2. Ekstremum printsipi. Dirixle masalasi yechimining yagonaligi



Download 58,57 Kb.
bet1/5
Sana10.07.2022
Hajmi58,57 Kb.
#772944
  1   2   3   4   5
Bog'liq
3M8 kurs ishi



Mundarija:
I. Kirish …………………………………………………………………………... 4
II. Asosiy qism.
1. Chegaraviy masalalarning qo’yilishi …………………………………… 6
2. Ekstremum printsipi. Dirixle masalasi yechimining yagonaligi ………. 7
3. Ikkinchi tartibli chiziqli elliptik tenglama yechimining yagonaligi ..... 11
IV. Xulosa ……………………………………………………………………….. 23
V. Foydalanilgan adabiyotlar …………………………………………………. 24


Mavzu: Ikkinchi tartibli elliptik tipdagi chiziqli tenglamalar
umumiy nazariyasidan ayrim ma’lumotlar.
Reja:
I. Kirish.
II. Asosiy qism.
1. Chegaraviy masalalarning qo’yilishi.
2. Ekstremum printsipi. Dirixle masalasi yechimining yagonaligi.
3. Ikkinchi tartibli chiziqli elliptik tenglama yechimining yagonaligi
IV. Xulosa.
V. Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish.

Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan.
(Shavkat Mirziyoyev.)
Oliy ta’lim darajasini sifat jihatidan oshirish va tubdan takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish, zamonaviy o’quv-ilmiy laboratoriyalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash bo’yicha Oliy ta’lim tizimini 2017 — 2021 yillarda kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
SHu bilan birga, respublikamiz hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali kadrlarni o’z vaqtida zarur ixtisosliklar bo’yicha iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari ehtiyojidan kelib chiqqan holda tayyorlash, oliy ta’lim mazmunini bevosita korxonalar, muassasalardagi texnika, texnologiya, ishlab chiqarish munosabatlariga hamda istiqbolli rivojlanish dasturlariga muvofiq shakllantirish, kadrlarni egallagan kasbi va mutaxassisligi bo’yicha ishga joylashtirishga doir qator dolzarb masalalar to’liq yechimini topmagan.
Xususan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo’yicha qo’mitasi (UNESCO) va konsalting tashkiloti (DGP Research & Consulting) hamkorligida jalb qilingan nufuzli xorijiy ekspertlar guruhi tomonidan 2017 yilning yanvar — iyun oylarida O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimini kompleks o’rganish bo’yicha o’tkazilgan tahlillar natijalari asosida berilgan xulosalarda oliy ta’lim jarayonida nazariya va amaliyot yaxlitligi ta’minlanmaganligi, talabalarning malakaviy amaliyotlarini ishlab chiqarish korxonalarida o’tkazish samarali tashkil etilmagani oqibatida bitiruvchilarning aksariyat qismi tayyor mutaxassis bo’lib chiqish o’rniga, ishga joylashgandan keyin qaytadan o’z kasbini, mutaxassisligini o’rganayotganligi, shuningdek, ta’lim sifatini nazorat qilish mexanizmi zamonaviy talablarga javob bermasligi, ta’lim muassasalarida malakali pedagog va boshqaruv kadrlarining yetishmasligi, xorijiy ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorlik yetarlicha yo’lga qo’yilmaganligi kabi kamchiliklar qayd etilgan.
Bundan tashqari, iqtisodiyot sohalarining istiqbolda kadrlar tayyorlashga buyurtmalarini shakllantirish, bitiruvchilarga qo’yiladigan malakaviy talablarni ishlab chiqish, tarmoqqa zarur bo’lgan mutaxassislarni tayyorlash sifatini ta’minlash jarayonidagi ishtiroki talabga javob bermaydi. Oliy ta’lim dasturlarining o’zgaruvchan mehnat bozori talablariga hamohangligini ta’minlash uchun ish beruvchilar tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmayapti.
Oliy ta’lim — ilm-fan — ishlab chiqarish o’rtasida uzilishlar mavjud, integratsiya ta’minlanmagan. Ilmiy-tadqiqot institutlari oliy ta’limda kadrlar tayyorlash jarayoniga zarur darajada jalb etilmagan, ularda ilmiy izlanishlar iqtisodiyot sohalarining real ehtiyojlaridan kelib chiqmasdan amalga oshirilmoqda. Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning tizimli tayyorlanmasligi oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatining pasayishiga olib kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi va unda quyidagilar nazarda tutiladi:oliy ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda davlat va nodavlat oliy ta'lim muassasalari faoliyatini tashkil etish asosida oliy ta'lim bilan qamrov darajasini 50 foizdan oshirish, sohada sog‘lom raqobat muhitini yaratish; O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini mamlakatimiz oliy ta'lim muassasalarining flagmaniga aylantirish;respublikadagi kamida 10 ta oliy ta'lim muassasasini xalqaro e'tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 000 ta o‘rindagi oliy ta'lim muassasalari ro‘yxatiga, shu jumladan, O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini birinchi 500 ta o‘rindagi oliy ta'lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish;oliy ta'lim muassasalarida o‘quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkazish;alqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta'limning ilg‘or standartlarini joriy etish, jumladan, o‘quv dasturlarida nazariy bilim olishga yo‘naltirilgan ta'limdan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta'lim tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish;oliy ta'lim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo‘shadigan, mehnat bozorida o‘z o‘rnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish;oliy ta'lim muassasalarining akademik mustaqilligini ta'minlashdan iborat.
Matematik analiz oliy matematikaning fundamental bo’limlaridan bo’lib, matematikaning poydevori hisoblanadi. Ma’lumki, matematik analiz kursi davomida ko’pgina tushuncha va tasdiqlar, shuningdek, ularning tasdiqlari keltiriladi.Ushbu kurs ishida bir o’zgaruvchili funksiyalar,elementar funksiyalar ko’rinishlari, funksiyaning uzluksizligi va uning xossalari, bir o’zgaruvchili funksiyalarni hosilasi va uning differensiali, ular o’rtasidagi bog’lanish tog’risida ma’lumotlar keltirilgan. Biz bu kurs ishida ikkinchi tartibli elliptik tipdagi chiziqli tenglamalarning umumiy nazariyasidan ayrim ma’lumotlarni keltirib o’tamiz.

Download 58,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish