tursa, qо‘llanilsa yaxshi natija beradi. Tо‘pni burchakdan о‘yinga kiritishda yoki о‘yinning oxirgi minutlarida jamoa minimal hisobda yutqazayotgan bо‘lsa, pressing qо‘llash maqsadga muvofiq bо‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |