2 Халқаро илмий-амалий конференция материаллари. Педагогик инновациялар, касб-ҳунар таълими бошқарув ҳамда педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларни малакасини ошириш институти, 2020 йил, 424 бет


Ushbu mexanizm qanday amalga oshiriladi?



Download 9,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/352
Sana20.06.2022
Hajmi9,19 Mb.
#686165
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   352
Bog'liq
Профессионал

Ushbu mexanizm qanday amalga oshiriladi?
1. Rejalashtirish, muammoni belgilash, hamkorlikda darsning batafsil rejasini ishlab chiqish. 
Professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilari (fan uslubiy birlashmasi a’zolari) yil davomida o‘rganish va 
echim yo‘llarini topish uchun belgilangan muammo (masalan, ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilar 
o‘rtasidagi muloqotni rivojlantirish)ni muhokama qiladilar, har bir guruhda qo‘llash mumkin bo‘lgan o‘qitish 
metodlari va mazmunni o‘quv dasturlariga asosan o‘rganadilar, dars rejalarini takomillashtirish yo‘llarini 
taklif qiladilar. 
2. Amalga oshirish (sinab ko‘rish) o‘quv dasturi bo‘yicha sinov darslarini o‘tish. Bu bosqichda 
o‘qituvchilardan biri hamkorlikda ishlab chiqilgan reja bo‘yicha dars o‘tadi, boshqalar esa uni kuzatadilar. 
Har bir o‘qituvchining o‘z vazifasi bor: kimdir dars jarayonini videotasvirga tushiradi, kimdir vaqtni nazorat 
qiladi, boshqalar kuzatib, tahlil qiladilar.
3. Baholash (taxlil). Dars yakunlangach, barcha o‘qituvchilar to‘planib, uni muhokama qiladilar. Dars 
davomida kuzatuvchilar dars maqsadining belgilanishi, o‘quv materialining mavzuga mosligi, taqdim etish 
metodlari, o‘qituvchi faoliyati, o‘quvchilar xulqi, o‘qituvchi va o‘quvchilarning muloqoti va boshqa 
jihatlarni o‘rgandilar. Dars tahlili yutuq va kamchiliklarni aniqlash imkonini beradi.
4. Qayta ishlash (tatbiq etish) dars rejalari, yondashuvlarni qayta ko‘rib chiqish, hisobot, yangi rejani 
ishlab chiqish. YAkuniy bosqichda o‘qituvchilar tahlil davomida bildirilgan fikr-mulohazalar asosida dars 
rejasini qayta ishlaydilar, pedagoglarning kasbiy layoqat (kompetensiya)larini rivojlantirish uchun 
o‘qitishning yangi strategiyalarini taklif qiladilar. Qayta ishlab chiqilgan dars rejasi barcha (shu fan 
bo‘yicha) o‘qituvchilarga taklif etiladi. 
Bunday yondashuv o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirishda samarali bo‘lib, qisqa vaqt ichida 
ko‘zlangan maqsadga erishish, hamkorlikda o‘qitish, bir-biridan o‘rganish imkoniyatini beradi. SHu bilan 
birga, professional ta’lim bazasida malaka oshirish o‘qituvchilarning vaqti, mablag‘ini tejash, ularning 
mutaxassisliklari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish, jamoada ishlash va hamkorlik 
madaniyatini shakllantirish, uzluksiz malaka oshirishlarini yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.
Lekin bugungi kunda, professional ta’lim muassasasi bazasida malaka oshirishni O‘zbekistonda va 
jahonda joriy qilish hamda rivojlantirishda ma’lum muammolar mavjud:
Birinchi muammo, professional ta’lim muassasasi bazasida malaka oshirish dasturlarining rasmiy 
maqomi bilan bog‘liq. Bir necha sanoqli davlatlarni hisobga olmaganda, ko‘pchilik mamlakatlar maxsus 
bazasida malaka oshirish davlat miqyosida joriy qilinmagan. Bu xolat mazkur tadbirlarni o‘tkazish uchun 
vaqt ajratish muammosini tug‘diradi.


205 
Ikkinchi muammo, professional ta’lim muassasasi bazasida malaka oshirishga rasmiy maqom 
berilmaganligi o‘qituvchilarni rag‘batlantirishda ham namoyon bo‘ladi. Professional ta’lim muassasasi 
bazasida malaka oshirish sertifikatlari ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida malaka oshirish yakunida 
beriladigan xujjat o‘rnini bosmaydi. Faqat Isroilda o‘qituvchilar ta’lim muassasasi bazasida malaka oshirish 
dasturida ishtirok etganligi uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida malaka oshirish singari 
rag‘batlantiriladi.
Uchinchi muammo, deyarli barcha davlatlarda professional ta’lim muassasasi bazasida malaka 
oshirishni samarali tashkil etishda yordam bera oladigan mutaxassis (trener)lar etishmaydi.
To‘rtinchi muammo, professional ta’lim muassasasida tashkiliy faoliyatni,madaniyatni shakllantirish, 
umumiylashtirish maqsadida biriktirilgan vazirliklar va universitet (institut) professional ta’lim muassasasi 
hamkorligi modelini rivojlantirish lozim.
Beshinchi muammo, mazkur malaka oshirish turi samaradorligini baholash bilan bog‘liq. Professional 
ta’lim muassasasi bazasida malaka oshirish dasturi muassasalarning ichki monitoringi (baholashi) natijalari 
asosida ishlab chiqilishi va mazkur dasturlar amalga oshirilish jarayonida muntazam baholanib borishi lozim. 
SHunday ekan, professional ta’lim muassasasi o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’lim ustalari 
tadqiqotchilik ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari talab qilinadi. YUqorida qayd etilgan muammolarning echimini 
topish bugungi kunda ta’lim muassasasi bazasida malaka oshirishni samarali joriy qilish imkonini beradi. 
Pedagoglarni mazkur tartibda o‘qitish ularning kasbiy kompetenligini ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida 
malaka oshirishlari oralig‘ida doimiy rivojlantirishga yordam beradi.
Prizidentimiz SH.M.Mirziyoev 2020-yil 30-sentyabrdagi O‘qituvchi va murabbiylar kuniga 
bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi takidlaganidek,
 “
Biz maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi, oliy 
va o‘rta maxsus ta’lim tizimi hamda ilmiy-madaniy muassasalarni bo‘lg‘usi Renessansning to‘rt uzviy 
halqasi, deb bilamiz. Bog‘cha tarbiyachisi, maktab muallimi, professor-o‘qituvchilar va ilmiy-ijodiy 
ziyolilarimizni esa yangi Uyg‘onish davrining to‘rt tayanch ustuni, deb hisoblaymiz”.[3] Mazkur ustunlarni 
mustahkamligi bo‘lishi uchun professional ta’lim tizimi rahbar va pedagog kadrlardan tinimsiz malakasini 
oshirib borishini, kompetensiyalarni rivojlantirishni talab qiladi. 

Download 9,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish